O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.04.2017

OZBEKISTON ROSSIYA HAMKORLIGIDA YANGI UFQLAR OCHGAN TARIXIY TASHRIF

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5 aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boldi.

Davlat tashrifining asosiy tadbirlari 5 aprel kuni bolib otdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining Aleksandr bogidagi «Noma’lum askar» yodgorligiga gulchambar qoydi.

Shu yilning 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida terrorizm harakati sodir etilib, insonlar halok boldi. Davlatimiz rahbari ular xotirasini yodga olib, shu yerdagi Leningrad — qahramon shahar yodgorligi poyiga gul qoydi.

Kremlda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ozbekiston va Rossiya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin faxriy qorovul safi oldidan otdilar.

Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvida Ozbekiston va Rossiya ortasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboli xususida fikr almashildi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Moskvaga davlat tashrifi bilan qutlab, ushbu tashrif tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini qayd etdi.

Ozbekiston bilan hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish biz uchun katta ahamiyatga ega, dedi Rossiya Prezidenti. Mamlakatlarimizda ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali tola foydalanilmayotgan imkoniyatlar kop, ularni ishga solishdan ikki tomon ham manfaatdor.

Shavkat Mirziyoyev mazkur uchrashuv davlatlarimiz ortasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlashda muhim qadam bolishini qayd etdi.

Avvalo, 3 aprel kuni Sankt-Peterburgda roy bergan mashum voqea munosabati bilan Sizga va Rossiya xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman, dedi Shavkat Mirziyoyev. Ozbekiston va Rossiya ortasidagi hamkorlik yuksak ishonch va ozaro hurmat asosida rivojlanmoqda. Turli darajadagi aloqalar faollashgani mamlakatlarimiz kop qirrali munosabatlarni kengaytirishdan birdek manfaatdor ekanining tasdigidir. Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurganingiz uchun yana bir bor minnatdorlik bildiraman.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokaralarni davom ettirdilar.

Oliy darajadagi tashriflar muntazamlik kasb etgani davlatlararo munosabatlar yuksak darajada rivojlanayotganidan dalolat beradi. Ozbekiston va Rossiya rahbarlarining bu galgi uchrashuvi mamlakatlarimiz ortasidagi manfaatli muloqotlarning mantiqiy davomi boldi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiyot, neft-kimyo, transport kommunikatsiyalari, qishloq xojaligi, madaniyat, turizm, mehnat migrantlariga munosib sharoitlar yaratish va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga etibor qaratildi.

Ozbekiston va Rossiya xalqaro maydonda bir-birini qollab-quvvatlab kelmoqda. Ikki mamlakatning tashqi siyosat, tashqi savdo, mudofaa mahkamalari ortasida ozaro maslahatlashuvlar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakatlarimiz BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Ozbekiston Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik asosiy orin tutadi. 2013-2017 yillarga moljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2015-2019 yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yonalishlariga oid hukumatlararo bitimga muvofiq bu sohadagi aloqalar izchil taraqqiy etmoqda.

Rossiya Ozbekistonning yetakchi savdo sheriklaridan biri. Ozbekiston Rossiyaga tabiiy gaz, transport vositalari, qora va rangli metallar, trikotaj, paxta tolasi, meva-sabzavotlar, turli xizmatlar eksport qiladi. Rossiya mamlakatimizga transport vositalari, kimyo va qogoz sanoati tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi.

Ozbekistonda rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 961 qoshma korxona faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda Rossiyaning 64 firma va kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan. Rossiya Federatsiyasi hududida ozbekistonlik hamkorlar bilan 569 tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan bolib, ular samarali faoliyat olib bormoqda.

Ozaro tovar ayirboshlash hajmi izchil ortib bormoqda. Xususan, songgi vaqtlarda qishloq xojaligida bu korsatkich ikki barobar osgan.

Ochiq va dostona ruhda otgan muzokaralarda ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga kotarish borasida fikr almashildi.

2017 yilda Ozbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganiga 25 yil toldi. Ikki davlat ortasidagi hamkorlik mustahkam huquqiy asosga ega. Mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlar 2004 yil 16 iyunda imzolangan Strategik sheriklik togrisidagi shartnoma, 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari togrisidagi shartnoma doirasida izchil rivojlanmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish borasida samarali ishlar amalga oshirilayotganini takidladi.

Ikki mamlakat ham yonilgi-energetika sohasida ulkan salohiyatga ega. Bu mazkur yonalishdagi hamkorlik rivojida muhim orin tutmoqda. Rossiyaning Lukoyl va Gazprom kompaniyalari mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va ozlashtirishda faol ishtirok etmoqda. 2016 yilda Buxoro viloyatida Ozbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi bilan Lukoyl kompaniyasi hamkorligida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlandi.

Dunyodagi yetakchi energetika kompaniyalaridan biri bolgan Gazprom Ozbekistonda geologiya-qidiruv ishlari olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini ozlashtirish boyicha yirik loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, tabiiy gazni eksportga yetkazib berishda faol ishtirok etmoqda. Ustyurtda otkazilgan geologiya-qidiruv tadqiqotlari natijasida Jel gaz kondensati koni ochildi. Shaxpaxti koni birgalikda ozlashtirilmoqda. Hozirgacha u yerdan 3,5 milliard kub metr gaz qazib olindi.

Ozbekiston avtomobillari Rossiyada doim xaridorgir. Matiz, Nexia kabi mashinalarimiz bu yerda bir necha bor yilning eng yaxshi avtomobili, deb topilgan. 2016 yilda ushbu mamlakatda yangi brend ostidagi Ravon Gentra avtomobili savdosi osgan.

Serquyosh zaminimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlariga dunyo bozorida talab yuqori. Birinchi Prezidentimizning 2016 yil 12 apreldagi Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ushbu mahsulotlar eksportini yanada oshirishga mustahkam zamin yaratdi.

2016 yil yakunlariga kora, qishloq xojaligi sohasida ozaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga osib, 398 million dollarga yetgan. Muzokarada mamlakatimizda yetishtirilgan meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini kopaytirish va turini kengaytirishga kelishib olindi.

Hukumatlararo va idoralararo aloqalar qoshma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda muhim omil bolmoqda. Joriy yil 15 fevralda Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik boyicha Ozbekiston Rossiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bolib otdi.

Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport va tranzit sohasidagi aloqalarni kengaytirishga doir masalalar muhokama qilindi. Mamlakatlarimizda ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali tola foydalanilmayotgan imkoniyatlar kopligi, ularni ishga solish ikki tomon uchun ham manfaat keltirishi takidlandi.

Muzokaralarda tibbiyot, ilm-fan, talim, madaniyat, sport va turizm sohalari boyicha ozaro aloqalarni yanada kengaytirish masalalariga ham etibor qaratildi.

Ozbekiston va Rossiya tibbiyot fani va talimini rivojlantirish, klinik, profilaktik, eksperimental kardiologiya sohalarida yangi loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish boyicha samarali hamkorlik qilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan ham uchrashdi.

Ozbekiston Rossiyaning eng ishonchli hamkorlaridan biri, dedi Dmitriy Medvedev. Ikki davlat turli sohalarda ishonchli hamkorlik qilib kelmoqda. Sizning tashrifingiz davomida juda katta loyihalar boyicha kelishuvlarga erishish kozda tutilgan. Tashrifingiz davlatlarimiz hamkorligida yangi sahifa ochishiga qatiy ishonaman.

Sankt-Peterburgda roy bergan mashum voqea oqibatida halok bolganlarning oila azolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman, dedi Shavkat Mirziyoyev. Terrorizm chegara bilmaydigan xavfdir, shu bois unga qarshi barcha kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim.

Prezidentimizning ushbu tashrifi ozaro aloqalarni yangi bosqichga kotarish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekani takidlandi.

Bugungi muloqotlarimiz kop sohalardagi hamkorligimizda yangi davrni boshlab berishiga ishonaman, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ozbekiston bilan Rossiyaning madaniy-gumanitar sohalardagi ozaro hamkorligi ham izchil rivojlanmoqda. Ikki davlat xalqlari bir-birining adabiyoti va sanatiga hurmat bilan qaraydi. Moskva shahrida buyuk ozbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali qad rostlagan. Toshkent shahridagi Pushkin haykali ornatilgan maydon poytaxtimiz aholisi va mehmonlarining sevimli maskanlaridan biridir.

Ozbekiston delegatsiyasining tashrifi arafasida Moskvadagi A.Pushkin nomidagi tasviriy sanat muzeyida mamlakatimizning I.Savitskiy nomidagi davlat sanat muzeyi eksponatlari korgazmasi ochildi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ushbu korgazmaga tashrif buyurdilar.

Sahrodagi Luvr nomini olgan I.Savitskiy nomidagi davlat sanat muzeyi ozining bebaho eksponatlari bilan dunyo sanat ixlosmandlari etiborini qozongan. Muzeyda grafika, haykaltaroshlik, tasviriy va amaliy sanat namunalari, turli arxeologik topilmalar, etnografiya buyumlari, qadimiy suratlar, tarixiy hujjatlar singari yuz mingga yaqin nodir eksponat joy olgan.

Ana shunday buyuk merosni yigib qoldirgan olim I.Savitskiy 2002 yilda Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

A.Pushkin nomidagi tasviriy sanat muzeyida namoyish etilayotgan noyob eksponatlar tomoshabinlarda katta qiziqish uygotmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari boyicha qator muhim hujjatlar imzolandi. Ozbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qoshma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari ortasida hududlararo hamkorlik, mehnat faoliyatini vaqtincha tashkil etish, sogliqni saqlash, tibbiyot talimi va fani, turizm, qurilish, neft-gaz, konchilik, metallurgiya, bank-moliya, bojxona, qishloq xojaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga doir hujjatlar imzolandi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar ochiqlik, ozaro ishonch va amaliy ruhda otganini takidladilar. Tashrif asnosida erishilgan kelishuvlar, imzolangan 16 milliard dollarlik 50 dan ortiq hujjat Ozbekiston va Rossiya taraqqiyotiga, ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Prezidentimizning davlat tashrifi va uning doirasidagi tadbirlar Rossiya teleradiokanallari, gazetalari, internet nashrlari orqali keng yoritib borildi.

Shu bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi yakuniga yetdi. Bolib otgan muzokaralarda ikki davlat ortasidagi hamkorlikni rivojlantirishning muhim yonalishlari va istiqbollari belgilab olindi. Tarixiy ahamiyat kasb etgan ushbu tashrif Ozbekiston va Rossiya ortasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqadi.

Abu Bakir OROZOV,

OzA maxsus muxbiri

Toshkent Moskva Toshkent.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: