O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.07.2012

Xojaobodda OzMTDP elektoratining muammolari yoqmi?

Muammolar bor. BiroQ «Milliy tiklanish»dan saylangan 5 nafar deputat saylovchilar manfaatiga xizmat Qiladigan masalalarni sessiya kun tartibiga olib chiQishdan kO‘ra, sukut saQlashni afzal bilishmoQda.

Xojaobod — Andijon viloyatidagi yengil sanoat va ishlab chiqarish yaxshi rivojlangan tumanlardan hisoblanadi. Dunyoning qator davlatlariga bu yerdan milliy mahsulotlarimiz eksport qilinadi. Aholisining kopchiligi hunarmandchilik va tadbirkorlik bilan shugullanadi.

Shu bois tumanda Milliy tiklanish demokratik partiyasi e’tibor qaratishi lozim bolgan masalalar oz emas.

Buning ustiga OzMTDP Saylovoldi dasturida aynan milliy qadriyatlarni, xususan, hunarmandchilikni rivojlantirish masalasini asosiy vazifalardan biri sifatida belgilagan. OzMTDPdan tuman Kengashiga saylangan deputatlarning bu boradagi amaliy ishlari hamon sezilmayotir.

Otgan yili tuman Kengashining 6 ta, joriy yilning shu vaqtiga qadar 3 ta sessiyasi bolib otdi. Ularda Milliy tiklanish vakillari bu masala boyicha biron-bir taklif, tashabbus bilan chiqmagan.

Mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga kotarishga qaratilgan islohotlarning hozirgi jarayonida siyosiy partiyalarning orni tobora yuksalib borayotgan bir paytda bu tumandagi OzMTDP faollari va uning deputatlari oz vazifasiga loqaydlik bilan qarayotganini qanday izohlash mumkin?

Partiya vakillari hunarmandchilik va oilaviy biznesni rivojlantirish hisobiga aholini ish bilan taminlashga faol komaklashish orniga chetdan kuzatuvchi bolib turishni maqul korishmoqda.

Oz ornida aytish kerakki, oilasini boqish uchun doimiy ish va barqaror daromad manbaiga ega bolmagan, ammo mehnatga layoqatli kishilar, shu bilan birga, ishga joylashishda qiyinchilikka uchrayotgan yoshlarni qollab-quvvatlashda OzXDP tashkilotlari malum ishlarni amalga oshirmoqda.

Tuman partiya kengashi faollari va partiyamizdan saylangan 7 nafar deputatning oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik rivojiga alohida etibor qaratayotgani hududda ishlab chiqarish hajmi, turi va sifatini oshirish, ish orinlari ochish, aholi turmush darajasini yaxshilashda muhim omil bolmoqda. Ular joylarda bu sohalarni yanada taraqqiy ettirish borasida yuzaga kelayotgan muammolarga jamoatchilik va ijro hokimiyati diqqatini qaratish, sohaga oid qonun va qarorlar ijrosini taminlashda samarali deputatlik nazoratini ornatish, shu boyicha izchil monitoring olib borishda faollik korsatishmoqda.

Mamlakatning barqaror rivojlanishida ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyoti tamoyillarining amalga oshirilishini taminlash muhim vazifa, deydi Xojaobod tuman partiya kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashidagi OzXDP deputatlik guruhi rahbari Tolibjon Shermatov. Shundan kelib chiqib, partiyamiz yangi ish orinlari tashkil etishga yonaltirilgan hayotiy tashabbuslarni qollab-quvvatlamoqda. Uyda bola tarbiyasi bilan band bolgan ayollarni kasanachilikka jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan targibot ishlari izchil olib borilmoqda.

Shu maqsadda joriy yilda partiya deputatlik guruhi tomonidan tuman Kengashi sessiyasiga yangi ish orinlari yaratish va shu orqali aholi bandligini taminlash masalasi kiritilib, tegishli qaror qabul qilindi. Ayni paytda uning ijrosi boyicha nazorat-tahlil ishlari olib borilayapti.

Bugungi davr siyosiy partiyalar zimmasiga har qachongidan ham masuliyatli vazifalarni yuklamoqda. Bu bejiz emas. Chunki hayot ozgarayapti, odamlarning ijtimoiy-siyosiy ongi, dunyoqarashi yuksalib borayapti. Ular siyosiy partiyalardan faqat amaliy ishlarni kutayapti. Siyosiy partiya jamiyatda oziga munosib oringa ega bolishining eng asosiy omili, eng muhim sharti esa elektorat ishonchini hayotiy tashabbuslar, amaliy ishlar bilan qozonish. Biroq Xojaobod tumanidagi MTDP vakillari bu haqiqatga etibor qaratmayotgan korinadi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: