O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.04.2017

MULOQOT VA MASULIYAT

Bugun mamlakatimizning qay bir go‘shasiga yolingiz tushmasin, rang-barang tadbirlar, yaxshi niyatda otkazilayotgan ochiq-oshkora muloqotlar, kongilli voqealar ustidan chiqasiz. Murojaatlari eshitilgan, savoliga javob topilgan odamlarning kayfiyati kotarilgani, oziga ishonchi ortgani, kuchiga-kuch, gayratiga-gayrat qoshilgani yaqqol seziladi.

Tadbirlar, turli suhbatlar va uchrashuvlar kolami yanada kengaymoqda, mazmunan boyib bormoqda. Parlament a’zolari hududlarga chiqib, mahalliy Kengashlar deputatlari hamrohligida uyma-uy yurib, saylovchilar, aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar otkazyapti. Mahalliy hokimlar mutasaddilari qishlogu mahallalarda real hayotni organyapti, natijada yechimini kutib turgan muammolar hal etilyapti, umid bilan berilgan savollar javobsiz qolmayapti. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini taminlash masalalari yuzasidan aholiga hisobot bermoqda, profilaktika ishlariga alohida etibor qaratmoqda. Tadbirlar, suhbatu munozaralarda qishloqlar, mahallalar, umuman, hududlarni rivojlantirish, muammolarga yechim topish, hayotimizni yanada farovonlashtirish haqida qanchadan-qancha fikr-mulohazalar bildirilmoqda, takliflar aytilmoqda, xohish-istaklar izhor etilmoqda.

Bularning barchasi xalq bilan ochiq va samimiy muloqot ornatishning, odamlardan kongil sorab, ularni qollab-quvvatlash va ruhlantirishning ahamiyati, qadri naqadar yuksak ekanini korsatmoqda. Ayni paytda bu boradagi islohotlar har bir tashkilotdan oz faoliyatini tanqidiy tahlil qilishni, qotib qolgan, yillar davomida ozgarmay kelayotgan eskicha ish usullaridan voz kechishni, «mening bilganim — togri», degan xayol bilan oz qobigiga oralib olmasdan, kopning fikri asosida ish tutishni, odamlar bilan yuzma-yuz turib, amaliy muloqotga kirishishni talab etmoqda.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturida dolzarb va hayotiy vazifalar belgilanishi barcha darajadagi davlat hamda jamoat tashkilotlari, xususan, siyosiy partiyalar tashkilotlari zimmasiga ham katta masuliyat yukladi. Chunki bugun saylovchilari, azolari, elektorat vakillari, xayrixohlari bilan samarali muloqot qilmagan, ularning taklif va istaklariga tayanib tashabbuslar bilan chiqmagan partiyaning obrosi kotarilmaydi. Hisobot yoki malumotnoma jadvalini toldirish, yani faqat rasmiyatchilik uchun tadbir otkazadigan partiya tashkiloti, saylov otdi, keyingi saylovgacha bir gap bolar kabi xayollarga berilib yurgan deputat xato qiladi, ishonchni yoqotadi.

Siyosiy partiyalar togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga kora, siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, oshkoralik kabi prinsiplar asosida tuziladi va faoliyat korsatadi. Ushbu qonunga muvofiq, siyosiy partiya tashkil etilishiga eng avvalo fuqarolarning shaxsiy tasdigi asos boladi. Demak, siyosiy partiya tashkilotlari, yetakchilari va deputatlari ozini qollab-quvvatlagan fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga, azolarining xohish-istaklarini organishga, ayni chogda ularni royobga chiqarish uchun intilishga masul hisoblanadi. Yani, siyosiy partiyalar oz azolari, saylovchilar, umuman, aholi vakillari bilan doimiy muloqotda bolishi, ularning fikr-mulohazalari hamda takliflariga tayangan holda faoliyat yuritishi zarur.

Harakatlar strategiyasining birinchi yonalishida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tabir joiz bolsa, yangi bosqichga kotarish boyicha dolzarb vazifalar belgilandi. Xususan, davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish masalasi kozda tutilgan. Unga kora, ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirishda, shuningdek, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etishda parlament vakolatlari yanada kengaytiriladi. Siyosiy partiyalar faoliyatiga aloqador qonunlarga kiritilishi kutilayotgan ozgartirishlar natijasida partiya guruhlari mahalliy Kengashlar sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini korib chiqish, mahalliy ijro hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish va boshqa vakolatlarga ega boladi.

Shuni har doim yodda tutishimiz kerakki, vakolat kengaygani sari masuliyat ham ortib boradi. Kengash sessiyasiga masala kiritish, mutasaddi rahbarning hisobotini eshitib, tahlil qilish, hududni rivojlantirish uchun taklif berish yol-yolakay, osonlik bilan boladigan ish emas. Hayotiy fikr, tashabbus oz-ozidan paydo bolmaydi. Buning uchun mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, hayotni organish, odamlar bilan yurakdan gaplashish, amaliy muloqotni izchil yolga qoyish lozim. Bu masalada mahalliy partiya kengashlarining tashkilotchiligi, salohiyati va qatiyatliligi, ular otkazayotgan tadbirlarning samaradorligi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ammo, afsuski, bazi hollarda eskicha ishlab, nomiga tadbir otkazish bilan ovunib qolinmoqda.

Odatda zerikarli tadbirlar bir-biriga juda oxshab ketadi. Ular bir xil ssenariy asosida otadi. Yani, malum bir idoraning zaliga odamlar yigiladi. Belgilangan mavzu boyicha oldindan tayinlangan ikki-uch kishi yozib qoygan yuzaki nutqini oqib beradi. Keyin tashkilotchi kimda qanday fikr yoki savol borligini soraydi. Aksariyat holatlarda ishtirokchilar umumiy mavzularga qiziqmagani uchun bu sorovga etibor bilan qaramaydi. Shuning bilan tadbir yakunlanadi. Bunday paytda oylanib qolasan, kishi: tadbir otkazishdan, ovvora bolib odam yigishdan maqsad nima edi, ozi?..

Ayrim tadbirlarda partiya saylovoldi dasturida ijtimoiy himoya bilan bogliq muhim masalalarga alohida etibor qaratilgani, bu borada dolzarb vazifalar belgilangani takidlanadi-yu, ularning ijrosi boyicha hududda partiya tashkiloti yoki deputatlar tashabbusi bilan aynan qanday amaliy ish qilindi, degan savol ochiq qolib ketadi.

Bugun odamlar umumiy mulohazalardan kora, fikr yuritishga, amaliy va aniq bir natijaga undaydigan, kamchiliklarni korsatadigan, ularning yechimi boyicha takliflar ishlab chiqiladigan, islohotlarning mazmun-mohiyati tushuntirib beriladigan tadbirlar, suhbat va muloqotlarga muhtoj. Bunday muloqotlarni xalqimiz nafaqat yoqlaydi, balki chin dildan qollab-quvvatlaydi.

OzXDP Markaziy Kengashi tadbirlarni mutaxassislar, maruzachilar taklif qilib, foydali va qiziqarli tarzda tashkil qilishga alohida etibor qaratib keladi. Lekin quyiga tushilgan sari tadbirlarning dolzarbligi, samaradorligi pasayib borayotgandek. Bazan biron sabab bilan odamlar yigilgan davraga kirib, tadbir otkazib olish holatlari ham uchrab turadi. Yani, ayrim tashkilotchilar uchun tadbirning samaradorligi, auditoriyaga mosligi keyingi oringa tushib qolmoqda. Bunday yuzaki yondashuv nima bolsa bolsin, tadbir otsa, malumot qogozi tolsa boldi, degan xulosaga olib keladi. Bu bora-bora yomon odatga aylanadi.

Tadbirlar haqida shuncha odam keldi, deputatlar, falon tashkilotlardan vakillar keldi, zal toldi, hech kim erta ketib qolmadi, umuman, hammasi zor boldi kabi sozlar bilan qanoatlanish yaramaydi. Bunday tartibda fikrlash, ishlash bugun hech kimga yarashmaydi. Tadbirni rejalashtirish, joy topib, odam yigishdan oldin odamlarning vaqtini olib qanday muhim gap yoki fikr aytmoqchi ekanimizni, korib chiqilayotgan masaladan jamiyatga, real hayotga qanday naf borligini obdon oylab korishimiz talab etiladi.

Ayollar va jamiyat, Inson huquqlari va demokratiya, Farzand tarbiyasi va oiladagi muhit, Ijtimoiy faollik muhim masala kabi bir necha yillar avval belgilangan umumiy mavzularda, azaldan mavjud xulosalarni aytib, hamma hududlarda bir xil tadbir otkazish zamoni allaqachon otib ketdi. Kabinetda otirib, tadbirga mavzu belgilanadigan, har xil loyihalar ishlab chiqiladigan ish uslubi hayotga togri kelmaydi. Deputatlar, partiya tashkilotlari yetakchilari bilan odamlar koproq qaysi mavzularda muloqot qilishni istaydi? Ularni qanday masalalar, qanaqa savollar oylantirayapti?.. Boshqacha aytganda, qaysi mavzular dolzarb ekanini avvalo odamlarning ozidan sorash, bu borada ular bilan fikrlashish maqsadga muvofiq boladi.

Biron tuman yoki shaharda yoshlar oldida minbarga chiqib, qonun ustuvorligi haqida soz yuritayotgan deputat yoxud mutasaddilarning qolida muayyan qonunning osha hududdagi ijrosi qanday taminlanayotgani xususida aniq malumot, tahlil bolishi lozim. Shubhasiz, qonunlarni moddama-modda oqib berish mumkin. Biroq tadbirga kelib, rasmiy maruzadan tashqari biron bir yilt etgan fikr eshitmagan yoshlar bundan oxir-oqibat nimani organadi? Bir-ikki soat vaqt sarflab, qatnashchilarning yuragi jiz etmasa, bunday tadbir otkazishdan, ozi bilan qoshib boshqalarni ham ovvora qilishdan kimga nima naf?..

Tadbirlarda ochiq-oydin munozaralarni tinglagan yoshlar har tomonlama xulosa chiqaradi, organadi, ornak oladi.

Bazi muhokamalarda maruzachi yoki tashkilotchilar muammoliroq masalalarni chetlab otishga harakat qiladi. Lekin odamlar gapga ozgina yolgon aralashsa, darhol sezadi, kongli soviy boshlaydi. Aksincha, muammoni ochiq aytib, uni hal qilish yollari va imkoniyatlarini qidirgan kishining hurmatini joyiga qoyadi, qollab-quvvatlaydi, kerak bolsa, yonida turib yordam qolini chozadi.

Endi bir oylab koraylik, tumanlarda, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirga kelgan ishtirokchi rasmiyatchilik kayfiyatini sezsa, hayotdan uzoq mulohazalarni eshitib otirsa, u qanday holatga tushadi? Konglidan nimalar kechadi? Seminar yoki oquvdan ozini qiziqtiradigan malumot yoxud yangi axborot ololmasa, kerakli mulohaza tinglamasa, unda islohotlar va demokratiya haqida yorqin tasavvur qayerdan, qanday qilib uygonadi?

Uch-tort odamning oldiga chiqib gapirishning, fikr bildirishning masuliyati katta. Belgilangan mavzu yuzasidan jiddiy tayyorgarlik kormasdan, aniq tasavvur yoki xulosaga ega bolmasdan, kopning etiborini qozonish oson emas. Deputat, partiya faolining ozi gapirgan gaplari, bildirgan fikr-mulohazalari boyicha shaxsiy ornagi va namunasi ham dolzarb ahamiyatga ega, albatta. Busiz odamlarni ishontirib bolmaydi.

Yaxshi xabar tez tarqaladi. Foydali gap, mulohazali fikr eshitgan ishtirokchi keyingi tadbirlarga tengdoshi, yaqinlari, maslakdoshlarini ham taklif etadi.

Umuman, har bir tadbir, har bir uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik korish hayot talabidir. Aks holda, odamlar quruq, rasmiy, maqsadsiz tadbirlardan bezib qoladi. Davra suhbati yoki seminar borligini eshitsa, ozini chetroqqa tortishga harakat qiladi. Bu esa demokratik islohotlarning ustuvor prinsiplariga togri kelmaydi.

Jamiyatimiz, siz bilan biz taraqqiyotimizning butunlay yangi bosqichi, tabir joiz bolsa, yangi davriga kirib bormoqdamiz. Xalqimiz deputatlardan, mutasaddi rahbarlar va siyosiy partiyalar faollaridan tahliliy fikrlar, muammolarni hal etish boyicha amaliy tashabbuslar kutmoqda. Jamoatchilik rasmiy va bir tomonlama gaplarni eshitishni emas, jonli muloqotga kirishishni, real hayot bilan bogliq masalalar haqida fikr almashishni, qonuniy talablari, orzu-istaklari royobga chiqishini kutmoqda.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: