O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
13.04.2017

JAMOATCHILIK QABULXONALARIGA

odamlar ishonchi tobora oshib bormoqda

Har bir partiya aholining ma’lum qatlamlari manfaatini himoya qiladi, shu maqsad yo‘lida oz goya va qarashlarini ilgari suradi. Inson manfaatlarini taminlash uchun, avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak, albatta.

Elektorat vakillari muammolarini organishda partiyamiz tizimida faoliyat yuritayotgan Jamoatchilik qabulxonalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish yaxshi samara bermoqda.

Murojaatlarda kotarilayotgan masalalar OzXDP guruhlari, hamkor tashkilotlar va davlat idoralari hamkorligida hal etilayotgani tufayli Jamoatchilik qabulxonalariga odamlar ishonchi tobora oshib bormoqda.

Yilning otgan davriga nazar soladigan bolsak, Jamoatchilik qabulxonalarimizga 100 dan ortiq murojaat tushdi. Ularning 90 foizi ijobiy hal etildi. Oldingi yillarda ayrim masalalar juda qiyinchilik bilan, joylarga qayta-qayta murojaat qilish, deputatlik sorovi instituti orqali ham muddatidan otib yechishga erishardik. Endilikda murojaatlar yechimi ortidan idorama-idora chopishga unchalik ehtiyoj sezilmayapti.

Murojaatlarni tahlil etganda, ularning kopchiligi ish bilan taminlash, moddiy yordam olish, shuningdek, kredit masalalarini tashkil etayotganini korishimiz mumkin. Murojaatlar tahlili hududda qaysi yonalishlarda muammolar borligi, nimalarga koproq etibor qaratishimiz lozimligini yaqqol korsatadi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari doimiy komissiya va sessiyalar muhokamasiga masala kiritishda, avvalo, Jamoatchilik qabulxonalariga tushayotgan murojaatlar tahliliga etibor qaratishi kerak, nazarimda.

Murojaatlarga yechim topishda bizda shunday tajriba yolga qoyilgan: birinchi galda masalani deputatlar va partiya faollari ishtirokida muhokama qilamiz. Ularning fikrlarini organgach, eng maqul yechimga toxtalamiz. Shundan song murojaat malum bir deputatga yoki partiya masul xodimiga yuklatiladi. Bu bilan ish yakunlanmaydi, albatta. Masala hal etilmagunga qadar maxsus ishchi guruh nazoratida turadi.

Shu orinda qabulxonaga bolayotgan murojaatlardan misollar keltirsam. Namangan shahri, Chorsu mahallasida istiqomat qiluvchi Sojida Muhiddinova sobiq badiiy buyumlar fabrikasida ishlab pensiyaga chiqqan. Pensiya jamgarmasiga topshirgan hujjatlaridagi kamchilik sababli pensiya taminoti toxtatilgan. Viloyat arxiviga tegishli hujjat uchun bir necha marotaba murojaat qilishiga qaramay, malumot ololmayotgan ekan. Sojida Muhiddinova bilan viloyat arxiviga borganimizda bir soat ichida tegishli hujjatni uning qoliga tutqazishdi.Savol tugiladi: Nega oddiy fuqaroning oddiy murojaaati oz vaqtida hal etilmay, sansalorchilik bolishi kerak? Idoralarga aynan biron-bir masul shaxs yoki yuqori tashkilot vakili bilan birga borish shartmi? Masul xodimlar oz vazifalarini sidqidildan ado etsalar, bunday ovoragarchiliklar bolmaydi, nazarimizda.

Oz navbatida Jamoatchilik qabulxonamizga minnatdorchilik xatlari ham kelib turadi. Chortoqlik Xurshida Rahmatullayevaning xatida shunday sozlar bor:

«Men oliy oquv yurtiga kirolmay yurganimda OzXDP viloyat kengashi qoshidagi Jamoatchilik qabulxonasi haqida eshitib qoldim. Qabulxonada mening qiziqish va imkoniyatlarimni organib, oilaviy korxona ochishni maslahat berishdi. Ipotekabank» Namangan shahar filialidan imtiyozli kredit olishga erishdim. Zar jilvasi oilaviy korxonamiz shu tariqa tashkil topdi. Bugungi kunda 7 ish orniga ega oilaviy korxonamiz tomonidan korpa jild va choyshab, dasturxonlar tayyorlayapmiz. Chortoq sanatoriysi bilan shartnoma tuzganmiz. Bugun oliy malumotli muhandis texnologman. Ozbekiston XDP Istiqbol yoshlar qanoti faollari safidaman. Erishgan natijalarim, albatta OzXDP va uning Jamoatchilik qabulxonasi tufaylidir. Buning uchun partiya viloyat va Chortoq tuman kengashi faollaridan minnatdorman.

Joriy yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb elon qilinishi munosabati bilan qabulxona faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari korilyapti. Birinchidan, uzoq qishloqlarda kochma Jamoatchilik qabulxonalarini koproq otkazishga harakat qilyapmiz. Murojaatlarni qayd etish, ijrosini nazorat etish mexanizmini kuchaytirish, namunali qabulxonalar ish tajribasini ommalashtirish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash ishlarini olib boryapmiz. Hayotga yangicha yondashuv bugungi kun talabi.

Dilorom ABDURAHIMOVA,

OzXDP Namangan viloyat kengashi raisi,

xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: