O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.04.2017

OZBEKISTONDA TURKMAN KINOSI KUNLARI

Poytaxtimizning Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda 11-13 aprel kunlari bo‘lib otadigan Turkman kinosi kunlari munosabati bilan Respublika Kinochilar uyida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Mazkur tadbir Ozbekiston va Turkmaniston hukumatlari ortasida 2014-2016 yillarga moljallangan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik dasturiga asosan Turkmanistonning Ozbekistondagi elchixonasi, «Turkmanfilm» birlashmasi hamda Ozbekkino milliy agentligi hamkorligida otkazilmoqda.

Anjumanni kirish sozi bilan ochgan Ozbekkino milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev ikki qardosh xalqning dost-birodarligi, Ozbekiston va Turkmanistonning madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ozaro hamkorligi, kino sohasidagi aloqalari mustahkamlanib borayotganligi haqida gapirib, yigilganlarni turkmanistonlik kinoijodkorlardan iborat delegatsiya bilan tanishtirdi.

Turkmaniston televideniyesi bosh rejissyori Vepa Ishanguliyev delegatsiyaning Xorazm viloyati, Shovot tumanidagi chegara postida katta tantana bilan kutib olinganini minnatdorlik bilan eslab, dini, tili, urf-odati, qadriyatlari bir bolgan ikki qardosh xalqning madaniy-marifiy aloqalari, millatlararo dostligi har tomonlama kengayib borayotganini takidladi.

— Kinostudiyalarning moddiy-texnik bazasi takomillashishi, kinoijodkorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi yuqori sifatli filmlarni tasvirga olish imkonini bermoqda, dedi Vepa Ishanguliyev. Ozbek kinomuxlislari etiboriga turkman xalqining madaniy merosi, qadimiy ananalari va urf-odatlari aks etgan At-mirat, Maxtumquli, Kopetdag askarning orzusi, Sayis, Muhabbat merosi, Qumli kelin qoshiqlari deb nomlangan badiiy filmlar havola etiladi.

Tadbirda ishtirok etgan Turkmaniston Respublikasining Ozbekistondagi elchixonasi attashesi Xandurdi Torayev mamlakatda kino sanati, sport bilan shugullanish, xorijiy tillarni organish yoshlar tarbiyasida alohida ahamiyatga egaligi, shuning uchun bu sohalarga mamlakat darajasida etibor berilayotganini alohida qayd etdi.

Turkman kinosi kunlari mobaynida Ozbekkino milliy agentligi faoliyati bilan tanishuv, ikki mamlakat kinematografchilari ishtirokida ijodiy uchrashuv, filmlar muhokamalari kabi qator tadbirlar otkaziladi.

Anjuman yakunida ommaviy axborot vakillari ozlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: