O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
06.04.2017

BOSHLANGICH PARTIYA TASHKILOTLARI

deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

Odamlar bilan yuzma-yuz bo‘lish, hayotni organishda partiyaning boshlangich tashkilotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, har bir quyi tashkilot partiya elektorati vakillarini birlashtiruvchi oziga xos tuzilmadir. Shuning uchun partiyaning boshlangich boginida muloqotlarni koproq tashkil etish lozim.

Bunda partiya boshlangich tashkilotlari bilan mahalliy Kengash deputatlarining hamkorligi muhim, albatta.

Namangan viloyat partiya kengashi misolida oladigan bolsak, boshlangich partiya tashkilotlari va deputatlik korpusining yaqin hamkorligini ta’minlaydigan maqbul va samarali mexanizmlarni vujudga keltirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektorat manfaatlarini himoya qilish, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratilishiga komaklashish maqsadida tuman va shahar Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari azolari boshlangich tashkilotlarga biriktirildi.

Joylarda aholi bilan uchrashish va ular tomonidan kotarilayotgan masalalarni muhokama qilish ishlari koproq partiyaning boshlangich boginlarida bolib otmoqda. Albatta, muammolarni hal etishda mahalliy Kengashlardagi partiyamizdan saylangan deputatlar faollik korsatishmoqda.

Masalan, yaqinda Namangan tumanidagi «Toshbuloq» hududiy partiya tashkilotida bolib otgan muloqotda ichki yollarning tamirtalabligi, yolning serqatnov qismida svetafor ornatilmaganligi, bundan haydovchilar ham, piyodalar ham jabr korayotgani bilan bogliq muammo kotarildi. Ushbu masala xalq deputatlari Namangan tuman Kengashi deputati Umid Soliyevning tashabbusi bilan oz yechimini topdi.

Shuningdek, Namangan shahrida joylashgan Paxtalik kol hududiy boshlangich partiya tashkilotida aholi tomonidan maktabgacha talim muassasalarining faoliyati yuzasidan muammolar aytilib, takliflar ilgari surilgan edi. Ushbu masala xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi partiyamiz guruhi azolarining say-harakatlari bilan doimiy komissiya yigilishida muhokama qilinib, sessiyasiga olib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, muammolarning joyida, oz vaqtida hal etilishida boshlangich partiya tashkilotlari va deputatlar hamkorligi yaxshi samara beryapti.

Deputat ozi kotarib chiqayotgan muammoni nihoyatda puxta bilishi kerak. Biroq uning yolgiz ozi masalaga taalluqli barcha malumotlarni toplashi, tartibga solishi, organib chiqishi mushkul. Bu borada deputatlarga partiya tashkilotlari yordam berishi kerak. Demak, mazkur tizim kuch-quvvati tola-tokis ishga solinishiga erishish, bu jarayonda har bir partiya faolining masuliyatini kuchaytirish, umuman, quyi boginlarga etiborni bundan-da oshirish joriy yildagi asosiy vazifalarimizdan biri boladi.

Oybek ABDURAHIMOV,

Ozbekiston XDP Namangan viloyat kengashi sektor mudiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: