O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
04.04.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORIGA SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sogliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida»gi qaroriga

SH A R H

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Sogliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori sogliqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama komaklashish, xususiy tibbiyot muassasalarining aholiga sifatli tibbiy xizmat korsatishi uchun zarur sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.

Oxirgi yillarda aholiga tibbiy xizmat korsatish sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida tibbiyot sohasining xususiy sektorini barqaror rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu sohaga mamlakatimiz sogliqni saqlash tizimining davlat sogliqni saqlash muassasalari tomonidan korsatilayotgan keng turdagi tibbiyot xizmatlarini sifat jihatidan yuksaltirish va yanada toldirishga xizmat qiladigan muhim tarkibiy qism sifatida qaralmoqda.

Umuman olganda, mamlakatimizda tibbiyot sohasining xususiy sektori faoliyat korsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Ozbekiston Respublikasining Fuqarolar sogligini saqlash togrisidagi qonunida mamlakatimizda sogliqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish kozda tutilgan. Xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tizimi faoliyat yuritmoqda. Ularga barcha turdagi soliqlar va qator majburiy tolovlar, shuningdek, chetdan olib kelinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar uchun bojxona tolovlaridan ozod etish boyicha imtiyozlar berilayotir.

Songgi 6 yilda mamlakatimizda xususiy tibbiyot muassasalari soni 2 barobar kopayib, 3,5 mingtaga yetdi. Ularni yuqori texnologiyali tibbiyot texnikasi bilan jihozlash darajasi 3 barobar oshdi. Ayniqsa, stomatologiya, laboratoriya tashxisi, terapiya, fizioterapiya, nevrologiya va boshqa sohalarga ixtisoslashgan xususiy tibbiyot muassasalari rivojlangan.

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari sogliqni saqlash sohasi vakillari bilan uchrashuvlarida sogliqni saqlash tizimida xususiy sektorni rivojlantirishga hamon yetarlicha etibor qaratilmayotganini takidladi.

Bu boradagi tajriba shuni korsatmoqdaki, xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatiga oid qonunchilikda mavjud cheklovlar ular tomonidan korsatilayotgan tibbiy xizmat turlarini kengaytirish va sifatini yanada yaxshilashga, ayniqsa, tor ixtisoslikdagi tibbiyot sohalariga ilgor davolash usul va texnologiyalarini joriy qilishga tosqinlik qilmoqda. Ayniqsa, xususiy tibbiyot subyektlarining qishloq joylarda rivojlanishi darajasi qoniqarsiz holatda, ularning uchdan bir qismidan ziyodi Toshkent shahri va viloyatida faoliyat korsatmoqda.

Shu munosabat bilan qabul qilingan qarorga muvofiq sogliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishning asosiy yonalish va vazifalari qatorida xususiy tibbiyot muassasalari tashxis qoyish va davolashning zamonaviy yuqori texnologiyali usullarini keng qollagan holda sifatli tibbiy xizmatlar korsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularga kredit ajratish va moliyaviy yordam korsatish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalar va malakali mutaxassislarni jalb qilish, tibbiy xizmatlar eksportini kengaytirish, aholiga tibbiy xizmat korsatish bozori infratuzilmasini rivojlantirish belgilangan.

Alohida takidlash zarurki, qarorda sogliqni saqlash sohasida xususiy sektor tomonidan korsatilayotgan xizmat turlarini yanada kengaytirish kozda tutilgan. Xususan, ayni paytgacha xususiy tibbiyot muassasalariga 177 turdagi tibbiy xizmatlarning atigi 50 tasiga ruxsat etilgan bolib, qolganlari taqiqlangan edi. Mazkur qarorga binoan endi ularga tibbiy xizmatlarning deyarli barcha turlarini korsatishga ruxsat berildi.

Ruxsat etilgan tibbiy xizmat turlariga kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, mikrojarrohlik, onkologiya, anesteziologiya va reanimatologiya, gelmintologiya, intervitsion kardiologiya, immunobiologik va immunoferment tashxis qoyish, qon-tomir, torakal va abdominal jarrohlik va tibbiyot sohasida talab yuqori bolgan boshqa yonalishlar kiritildi.

Shuni qayd etish lozimki, agar avval qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida xususiy tibbiyot muassasalari shugullanishi mumkin bolgan faoliyat turlari tasdiqlangan bolsa, endi faqat davlat sogliqni saqlash muassasalari amalga oshirishi mumkin bolgan va xususiy tibbiyot muassasalari uchun taqiqlangan ayrim cheklangan faoliyat turlari tasdiqlanmoqda. Ushbu faoliyat turlari aholi hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tugdirishi mumkin bolgan, jumladan, ota yuqumli, xavfli va karantin kasalliklarga tashxis qoyish va davolash, toksikologik, venerik va ruhiy xastaliklar, chaqaloqlar va 1 yoshgacha bolgan bolalar kasalliklari va patologiyasini davolash, tugruqni qabul qilish va homiladorlikni toxtatish, organlarni kochirish, qon donorligini tashkil etish va boshqa oziga xos yonalishlar bilan bogliqdir.

Mazkur qaror xususiy tibbiyot muassasalariga keng kolamli imtiyoz va preferensiyalar berilgani bilan ham alohida etiborga loyiq. Xususan, ushbu muassasalar 2022 yilning 1 yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar tolashdan ozod etildi. Alohida takidlash lozimki, taqdim etilgan soliq imtiyozlari xususiy tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini sezilarli darajada mustahkamlash imkonini beradi. Boshagan mablaglar ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, ularga servis-texnik xizmat korsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, inventar va boshqa buyumlar xarid qilish, yangi bino va inshootlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishga maqsadli yonaltiriladi.

Taqdim etilgan soliq imtiyozlari hisobidan tejalgan mablaglarning bir qismi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmat korsatishga yonaltiriladi. Shunday qilib, berilgan soliq imtiyozlari evaziga davlat bir vaqtning ozida aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish bilan birga sifatli tibbiy xizmat korsatishni kengaytirishni ragbatlantirish boyicha muhim vazifalarni hal etadi, shu bilan birga xususiy tibbiyot muassasalari zimmasiga qoshimcha moliyaviy xarajatlar yuklanmaydi.

Bu borada Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi va Ozbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda yuqorida qayd etilgan soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boshaydigan mablaglar hisobidan Xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmat korsatish tartibi togrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi.

Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalari Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan royxat boyicha olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda materiallari uchun bojxona tolovlaridan ozod etiladi. Bunda mazkur royxatni tibbiyot muassasalarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda yanada kengaytirish kozda tutilgan.

Alohida takidlash lozimki, qishloq joylarda va chekka tumanlarda tibbiyot sohasida xususiy sektorni jadal rivojlantirish maqsadida qarorda qishloq joylarda tibbiy xizmat korsatish sohasida tashkil etiladigan yangi mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat royxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga yagona soliq tolovidan ozod etilishi kozda tutilgan.

Qarorda 2017 yil 1 maydan boshlab sogliqni saqlash sohasida kichik korxonalar xodimlarining yillik ortacha cheklangan sonini 25 kishidan 100 kishigacha kopaytirish togrisidagi tasdiqlangan norma tibbiyot sohasining xususiy sektorida bandlikni kengaytirishni ragbatlantirish imkonini beradi, xususiy tibbiyot muassasalari xizmat korsatadigan aholi sonini oshirish uchun qoshimcha imkoniyatlar yaratadi.

Qarorda mustaqillik yillarida ushbu soha uchun birinchi marta ishlab chiqilgan Xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirishni yanada ragbatlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangani ham alohida etiborga loyiqdir. Mazkur dasturda xususiy tibbiyot muassasalarini har tomonlama ragbatlantirish va qollab-quvvatlash, ular faoliyatining barcha yonalishlarini qamrab olish boyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kozda tutilgan.

Xususan, xususiy tibbiyot muassasalariga litsenziya berishni sezilarli darajada soddalashtirish va muddatlarini tezlashtirish, jumladan, litsenziya berish togrisidagi qarorni 30 kundan 20 kungacha qisqartirish, litsenziya berish uchun davlat bojini eng kam ish haqining 10 barobaridan 5 barobarigacha kamaytirish nazarda tutilgan.

Dasturda xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini yolga qoyish va kengaytirish uchun ularni bino va xonalar bilan taminlashga doir amaliy chora-tadbirlar kozda tutilgan. Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasiga foydalanilmayotgan binolar, obyekt va xonalarni, ayniqsa, sogliqni saqlash tizimida tugatilayotgan muassasalarning davlat mulki bolgan obyektlarini aholiga tibbiy xizmatlar korsatadigan tadbirkorlik subyektlariga nol qiymatida belgilangan tartibda bepul sotish, bunda mulkdorlar investitsiya kiritish va yangi ish orinlari yaratish boyicha majburiyatlarni zimmasiga olishini taminlash vazifasi topshirildi.

Shu bilan birga, kichik tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xususiy tibbiyot muassasalariga davlat mulkini ijaraga olishning maksimal muddatini amaldagi normalarga muvofiq 5 yildan 10 yilgacha uzaytirish kozda tutilgan. Bunda sogliqni saqlash muassasalarining davlat mulkidan foydalanish uchun ijara tolovining eng kam stavkasini 20 foizga qisqartirish nazarda tutilgan.

Yangi tibbiyot obyektlari barpo etadigan va mavjudlarini rekonstruksiya qiladigan xususiy tibbiyot muassasalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa vakolatli organlarga ularning muhandislik-kommunal infratuzilma obyektlaridan hech qanday tosiqlarsiz foydalanishini etiborga olgan holda, ularga yer uchastkalari, bino va xonalar ajratish vazifasi topshirildi.

Ozbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qomitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasiga ikki oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan, xususiy tibbiyot muassasalariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, xususan, tibbiy xizmatlarni, ayniqsa, qishloq joylar va olis tumanlarda korsatish uchun yer uchastkalari ajratishda qoshimcha imtiyozlar berish togrisida takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Xususiy tibbiyot muassasalariga kredit ajratish va ularni moliyaviy qollab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasiga bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Ozmed-lizing ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi ustav kapitalini kopaytirish orqali, shuningdek, xorijiy investorlar mablaglarini jalb etish hisobidan tibbiyot muassasalariga zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar xarid qilish hajmini kengaytirish va lizingga berish chora-tadbirlari togrisida aniq takliflar kiritish topshirildi.

Tijorat banklariga xususiy tibbiyot muassasalariga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, jumladan, xorijdan sotib olish, boshlangich kapitalni shakllantirish, tibbiy xizmatlar korsatish maqsadida bino va inshootlar xarid qilish uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, aholiga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, jumladan, bank kredit kartalari bilan hisob-kitob qilish asosida xususiy tibbiyot muassasalarining tibbiy xizmatlaridan foydalanish uchun istemol kreditlari taqdim etish tavsiya etilgan.

Shuni alohida takidlash kerakki, qarorda tibbiyotning xususiy sohasiga, ayniqsa, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va xorijiy kapital ishtirokida qoshma tibbiyot muassasalari tashkil etish orqali ilgor xalqaro tajribani joriy etishni kengaytirishga doir chora-tadbirlar kozda tutilgan. Mazkur qarorda xususiy tibbiyot muassasalarida ishlashga jalb etiladigan xorijlik shifokorlar va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat korsatadigan texnik mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomalari doirasida olinadigan daromadlar boyicha jismoniy shaxslar daromad soligi hamda yagona ijtimoiy tolovlardan ozod etilishi belgilangan.

Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi va Ozbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasiga Ozbekistonda Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya, Germaniya va boshqa davlatlarning yetakchi tibbiyot markazlari hamda klinikalari bilan hamkorlikda yirik davolash-tashxis qoyish muassasalari tashkil etish boyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish tavsiya etildi. Bunda qarorga kora, xususiy tibbiyot muassasalarining xorijlik xodimlari boshqaruv personali sifatidagi faoliyatidan oladigan daromadlari jismoniy shaxslar daromad soligidan ozod etiladi.

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligiga xususiy tibbiyot tashkilotlarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijlik shifokorlar va tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat korsatadigan texnik mutaxassislarga Ozbekiston Respublikasiga kirish va yashash uchun ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam korsatish topshirildi.

Xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini keng kolamda ragbatlantirish tibbiy sugurta tizimini keng joriy etgan holda, aholiga davlat tomonidan korsatiladigan kafolatli bepul tibbiy yordam bilan birga, sifatli va arzon tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun qoshimcha imkoniyatlar yaratadigan pulli tibbiy xizmatlar bozorini jadal rivojlantirishni taqozo etadi.

Shu munosabat bilan qarorda tibbiy sugurta sohasidagi ozaro munosabatlarni tartibga solish, ixtiyoriy va majburiy tibbiy sugurtaning huquqiy asoslarini belgilash, sugurta polislari boyicha kafolatli yuqori sifatli tibbiy xizmatlar korsatish, fuqarolar uchun tibbiy sugurta tizimida ishtirok etishda ragbatlantiruvchi imtiyoz va preferensiyalar yaratish va boshqa masalalarga qaratilgan Tibbiy sugurta togrisidagi qonun loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish kozda tutilgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Sogliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori sogliqni saqlash sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishni ragbatlantirish, xalqimiz uchun munosib va sifatli hayot sharoitlarini yaratishga doir amalga oshirilayotgan keng kolamli ishlarning mantiqiy davomi, shuningdek, Inson manfaatlari hamma narsadan ustun degan ezgu goyani hayotga izchil tatbiq etish borasidagi navbatdagi muhim qadamdir.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: