O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
13.04.2017

INSON MANFAATLARI HAMMA NARSADAN USTUN

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi tashabbusi bilan Parkent tumanida otkazilgan tadbirga partiya faollari va deputatlar bilan birga bordik. Yol-yolakay suhbatimiz tadbir mavzusiga ulanib ketdi.

— Sud-huquq tizimini erkinlashtirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotgan hamma ham yetarli tushunib olgani yoq, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Tursunboyev. Yaqinda bolib otgan Oliy Majlis Senatining toqqizinchi yalpi majlisida ham tizimga aloqador koplab qonunlar ma’qullandi. Bu mamlakatimizda inson manfaatlari hamma narsadan ustun, degan goya ustuvor ekanini korsatib turibdi...

Togri, aytdingiz, deya soz boshladiviloyat partiya kengashi raisi Mehrojiddin Darxonov. Sud-huquq tizimida olib borilayotgan keng kolamli islohotlar huquqiy yechimini kutayotgan koplab dolzarb masalalarni hal etish, qonunlar ijrosini izchil taminlash, eng muhimi, odamlarning mamlakatimizda olib borilayotgan odilona siyosatga ishonchini yanada oshiradi. Partiyamiz Saylovoldi dasturida davlat qurilishi va sud-huquq tizimidagi islohotlarga alohida etibor qaratilganligini inobatga olsak, ushbu vazifalar biz uchun ham prinsipial ahamiyatga ega.

Shunday fikr-mulohazalar tadbir davomida yanada keng qamrov bilan davom etdi. Parkent tuman partiya kengashi masul xodimlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, mahalla fuqarolar yiginlari raislari, oqituvchilar va yoshlarga sohadagi islohotlar keng tushuntirildi. Sud hokimiyatining nufuzini yanada oshirish, chinakam mustaqilligini taminlash, aholiga yuridik xizmat korsatish sifatini yaxshilash, fuqarolar qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishiga erishishga qaratilgan huquqiy bazalar, ularning odamlar hayotiga ijobiy tasiri, sudlar faoliyatiga oid qonunlar, hukumat qarorlari xususida batafsil malumot berildi.

Qayd etildiki, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish masalasiga ham alohida etibor qaratilgan. Bu bejizga emas, albatta. Chunki qonun ustuvorligi qaror topgan jamiyatda fuqarolarning huquq va manfaatlari taminlanadi, islohotlar samaradorligi kafolatlanadi. Masalan, qonunchiligimizga sud hokimiyatining faoliyatini tubdan yaxshilashga, nufuzini oshirishga, sudlar tuzilishini takomillashtirishga hamda sudyalarni tanlash va lavozimlarga tayinlash tizimini demokratlashtirishga qaratilgan bir qator ozgartish hamda qoshimchalarning kiritilishi mamlakatda qonuniylikni mustahkamlashning muhim omiliga aylanadi.

Konstitutsiyamizning qator moddalariga kiritilayotgan ozgartish va qoshimchalarga muvofiq, Oliy xojalik sudi va fuqarolik, jinoiy, mamuriy va iqtisodiy sud ishi yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organiga Ozbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirilmoqda, dediYuqori Chirchiq tuman sudi sudyasi Feruza Jalolova. Yana bir muhim yangilik sud-huquq tizimida yangi institut Ozbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi joriy etilmoqda. Ushbu kengash sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadi va Ozbekiston Respublikasi sud hokimiyati mustaqilligi haqidagi konstitutsiyaviy prinsipga rioya etilishini taminlashga komaklashishi belgilab qoyildi. Bu sudlar mustaqilligini yanada mustahkamlaydi va odil sudlov darajasini xalqaro talablar bilan uygunlashtirib, demokratik huquqiy davlat qurish hamda adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishimizga bevosita xizmat qiladi, deb oylayman.

Partiya mahalliy kengashlari va deputatlik guruhlari azolarining sud hokimiyati va huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirish qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar bilan aholini yaqindan tanishtirib borish ularning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida takidlandi. Bu boradagi ishlarni yanada yaxshilash boyicha taklif va mulohazalar ortaga tashlandi.

Tadbir songgida yoshga doir pensiyaga chiqishda uchrayotgan muammolar, nikoh shartnomasi va uning huquqiy asoslariga oid savollarga deputatlar, sudyalar atroflicha javob berishdi.

Laziza SHEROVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: