O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
08.04.2017

ETIBOR VA EZOZ

Xabaringiz bor, O‘zXDP tashabbusi bilan joylarda xayriya tadbirlari tashkil etilib kelinadi. Ozbekiston XDP Toshkent shahar va Olmazor tuman kengashlari, Toshkent shahar Nogironlar jamiyati hamkorligida «Doimo e’tiborimizdasiz» shiori ostida otkazilgan navbatdagi tadbirda uch yuz nafarga yaqin keksalar, imkoniyati cheklangan insonlar, boquvchisini yoqotgan bolalar bir dasturxon atrofida jam bolishdi.

— Bobom ishlamaydigan qollari bilan meni opichlab katta qilgan, deydi Ozbekiston Nogironlar jamiyati boshqaruv raisi Komil Abdullayev. Shuning uchun ham imkoniyati cheklangan insonlarning dardini, ularga nimalar kerakligini yaxshi bilaman. Qolaversa, turmush ortogim ham ikkinchi guruh nogironi. Jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarga qolimdan kelgancha yordam korsatish, ularning ogirini yengil qilishni hayotim mazmuni, deb bilaman.

Jamiyatimiz kop yillardan beri OzXDP bilan hamkorlik qiladi. Nogironlarning huquq va manfaatlarini himoya etish, ijtimoiy himoyasini taminlash yuzasidan taklif, mulohazalarimizni partiya guruhlari fraksiyasiga yuboramiz.

Tadbirda sozga chiqqanlar imkoniyati cheklangan insonlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish, ularga moddiy va manaviy komak berish, konglini kotarish zarur ekanini qayd etib otdi.

Bir guruh keksa otaxonu onaxonlar otirgan stolga yaqinlashib, suhbatga qoshildik. Ularning har bir ogitlari katta hayotiy saboq ekaniga yana bir bor amin boldik. Ayniqsa, yetmish sakkiz yoshga kirsa ham hassaga tayanmagan, qaddi bukilmagan Damin Karimovning sozlarini maroq bilan tingladik.

Onta nevaram bor, deydi otaxon. Hammasi oilali, uyli-joyli bolib, ozidan tinchib ketdi. Endi navbat evaralarimga. Bugungi tadbirga mahallamizda istiqomat qilayotgan bir guruh keksalar bilan birga keldik.

Har kuni turib, mahalladoshlarimizning oy-tashvishlari bilan qiziqamiz. Hayotiy tajribamizdan kelib chiqib, maslahat beramiz. Qolimizdan kelgan yordamni ayamaymiz. Keksa avlodning say-harakatlarini yosh avlod korib turibdi. Ertaga ular ham shunday qilishadi. Hammamizning tilimizda, dilimizda shukronalik.

Nuroniylarga yaqin joylashgan stol atrofida yosh yigit-qizlar jamlanishibdi. Buni qarangki, ularning bari oliy oquv yurti talabasi ekan.

Mamlakatimizda yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, deydi Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti talabasi Ulugbek Mansurov. Qarshi shahridagi 18-sonli kozi ojiz bolalar maxsus maktab-internatida tahsil oldim. Avvaliga ota-onam meni ozlaridan uzoqlashtirgisi kelmadi. Mustaqil bolishga urinayotganimni korib, oq yol tilashdi. Hozir bitiruv malakaviy ishimning himoyasiga tayyorlanyapman. Bir nechta mahalliy va xorijiy nashrlarda ilmiy maqolalarim chop etildi. Magistratura bosqichida ham oqimoqchiman.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga homiy tashkilotlarning sovgalari ulashildi. Partiya faollari, deputatlar ular bilan dildan suhbatlashdi. Imkoniyati cheklangan, kam taminlangan oilalar farzandlari hamda nuroniylarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish boyicha fikr almashildi.

Mahliyo ALIQULOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: