O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
06.04.2017

SESSIYAGA MASALA KIRITISH OZ-OZIDAN BOLMAYDI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan mintaqalar boylab oquv-seminarlar otkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalarining oz vakolatlaridan samarali foydalanishi masalasida fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Hududlarning rivojlanish holatidan kelib chiqib, mahalliy Kengash depututlari uchun tavsiyalar ishlab chiqilyapti.

Pskent tumanida ham ana shunday oquv-mashguloti bolib otdi. Unda viloyat partiya kengashi faollari, tuman Kengashi deputatlari, oqituvchi-pedagoglar ishtirok etdi.

Dastlab viloyat partiya kengashi rahbari Mehrojiddin Darxonov partiya tashkilotlari va deputatlari oldiga qoyilayotgan bugungi talablar haqida soz yuritdi. Elektorat manfaatlarini himoya qilish, ularni oylantirayotgan masalalarni hal etishda deputatlik sorovi institutidan keng foydalanish zarurligini ta’kidladi.

Joriy yilning otgan davrida 100 ga yaqin deputatlik sorovlari tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborilgan bolsa, ularning aksariyat qismi fuqarolar murojaatlariga asoslanganini qayd etdi. Sustkashlikka yol qoyayotgan partiya guruhlari va tashkilotlarining faoliyati tanqidiy baholanib, ularning ishini jonlantirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Partiya Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov oquv-seminar maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, maruza qildi.

— Partiya guruhlarining bevosita vazifasi xalq bilan ishlash, ularni oylantirayotgan muammolarni organib, muhokama qilishdan iborat, deydi u. Masalani doimiy komissiya yoki sessiya muhokamasiga kiritish uchun malumotlar atroflicha tahlil qilingan, chuqur organilgan va shunga mos ravishda aniq, joyali takliflar ishlab chiqilgan bolishi lozim. Yana bir muhim jihati shundaki, har bir masala yuzasidan sohaga aloqador mutaxassis bilan hamkorlikda ish olib borilsa, maqsadga muvofiq boladi. Masalaning katta yoki kichikligidan qati nazar masuliyat bilan yondashish talab etiladi.

Shuningdek, har bir deputat zimmasidagi masuliyatni chuqur anglasa, faoliyatiga tanqidiy baho bera oladi. Qachonki, deputat nima uchun saylanganini tolaqonli idrok etib, vazifasini vijdonan bajarsa, xalq manfaatini himoya qilish borasidagi harakatlari ijobiy samara beradi.

Maruzachi partiya guruhlari ishini takomillashtirish, hamkorlik tizimini yaxshilash hamda sessiyaga masala kiritish uchun etibor qaratilishi zarur bolgan jihatlar xususida ham fikr-mulohazalar bildirdi. Sozga chiqqan deputatlar tomonidan turli takliflar ilgari surildi.

Oldimizda turgan vazifalar kop. Ularning barchasini amalga oshirish uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak, deydi Pskent tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Joraqul Otaqulov. Zamon taraqqiy etib, odamlarning fikri, dunyoqarashi ham yildan-yilga osib bormoqda. Bu bizdan yanada katta masuliyat, ishga vijdonan yondashishni talab etadi. Aholining istaklarini inobatga olib, 2016 yilda yollarni tamirlash masalasini sessiyaga olib chiqdik. Mutasaddilar joriy yil dasturiga kiritishni vada berdi. Ayni paytda mazkur masala diqqat markazimizda turibdi.

Kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish ham bugungi kunning ustuvor vazifasi sanaladi, dedi Pskent tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Abdulhamid Davronov. Yaxshi mutaxassis hech qachon kochada qolmaydi. Ammo bitiruvchilarning barchasi ham oz ishining ustasi bolib yetishyapti, deyish qiyin. Shuning uchun kollejlardagi talim sifatini tubdan isloh etish kerak, deb oylayman. Oqituvchilarning malakasini oshirish, yoshlarning dars mashgulotlariga muntazam qatnashishi uchun ota-onalar masuliyatini yanada kuchaytirish zarur. Hozir shu masala boyicha takliflar tayyorlayapmiz.

Seminarda, shuningdek, Pskent tuman axborot resurs-markazi rahbari Xotimaxon Oqilova, tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Murod Abdulqosimov, Pskent agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori Temur Azamatov hududlarda aholini oylantirayotgan muammolarni hal etish boyicha oz mulohazalarini bildirishdi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: