O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.04.2017

FRANSIYADA OZBEK RASSOMINING KORGAZMASI

Ruey-Malmezon shahrida o‘zbek miniatyurachi rassomi Davlat Toshev asarlarining korgazmasi bolib otdi. Tadbir mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi tomonidan mazkur shahar meriyasi va Buxoro shahar hokimiyati bilan hamkorlikda davlatlarimiz ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Korgazmaning ochilish marosimida Ruey-Malmezon shahri ma’muriyati, mahalliy organlar deputatlari, Fransiyaning ishbilarmon, madaniy va ijtimoiy doiralari, OAV vakillari hamda Buxoro shahri delegatsiyasi qatnashdilar.

Tadbir chogida mamlakatimizda amalga oshirilgan demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, sarmoyaviy va iqtisodiy muhitni takomillashtirish, madaniy merosni ommalashtirish borasidagi ishlar Ozbekiston va Fransiya ortasidagi aloqalarning yanada samarali rivojlanishiga mustahkam asos yaratishi takidlandi.

Malumki, Buxoro va Ruey-Malmezon shaharlari ortasidagi sheriklik aloqalari 1999 yil yanvar oyida ornatilgan va hozirgacha faol rivojlanib kelmoqda. Xususan, yolga qoyilgan muntazam delegatsiyalar almashinuvi, otkazib kelinayotgan madaniy tadbirlar, amalga oshirilayotgan qoshma loyihalar xalqlarimiz ortasidagi dostona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.

Fransiyaliklar Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan va ozining boy tarixi, madaniyati va orta asrlar Sharq memorchiligining durdonalari bilan mashhur Ozbekistonga katta qiziqish bilan qarashadi. Otgan yillar davomida Ruey-Malmezon shahrining yuzlab aholisi mamlakatimizda bolib, muqaddas Buxoroning diqqatga sazovor maskanlari va mehmondost xalqi bilan tanishish imkoniyatiga ega bolishdi.

Mazkur «XXI asr ozbek miniatyura sanati» mavzusidagi korgazma Fransiya jamoatchiligining Ozbekistonga bolgan qiziqishini yana bir bor namoyish etdi va mamlakatimizga taklif etishning oziga xos korinishi boldi.

Tadbirda Jahon axborot agentligi ayrim ishtirokchilarning taassurot va mulohazalari bilan qiziqdi.

Filipp Trotan, Ruey-Malmezon shahri merining xalqaro munosabatlar, sheriklik aloqalari va sayyohlik masalalari boyicha orinbosari:

— Ruey-Malmezon meriyasi Davlat Toshevning korgazmasi otkazilishidan va Buxoro shahri delegatsiyasini kutib olishdan juda mamnun. Ushbu tadbir ikkala shahar va xalqlarimiz ortasidagi mustahkam dostona aloqalarning ramzini ifoda etadi. Biz korgazma va ozbekistonlik mehmonlarning tashrifi samimiy munosabatlarimizni yanada yaqinlashtiradi, deb hisoblaymiz.

Miniatyurachi rassom D.Toshevning favqulodda istedod egasi ekanini alohida takidlashni istardim. Korgazmaning tashkil etilishi Ruey-Malmezon shahri hamda poytaxt Il-de-Frans mintaqasi aholisi uchun ozbek miniatyura maktabi vakilining bebaho suratlari, mamlakatingizning boy madaniyati va sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.

Jan-Klod Rishar, Fransiyaning Ozbekistondagi sobiq elchisi:

Assalomu alaykum, aziz dostlar! Bugun betakror Buxoro shahri vakillari bilan uchrashish menga ulkan mamnuniyat bagishladi. Ruey-Malmezondagi korgazma D.Toshev moyqalamiga mansub Ozbekistonning noyob miniatyura sanatining namunasidir.

Men bundan 18 yil muqaddam ikkala shahar ortasida sheriklik aloqalarini ornatish masalalarining boshida turish nasib etganidan juda xursandman. Bu jarayonda shahrimizning osha paytdagi meri Jak Baumelning xizmatlari katta bolgan. Buxoro va Ruey-Malmezon Ozbekiston va Fransiyaning birodarlashuv aloqalari ornatilgan ilk shaharlari boldi. Ushbu munosabatlar yanada faolroq rivojlanishini va Fransiyaning boshqa shaharlari uchun namuna bolib xizmat qilishini istardim.

Bugungi ajoyib korgazma ikki mamlakat aloqalarida foydali va ozaro manfaatli ahamiyat kasb etadi. Xohlardimki, davlatlarimiz ortasidagi hamkorlik ikkala dost xalqlar farovonligi yolida yanada muvaffaqiyatli rivojlanaversin.

Jahon AA,

Parij.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: