O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.04.2017

MDH TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHI MAJLISI TOGRISIDA AXBOROT

Toshkent shahrida 7 aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bolib otdi.

Majlisda Armaniston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan, Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Qozogiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov, Qirgiziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Ozbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Moldova Respublikasi tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri orinbosari Lilian Dariy, Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri orinbosari Xalaf Xalafov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri orinbosari Vepa Xajiyev va MDH Ijroiya qomitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi.

Majlisga Rossiya tomoni raislik qildi.

Delegatsiyalar rahbarlari tashkilot faoliyatining turli yonalishlaridagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy masalalarni hal etishdagi uning roli va ahamiyatini oshirishni muhokama qildi.

Tadbirda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish hamda MDH davlatlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Kun tartibiga kora, MDH davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan 15 hujjat korib chiqildi. Ulardan 9 tasi shu yilning oktabr oyida bolib otadigan Hamdostlikning Davlat rahbarlari kengashi va may oyida otkaziladigan Hukumat rahbarlari kengashi muhokamasiga kiritiladi.

Hujjatlar Hamdostlik mamlakatlarining tashqi siyosat, huquqiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi masalalarini qamrab olgan.

Ishtirokchilar xristian, musulmon va boshqa konfessiyalarni kamsitish va ularga nisbatan murosasiz munosabatda bolishga yol qoymaslik togrisidagi Bayonotni qabul qildi. Hujjatda diniy mansublik va etiqodiga asoslangan holda ayrim shaxslarga nisbatan murosasiz munosabatda bolish, kuch ishlatish va terrorchilik harakatini amalga oshirish holatlari davom etayotganligi sababli xavotir bildirilgan. Xristian, musulmon va boshqa konfessiya vakillariga nisbatan murosasizlik qilish, ularni kamsitish, kuch ishlatish hamda terrorchilik harakatlarining barcha korinishlari qatiy qoralanadi. Tomonlar xalqaro hamjamiyatning mazkur yonalishdagi pozitsiyalarini birlashtirish boyicha say-harakatlarni yanada olga surish maqsadini bildirdi.

TIV rahbarlari kvotalar taqsimoti, Ijroiya qomitasi raisi Ijrochi kotib orinbosarlarini va MDH bosh qarorgohidagi boshqa mansabdor shaxslarni kvota asosidagi amallarga tayinlash va almashtirish togrisidagi MDH Ijroiya qomitasining axborotini tingladi.

Davlat rahbarlari kengashida korib chiqish uchun kiritiladigan MDH davlatlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgin qurollarini tarqatishga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligi Konsepsiyasi hamda jinoiy ishlarning moddiy dalillari bolgan narkotik va psixotrop moddalar hamda ularning prekursorlarini, oqotar qurollar, ularning asosiy qismlari, oq-dorilar, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni topshirish tartibi togrisidagi Bayonnoma loyihalari maqullandi.

2018 yilda «Hamdostlikning madaniy poytaxti» davlatlararo dasturini amalga oshirish, MDH mamlakatlarining qurolli kuchlari metrolog mutaxassislarini hamda moliyaviy tergov organlari uchun kadrlar tayyorlash boyicha ayrim talim va akademik muassasalarga asosiy tashkilot maqomini berish masalalari muhokama qilindi.

Majlis konstruktiv muhitda va hamjihatlik ruhida otdi.

Ishtirokchilar TIVK yigilishini yuqori darajada tashkil etganligi va Toshkent shahrida otkazilgan tadbir davomidagi ananaviy samimiy mehmondostlik uchun Ozbekiston Respublikasiga minnatdorlik bildirdi.

TIVK yigilishi doirasida ishtirokchi davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari otkazildi.

MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi 2017 yil 10 oktabr kuni Moskva shahrida bolib otadi.

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Matbuot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: