O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
13.04.2017

XALQQA XIZMAT QILISH, ODAMLARNING MANFAATLARINI TAMINLASH RAHBARLAR FAOLIYATINING ASOSIY MEZONIDIR

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizning barcha hududlari kabi poytaxtimizda ham sanoatni jadal rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yonalishida erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish boyicha ulkan maqsad va vazifalar belgilangan. Prezidentimiz rahnamoligida bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 3 fevral va 25 mart kunlari Toshkent shahridagi sanoat obyektlariga tashrif buyurib, ulardan samarali foydalanish, korxona va tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoit yaratish boyicha korsatmalar berdi. Bugungi kunda ushbu obyektlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilmoqda.

Davlatimiz rahbari ana shunday sanoat hududlaridan biri — Chilonzor tumanidagi «Rele va avtomatika» aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi. Zavodning umumiy yer maydoni 3,91 gektar, ishlab chiqarish maydoni 2,26 gektar. Bu yerda yuzga yaqin turdagi metall va plastmassa buyumlar, past kuchlanishli qurilmalar tayyorlanmoqda, shu yonalishda xizmatlar korsatilmoqda. Hududda ishlab chiqarishni yanada kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma mavjud.

Aksiyadorlik jamiyati hududida kichik sanoat zonasi tashkil etilib, 2017-2018 yillarda 10 investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ularga muvofiq bu yerda toqimachilik va qadoqlash mahsulotlari, kassa va terminal uchun qogozlar, gidravlika moylari, plastik truba va fitinglar, mebel, akril va kanselariya tovarlari ishlab chiqarish moljallangan.

Masalan, Sirdaryo-qurilish-montaj mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan bu yerda yiliga 23-24 million dona qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish yolga qoyiladi. Polipropilendan tayyorlanadigan, kimyo, oziq-ovqat, toqimachilik va qurilish sanoatida qollaniladigan bu mahsulotlarning 70 foizi ichki, 30 foizi tashqi bozorga yetkazib beriladi. Korxonada 55 ish orni yaratiladi.

Milk impeks masuliyati cheklangan jamiyati bu yerda meva-sabzavotlarni qayta ishlash, quritish va qadoqlash korxonasi tashkil etishni rejalashtirmoqda. Korxonada yiliga 500 tonna meva-sabzavot qayta ishlanadi, 30 ish orni yaratiladi.

Davlatimiz rahbari ushbu hududda eksportga yonaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini takidladi.

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Roison Home White Goods Ozbekiston Buyuk Britaniya qoshma korxonasiga tashrif buyurdi.

Prezidentimizning 2016 yil 5 oktabrdagi Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoni sohada yangi bosqichni, yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Sobiq Algoritm zavodi hududida faoliyat yuritayotgan biznes subyektlari bunga misol. Hozir bu yerda 50 dan ortiq tadbirkorlik subyekti maishiy texnikalar, toqimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari, mebel, qogoz buyumlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallni qayta ishlash bilan shugullanmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.

Roison Home White Goods qoshma korxonasining umumiy yer maydoni qariyb 23 gektar, bino va inshootlar maydoni 9,7 gektar.

Shu yerning ozida Chilonzor tumanida amalga oshiriladigan 20 dan ortiq iqtisodiy loyihalar taqdimoti otkazildi.1-Zargarlik korxonasi loyihasi ulardan biri. Qiymati 10 milliard som bolgan ushbu korxonada yiliga 13 milliard somlik zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi, 100 ish orni yaratiladi.

Sut mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 9 milliard som. Bu yerda zamonaviy texnologiya asosida yiliga 1 ming 150 tonnadan sut va kefir, 400 tonna yogurt, 100 tonnadan smetana va pishloq, 80 tonna tvorog va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Yuzdan ortiq kishi ish bilan taminlanadi.

Chilonzor tumanidagi eski 2-poyabzal fabrikasi hududida ayollar, erkaklar va bolalar oyoq kiyimlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Qiymati 3 milliard som bolgan ushbu loyiha yiliga 10 milliard somlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Mahsulotlarni eksportga chiqarish ham moljallanmoqda.

Bu yerda qandolat mahsulotlari, qadoqlash va qurilish materiallari, avtomobillar uchun texnik moy ishlab chiqarish, Sovplastital aksiyadorlik jamiyati hududida kichik sanoat zonasi tashkil etish, yurak kasalliklarini davolash markazi, mediamarket va savdo majmuasi qurish loyihalari ham namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanib, mahsulotlar sifatini oshirish, korxonalarning xorijiy hamkorlar topishiga komaklashish va eksport faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligini takidladi. Mutasaddi rahbarlarga tadbirkorlik faoliyatini keng qollab-quvvatlash, investitsiya jalb qilish va kreditlar ajratish, eksportni ragbatlantirish kabi dolzarb yonalishlar boyicha tegishli topshiriqlar berdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Katta Xirmontepa va Yakkatut mahalla fuqarolar yiginlarida boldi.

Mahalla fuqarolar yiginlari ozini ozi boshqarishning chinakam xalqona instituti sifatida jamiyatimizdan mustahkam orin egallagan. Bu xalq bilan muloqot qilish va inson manfaatlarini taminlashga qaratilgan ezgu vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Katta Xirmontepa mahallasida asosan kop qavatli uylar joylashgan. Davlatimiz rahbari mahalla hududi bilan tanishdi. Kop qavatli uylar, maktabgacha talim muassasalari, maktablar atrofini obodonlashtirish, yolaklarni tamirlash boyicha mutasaddilarga korsatmalar berdi.

Maktab talim-tarbiya maskani. Bu joydagi obodonlashtirish ishlariga alohida etibor qaratish zarur, dedi Prezidentimiz. Talim muassasalari oldida doimo gul ekilgan, saranjom-sarishta bolishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda yashovchi aholi xonadonlarida bolib, ular bilan suhbatlashdi.

Yakkatut mahallasida ikkita maktabgacha talim muassasasi, ikkita maktab, ikkita kollej faoliyat yuritmoqda.

Prezidentimiz mazkur mahalla hayoti bilan tanishdi, xalq bilan muloqot qildi.

Shu yerda davlatimiz rahbariga Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan namunaviy mahalla markazlari loyihalari haqida axborot berildi.

Joriy yilning mart oyida Prezidentimiz Yunusobod tumani Uvaysiy nomidagi mahallada bolib, fuqarolar yigini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishar ekan, poytaxtimiz, qolaversa, mamlakatimizning barcha hududlarida mana shunday mahalla markazlarini bunyod etish haqida korsatmalar berdi.

Mahallalar oz zimmasidagi vazifalarni samarali bajarishi uchun huquqiy asoslar bilan birga, yetarli shart-sharoitlarga ham ega bolmogi lozim, dedi Prezidentimiz.

Taklif etilayotgan yangi mahalla markazlari loyihasida mahalla raisi, kotib va maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar bolishi kozda tutilgan. Bu xalqimizga xos hamjihatlik, mehr-oqibat fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Profilaktika inspektori ozi ishlaydigan mahalla hududida yashashi lozim. Bu profilaktika inspektori mahalladagi har bir xonadon bilan yaqin muloqot ornatishi, kochalar va jamoat joylarini qatiy nazoratga olishida muhim ahamiyatga ega.

Profilaktika inspektorlarini xizmat uylari, imtiyozli kreditlar hisobiga mashinalar bilan taminlash, ularning yashashi va samarali ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratish boyicha zarur topshiriqlar berildi.

Mahalla markazlarida choyxona, novvoyxona, Gozallik saloni, dokonlar, sport va bolalar maydonchalari bolishi odamlarning zarur ehtiyojlarini qondirish bilan birga, hududdagi manaviy muhit barqarorligini taminlashga ham xizmat qiladi.

Mahalla xalq bilan davlat ortasida koprik bolishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. Odamlarning quvonchu tashvishidan doimo xabardor bolish mahallaning asosiy vazifasidir.

Mamlakatimizda, ayniqsa, poytaxtimizda transport vositalari kopayib bormoqda. Bu odamlarimizning turmush darajasi oshib, yurtimiz farovonligi yildan-yilga yuksalayotgani isbotidir. Zero, keng kolamli islohotlardan kozlangan asosiy maqsad ham aholi turmush darajasini oshirish, inson manfaatlarini tola taminlashdir.

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi ichki yollarni tamirlash loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga kora 2017-2018 yillarda tumandagi barcha ichki yollar toliq tamirlanadi. Yollarning sifati va zamonaviyligiga alohida etibor qaratish zarurligi takidlandi.

Katta bino va inshootlar, bozorga yaqin hududlarda avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari yetishmasligi muayyan noqulayliklar tugdirmoqda. Prezidentimizga barpo etiladigan maxsus avtoturarjoylar loyihasi haqida axborot berildi. Unga kora binolar yonida avtomobillar uchun moljallangan uch va tort qavatli avtoturarjoylar qurilishi rejalashtirilgan. Bu yollardagi tirbandliklarning oldini olish, haydovchilar va piyodalar xavfsizligini taminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari yollarni yaxshilash bilan birga, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini ham zamonaviy talablar darajasida bunyod etish boyicha mutasaddilarga tegishli korsatmalar berdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida yigilish bolib otdi. Unda Toshkent shahri va tuman hokimlari, turli vazirlik va idoralar rahbarlari, poytaxt jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning shakl va sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Qoraqalpogiston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlari, Toshkent shahri, tuman va shaharlarda Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Bu barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan tamoyilni amalda royobga chiqarish, aholi bilan bevosita muloqotni yolga qoyish, ularning huquq va manfaatlarini taminlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda aholi mazkur muassasalarga ozlarini qiynayotgan masalalar bilan murojaat qilayotir. Joylarda otkazilayotgan sayyor qabullar fuqarolar va tadbirkorlarga ozlari duch kelayotgan muammolar yuzasidan tegishli sohalarga masul bolgan rahbarlarga bevosita murojaat qilish, ularga qisqa vaqtda yechim topish, jamiyatimizda ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirishda muhim omil bolayotir.

Chilonzor tumanidan Prezidentimizning Virtual qabulxonasiga 16 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan bolib, ularning atigi 1,5 mingtasi ijobiy hal qilingan.

3-Charx Kamolon mahalla fuqarolar yigini raisi Bahodir Sultonov, ushbu mahalla profilaktika inspektori Bobomurod Abdullayev, 1-Charx Kamolon mahalla fuqarolar yigini raisi Zubayda Toychiyeva, Navbahor mahalla fuqarolar yigini raisi Ismatilla Sobirov, Gavhar mahallasidagi Soglom kelajak xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi Ruhiya Muhamedova, 481-umumtalim maktabi direktori Mohidil Begmatova va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan asos solingan murojaatlar bilan ishlash boyicha yangi tizim xalqimizni hayotdan rozi qilish, ularning adolat va davlatga bolgan ishonchini oshirishga xizmat qilayotganini, Xalq qabulxonalari 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishishda muhim vositaga aylanib borayotganini takidladi.

Uchrashuvda aholiga zarur sharoitlar yaratish, kommunikatsiya tizimlarini tamirlash, hududlarni obodonlashtirish, tadbirkorlarni qiynayotgan tosiqlarni olib tashlash masalalariga alohida etibor qaratildi.

Prezidentimiz mazkur sohalardagi kamchiliklarni bartaraf etish, istiqbolda amalga oshirilishi zarur bolgan vazifalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: