O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.07.2012

Global muammoni hal etish yolida

nodavlat notijorat tashkiloti qanday ishlayapti?

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING «ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH TOGRISIDA»GI QONUNIDA BU MUAMMOGA QARSHI KURASHISH, UNING OLDINI OLISHDA IJTIMOIY HAMKORLIK, JAMOATCHILIK YORDAMINING ORNI ALOHIDA BELGILANGAN. ISTIQBOLLI AVLOD NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTNING FAOLIYATI MISOLIDA BUNING AHAMIYATINI KUZATISH MUMKIN.

— Markaz tashkil etilganidan buyon otgan 11 yil ichida mahalliy davlat va nodavlat, xalqaro tashkilotlarning bevosita komagida odam savdosiga qarshi kurashish borasida ozining maqsadli guruhlari orasida targibot-tashviqot ishlarini yolga qoydi, bu global muammoning oldini olish, jabrlanuvchilarga malakali yordam korsatish uchun mutasaddi tashkilotlarga yonaltirgan alohida loyihalarni amalga oshirdi, deydi Istiqbolli avlod yoshlar axborot ma’rifat markazi rahbari Nodira Karimova.

Jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda aholi, ayniqsa, yoshlar va voyaga yetmaganlar ortasida mavzuga oid axborot seminarlari, davra suhbatlari vatalim muassasalari maktab, litsey, kollej va oliy oquv yurtlarida, madaniyat va istirohat boglarida turli aksiyalar otkazib kelinmoqda.

Otgan davr mobaynida ijtimoiy hamkorlik doirasida otkazilgan tadbirlarga respublikaning jami 8350 ta mahalla fuqarolar yiginlari qamrab olingan bolsa, ushbu tadbirlarga 5000000 dan ziyod aholi, maqsadli guruh vakillari jalb etilgan.

Markaz tomonidan tashkil qilinayotgan seminar treninglar ham muammoga qarshi kurashda oz samarasini berishi tabiiy. Jumladan, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan otkazilgan tadbirda ular qaltis guruhlar bilan ishlash boyicha hamkorlik tarmogi, oz vaqtida tezkor yordam berish tizimi haqida malumot olib, zaif guruhlar bilan konstruktiv dialog olib borish boyicha tajriba almashadilar, qoshimcha axborot va malumot oladilar. Ommaviy axborot vositalari xodimlari esa odam savdosi qurbonini identifikatsiya qilish, ularga nisbatan jamoatchilikning salbiy munosabatini, stereotiplarini ozgartirish, bu mavzuni yoritishda konfidensiallikka rioya etish masalalari boyicha konikmaga ega bolib, davlatimiz tomonidan qabul qilingan huquqiy-meyoriy hujjatlar bilan keng qamrovli tanishish imkoniga ham ega boladilar, ozaro fikr almashadilar.Ushbu tadbirlar nafaqat odam savdosi mummosining oldini olish, balki jamiyatimizda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilishi mumkin bolgan huquqbuzarlik va jinoyatchiliklar soniningkamayishida ham muhim ahamiyat kasb etyapti.

Raqamlar oz yoliga, tashkilot xodimlarining kundalik ish jarayoniga nazar tashlasangiz muammoning sabab va oqibatlari, ularni bartaraf etish uchun qay darajada jonkuyarlik bilan ishlayotganlarining guvohi bolasiz.

Bu yerdagi deyarli butun faoliyat 276-94-44 raqamli dolzarb aloqa tarmogiga bolgan murojaatlaru qongiroqlardan boshlanadi, desak yanglishmaymiz. Shu orinda takidlab otish joizki, bu kabi tarmoq markaz va uning joylarda odam savdosining oldini olish va qarshi kurashish boyicha faoliyat yurituvchi ijtimoiy hamkorlik tarmoqlari qoshida ham mavjud.

Ixtisoslashtirilgan oquv darslarida malakalarini oshirgan operatorlar fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladilar va tegishli maslahatlar beradilar.

Tarmoq yangi ish boshlagan kezlari mavzuga oid bolmagan turli xildagi ijtimoiy masalalar bilan ham murojaatlar bolgan edi, bugungi kunda esa aksariyat murojaatlarda chet davlatlarga qonuniy chiqish, boshqa davlatlarga kirish tartiblari, ishlash uchun bormoqchi bolgan davlatlarda oz mehnat xavfsizligini himoyalash, yaqinlari chet davlatlarda odam savdosi bilan bogliq muammoli vaziyatda qolgan bolsalar, ularga yordam korsatilishi kabi masalalarni kotarishmoqda.

Murojaatlarning mazmun-mohiyatiga kora togri bolishi, keyingi paytda son jihatdan sezilarli darajada kamayganligi mamlakatimizda odam savdosi muammosiga qarshi kurashish va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish borasida otkazilayotgan keng kolamdagi ishlarning samarali natijasi, deb bilaman, deya takidlaydi markaz operatori Dinara Sharafutdinova.

Murojaat qiluvchilar chet davlatlarda shartnoma va boshqa huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish orqali ishlashni afzal bilishyapti. Savollar mazmuni ham buni ifodalaydi xorijda ishlash uchun qaysi davlat organlariga murojaat qilish kerak, qanday hujjatlarni tayyorlash kerak, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida yurist maslahatidan foydalanish uchun qaysi tashkilotlarga murojaat qilish mumkin? Tabiiyki, operatorlar bu savollarga Ozbekiston Respublikasi va murojaat qiluvchilar bormoqchi bolgan davlatlarning amaldagi qonunchiligiga asoslanib javob berishadi.

Afsuski, dolzarb aloqa tarmogi orqali odam savdosi bilan bogliq holatlar ham qayd etilib, bu boyicha murojaatlar jabrlanuvchilarning ozlari, yaqinlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqalar orqali qabul qilinadi. Masalan, Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi orta yoshlardagi ayol qongiroq qilib, temir yol tamirlash brigadasida ishlayotgan turmush ortogi tanishlarining katta maosh haqidagi vadalariga ishonib, bir necha hamqishloqlari bilan qoshni davlatga ketganini aytdi. Chamasi yetti oylardan song turmush ortogi bilan birga ketgan sheriklaridan biri noxush xabar yetkazgan. Ozi qochib kelganini, ayolning turmush ortogi qiyin ahvolda qolganini, shart-sharoitlar yaxshi emasligini aytgan.

Murojaat qabul qilingach, albatta tegishli tashkilotlarga ichki ishlar idoralariga,osha davlatdagi hamkor tashkilotlarga xabar beriladi. Markaz ijtimoiy xodimi ham vaziyatni organishga kirishadi. Shaxsni yurtiga qaytarish uchun tegishli choralar koriladi.

Odam savdosiga qarshi kurashish va jabrlanuvchilarni oz yurtiga qaytishlarida markaz yuristining maslahatlari ham muhim bolib, bu nafaqat jabrlanuvchilarning huquqlarining himoyasi, balki, belgilangan davlatda aziyat chekayotgan shaxsga komaklashish va unga tegishli yordam korsatilishida, hamkor tashkilotlarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega.

Jabrlanuvchini oz uyiga qaytarish boyicha murojaat qiluvchi har bir fuqaro bilan bolgan suhbatdan keyin chora-tadbirlar rejasi tuzildi. Jabrlanuvchidan qabul qilingan oxirgi telefon raqami, uning taxminiy manzili, yashayotgan yoki ushlab turilgan joyning taxminiy moljali, ish beruvchi, ularni ushlab turgan shaxslarga tegishli boshqa malumotlar aniqlanadi.

Ayolning murojaatiga asosan turmush ortogi E.dan qabul qilingan telefon raqamiga qongiroq qilindi. Suhbat juda qisqa boldi. Jabrlanuvchi hujjatlari kuch ishlatish yoli bilan olib qoyilganligi, ahvoli ogirligi va tez yordamga muhtojligini aytishga ulgurdi xolos. Osha mamlakatda faoliyat yurituvchi Migratsiya boyicha Xalqaro tashkilotga murojaat qilindi. Davlat va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan muntazam aloqada bolgan ushbu tashkilot ham oz navbatida masalaga oydinlik kiritdi. Jabrlanuvchini mamlakatga qaytarish vazifasi qoldi, xolos. Yaqinlari va markazning ijtimoiy xodimlari tomonidan jabrlanuvchining Ozbekiston fuqarosi ekanligini tasdiqlovchihujjatlar toplandi. Ikki mamlakatning qator davlat organlari va elchixonalarining komagida jabrlanuvchining vatanga qaytishi haqidagi sertifikat rasmiylashtirildi. Kutib olingan E.ning salomatligi bir ahvolda, shu sababdan ham kechiktirmay darhol tibbiy yordam olish uchun sogliqni saqlash muassasasiga yonaltirildi.

Huquqshunosning ishi shu bilan tugamaydi. U jabrlanuvchiga huquqiy maslahat berar ekan, u bilan yuz bergan holatda odam savdosi bilan bogliq jinoyat elementlari mavjud ekanini aytib, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga ariza yozishni tavsiya qildi. Sudga bolgan murojaat oz samarasini berdi, jinoyatchilar tegishli jazosini oldi. Jabrlanuvchi malakali ishchi bolib, muqim ish orni va barqaror daromadga ega edi. Sudda bular hisobga olindi. U korgan moddiy va manaviy zarar aybdorlardan undirildi.

Odam savdosi jabrlanuvchisi daromad nuqtai nazaridan psixologlar uchun potensial mijoz emasligi hech qanday izohsiz hammaga ayon bolsa kerak. Ozingiz oylab koring, tokin hayot va bekorchilikdan zerikib kelisholmayapmiz, deb murojaat qilgan yosh er-xotinga yordam korsatgan maqulmi yoki hech vaqosiz qolgan, korgan uqubatlari sababli hayotdan kongli sovib ketgan jabrlanuvchini hayotga qaytarish masuliyatini zimmaga olgan afzalmi? Xususiy amaliyot yuritayotgan psixolog, albatta, ishning osonligi va daromadlisini kozlaydi.

Soddaliklari, huquqiy savodsizliklari tufayli odam savdosi qurboniga aylangan, ham ruhiy ham jismoniy azob-uqubatlarga duchor bolganlarga ham kimdir yordam berishi kerak-ku? Istiqbolli avlod markazi psixologi va Odam savdosi jabrlanuvchilariga reintegratsiya yordami loyihasi rahbari Dilfuza Yoldoshevaning kuyunchaklik bilan aytgan bu gaplaridan yuqoridagi qarashlar tez tarqab ketadi.

U muloyimlik bilan suhbat davomida bugungi kunda amalga oshirilayotgan katta bir loyiha haqida bosqichma-bosqich malumot bera boshladi:

Odam savdosidan jabrlanganlarning jamiyatga qayta moslashishlarida mutaxassislarning togri korsatgan yol-yoriqlari, hayotiy konikmalarini togri shakllantirishning orni katta. Markazimiz tomonidan amalga oshirilishi belgilangan bu loyiha ham shunday yordamlarni korsatishga qaratilgan. Muammodan jabrlangan ayollarga uzoq muddatli reintegratsiya yordamini korsatish, ularda mustaqil hayot kechirish, kelajak rejalarini tuzish, tejamkorlik va uy-rozgor ishlarini yuritish konikmalarini qaytadan shakllantirish muhim hisoblanadi. Bu borada amaliy mashgulotlarni tashkillashtirish, kasbga oid konikmalarga ega bolish imkoniyatini kengaytirish, ishga joylashishda va doimiy sarmoyaga ega bolishiga komaklashish odam savdosidan jabrlanganlarning hayotlarini qaytadan izga solishda juda muhim ahamiyatga ega.

...L ismli qiz 7 yil bolalar uyida tarbiya korgan. Uning ota-onasi ichkilikka berilgani sababli ota-onalik huquqidan mahrum qilingan edi. 9-sinfni bitirgach, u kollejga otkazilgan. Kollejning ikkinchi bosqichida oqiyotganda, uning bolalar uyidagi sobiq tarbiyachisi Nafisa Ikromovna unga va boshqa bir necha qizlarga chet davlatda ishlashni taklif qilgan. Sobiq tarbiyachi, oz garazli maqsadiga yetish uchun qizlarni aldab, ularning hayotga bolgan umid va ishonchlarini asta-sekinlik bilan sondirib, oz yoliga solib bordi... Oxiri u qizlarni xorijga jonatdi. L u yerda Salima ismli ayol qolida 7 oy davomida ishladi, togrirogi ishlashga majbur boldi. Salima uni boshqa qizlar qatori fohishalik bilan shugullanishga majbur qildi.

Lina u yerdan qochib chiqib, politsiyaga murojat qildi, qonun buzuvchi sifatida uni immigratsiya qamoqxonasiga topshirishdi va sud hukmi bilan belgilangan jazo muddatini otab chiqishga majbur boldi.

Ozbekiston Respublikasining konsullik vakolatxonasi Linaga komaklashib, vatanga qaytishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirdi. Ozbekistonga kelgandan song Lina unga qaytishda komaklashgan Istiqbolli avlod yoshlar axborot marifat markaziga murojaat qildi. Lina oshpazlik kurslarida oqidi. Hozir u oz kasbining mohir ustasi. Shaxsiy hayoti ham yolga tushgan, ozi kabi oshpaz yigitga turmushga chiqdi, bir nafar farzandi bor.

Hayotga qaytishimda, jamiyatda oz ornimni topishimda markaz menga katta yordam berdi. Bizday adashganlarga togri yol korsatadigan shunday tashkilot, jonkuyar odamlar borligi uchun rahmat, deydi Lina.

Bunday minnatdorchilik sozlari oz emas. Demak, nodavlat notijorat tashkiloti oz oldiga qoygan maqsadlarga erishyapti.

Sharofat YOLDOSHEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: