O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.04.2017

ELNING ARDOGIDAMIZ

Notinch dunyoda yashayapmiz. Yer sharining turli burchaklarida qarama-qarshiliklar avj olib, urush olovi yonayapti. Begunoh odamlar qoni to‘kilayapti, shaharlar vayron bolib, ming-minglab odamlar jon saqlash uchun oz yurtini tashlab ketayapti. Ana shunday tahlikali bir davrda tinch va osoyishta hayotni qadrlab yashayotgan xalqimiz Ikkinchi jahon urushida jasorat korsatgan, yurtni fashizmdan omon saqlagan keksa avlod xizmatini chuqur his etadi, ularga ta’zim qiladi.

Prezidentimizning «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisida»gi Farmoni hamda Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisidagi qarori butun xalqimizni, ayniqsa, urush qatnashchilarini nihoyatda quvontirdi.

Nizomxon SATTOROV, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Namangan shahri:

— Harbiy komissariyatning chaqiruv qogozi bilan kop qatori fashist bosqinchilariga qarshi urushga otlanganimda 17 yoshli yigit edim. Urush mening yoshlik orzularimni, quvonchlarimni bir umrga ogirladi. Mana, oradan salkam sakson yil otganiga qaramasdan, urush dahshatlari koz oldimdan ketmaydi. Urushda halok bolgan quroldoshlarim hali-hamon tushimga kirib chiqadi. Bizning avlod butun hayoti davomida urush asoratlari, urush xotiralari bilan birga yashashga mahkum etilgan.

Bugungi tinch, farovon, tokin-sochin kunlarimizga shukr qilaman. Viloyatimizdagi 87 nafar urush qatnashchisi oz hayotidan rozi bolib umrguzaronlik qilmoqda. Yoshing ulgaygani sayin biroz etibortalab bolib qolarkansan. Mahalladan, maktabdan yoki hokimiyatdan kimdir seni sorab kelsa, kongling birdan yorishib ketadi. Ular bilan soatlab suhbat qurging keladi.

Prezidentimizning bizga korsatgan etibori, mehri, gamxorligi esa, togrisi, umrimizga umr qoshdi. Bayram munosabati bilan urush qatnashchilari va front ortida matonat korsatib mehnat qilganlar holidan xabar olish, turar joyini tamirlash, obodonlashtirish ishlari boshlanibdi. Hatto uy-joyi bolmaganlarga turar joy ajratilar ekan. Bundan tashqari, har bir urush qatnashchisiga ikki million somdan pul mukofoti berilishi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qanchalik ezozlanayotganining yana bir tasdigi boldi. Shifokorlar, mahalla faollari holimizdan tez-tez xabar olishadi. Bilsangiz, butun elning ardogidamiz.

Odam qaddini qadr tiklaydi. Etibor, ezoz, hurmat va izzat bor joyda qut-baraka, mehr-oqibat boladi. Yurtimiz tinch, farzandlarimiz sog bolsin.

Rashid RAHMONOV, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Samarqand shahri:

94 yoshdaman. Mamlakatimizda kechayotgan barcha muhim jarayonlarni kuzatib boraman. Kecha televideniye orqali Prezidentimizning farmon va qarorini eshitdim, kordim. Hamma urush faxriylari qatori juda xursand boldim. Duo qildim.

Keksalikmi, ozgina hayajonlansam, kechasi uyqum qochadi. Tonggacha mijja qoqmadim. Butun hayotim koz oldimda gavdalandi. Urush yillarini esladim. Mustaqillikning ilk kunlari yodimga tushdi.

Ochigi, osha davrlar bilan bugungi kunlarni mutlaqo solishtirib bolmaydi. Katta ozgarishlar boldi. Hayotimiz farovonlashdi. Keksalarga etibor va gamxorlik korsatish yuqori darajaga kotarildi.

Ertasi kuni Nuroniy jamgarmasi Samarqand viloyati bolimi raisi Hasan Normurodov uyimizga telefon qilib, mendan hol-ahvol soradi. Prezidentimizning etibori keksalar umriga umr qoshayotgani haqida gapirdi.

Har qanday inson oziga korsatilgan etiborga munosib javob bergisi keladi. Men pedagog bolganim uchun ushbu farmon va qarorning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati beqiyos, deb oylayman. Ular vatan himoyasi yolida qon tokkan keksa avlodga korsatilayotgan etibordan ozlari uchun xulosalar chiqarib olishadi, deb oylayman.

Biz, keksalarning ogil-qizlarimizga aytadiganimiz bitta: bugungi oltin kunlar qadri, tinchlikdek nematning qadriga yetish kerak, uni koz qorachigimizdek asrash kerak. Xalqimiz tinchlik yolini tanlagan. Ilohim, Yaratganning ozi xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini bersin.

Nurali ORIPOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: