O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
04.04.2017

SOGLIQNI SAQLASH SOHASIDA XUSUSIY SEKTORNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Sogliqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama komaklashishni kuchaytirish, xususiy tibbiyot muassasalarining aholiga yuqori texnologiyali sifatli tibbiy xizmatlar korsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijdan investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislar jalb etishni kengaytirish, shuningdek, tibbiy turizm va tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish maqsadida:

1. Quyidagilar sogliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishning asosiy yonalish va vazifalari etib belgilansin:

mamlakatimizning barcha hududlarida xususiy tibbiyot muassasalari tarmogi faoliyatini faollashtirish va kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tizimini takomillashtirish, sogliqni saqlash sohasida xususiy sektorning barqaror rivojlanishiga tosqinlik qilayotgan masalalarni tizimli hal etish;

xususiy tibbiyot muassasalarining tashxis qoyish va davolash boyicha zamonaviy yuqori texnologiyali usullarni keng qollagan holda, keng aholi qatlamlari, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yuqori malakali tibbiy yordam korsatishga qaratilgan xizmatlar kolami va turlarini kengaytirishni har tomonlama ragbatlantirish;

xususiy tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari, maxsus inventar va asboblar bilan jihozlash, tibbiyot ixtisosliklari turiga mos keladigan va sanitariya norma hamda qoidalari talablariga javob beradigan bino va xonalar bilan ta’minlash;

qulay kredit va lizing mexanizmlarini faol jalb etish orqali xususiy tibbiyot muassasalarini moliyaviy qollab-quvvatlash kolami va hajmini tubdan oshirish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalar jalb qilishni kengaytirish, yetakchi xorijiy klinika hamda tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda davolash-tashxis muassasalarini tashkil etish;

tibbiy sugurta tizimini keng joriy etgan holda, aholiga davlat tomonidan korsatiladigan kafolatli bepul tibbiy yordam bilan birga sifatli va arzon maslahat-tashxis, davolash, soglomlashtirish va boshqa turdagi tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun qoshimcha imkoniyatlar yaratadigan pulli tibbiy xizmatlar bozorini jadal rivojlantirish;

ilgor xalqaro tajribani inobatga olgan holda, xususiy tibbiyot sohasida tibbiy talimning zamonaviy usul va texnologiyalaridan foydalanish asosida xususiy tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida sifatli va samarali tizimni shakllantirish, xususiy tibbiyot muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taminlash.

2. Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Ozbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasining xususiy tibbiyot muassasalari uchun ruxsat etilgan va tibbiyot sohasida talab yuqori bolgan kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, mikrojarrohlik, onkologiya, endokrinologiya, kardiologiya, qon-tomir, torakal va abdominal jarrohlik, urologiya va boshqa tibbiy faoliyat turlarini tubdan kengaytirish togrisidagi takliflari maqullansin, bunda tibbiy faoliyatning aholining hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tugdirishi mumkin bolgan turlaridan tashqari, barcha tibbiyot turlari qamrab olinsin.

3. Tibbiy faoliyatning aholi hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tugdirishi mumkin bolgan va xususiy tibbiyot muassasalari uchun taqiqlangan ayrim turlari royxati 1-ilovaga muvofiq;

sogliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishning asosiy vazifa va yonalishlariga muvofiq ishlab chiqilgan Xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirishni yanada ragbatlantirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Belgilansinki, xususiy tibbiyot muassasalarida tashxis qoyish va davolash, ayniqsa, jarrohlik amaliyotini otkazish bilan bogliq hollarda yangi yuqori texnologiyali usullarni joriy etish faqat tegishli tibbiyot uskunalari, yuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud bolganda va sanitariya norma hamda qoidalariga qatiy rioya etilgandagina ruxsat etiladi.

5. Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligining 2017 yil 1 maydan sogliqni saqlash sohasida kichik korxonalar xodimlari yillik ortacha cheklangan sonining 100 kishigacha bolishi togrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

6. Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi foydalanilmayotgan binolar, obyekt va xonalarni, ayniqsa, sogliqni saqlash tizimida tugatilayotgan muassasalarning davlat mulki bolgan obyektlarini aholiga tibbiy xizmatlar korsatadigan tadbirkorlik subyektlariga «nol» qiymati boyicha belgilangan tartibda sotishni taminlasin, bunda yangi mulkdorlar investitsiya kiritish va ijtimoiy majburiyatlarni zimmasiga olishiga etibor qaratilsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Ozmed-lizing ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi ustav kapitalini kopaytirish orqali, jumladan, xorijiy investorlar mablaglarini jalb etish hisobidan tibbiyot muassasalariga zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar xarid qilish hajmini kengaytirish va lizingga berish chora-tadbirlari togrisida aniq takliflar kiritsin.

8. Aholiga pullik tibbiy xizmatlar korsatadigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) xususiy tibbiyot muassasalari, jumladan, xorijiy investorlar ishtirokidagi xususiy tibbiyot muassasalari 2022 yilning 1 yanvarigacha quyidagi tolovlardan ozod etilsin:

barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgarmalariga majburiy ajratmalar tolashdan, bunda boshagan mablaglar xususiy tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnik uskunalar bilan jihozlash, ularga servis-texnik xizmat korsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, materiallar, inventar va boshqa buyumlar xarid qilish, tibbiy xizmatlar korsatish uchun yangi binolar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital tamirlash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar korsatishga yonaltirilsin;

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan royxat boyicha olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari va materiallari uchun bojxona tolovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigimlari bundan mustasno).

Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Ozbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda yuqorida qayd etilgan soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boshaydigan mablaglar hisobidan Xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar korsatish tartibi togrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

9. Qishloq joylarda tibbiy xizmatlar korsatish sohasida tashkil etiladigan yangi mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat royxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga yagona soliq tolovidan ozod etilsin.

10. Belgilab qoyilsinki:

xususiy tibbiyot muassasalarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy shifokorlar va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat korsatadigan texnik mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomalari doirasida olinadigan daromadlar boyicha jismoniy shaxslar daromad soligini tolashdan ozod etiladi;

xorijiy shifokorlar va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat korsatadigan texnik mutaxassislarga tuzilgan mehnat shartnomalari doirasida tolanadigan daromadlar yagona ijtimoiy tolovdan ozod etiladi;

xususiy tibbiyot muassasalarining xorijlik xodimlari boshqaruv personali sifatidagi faoliyatidan oladigan daromadlari jismoniy shaxslar daromad soligidan ozod etiladi.

11. Tijorat banklariga:

xususiy tibbiyot muassasalariga zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini, jumladan, xorijdan sotib olish, boshlangich kapitalni shakllantirish, tibbiy xizmatlar korsatish maqsadida bino va inshootlar xarid qilish uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlar;

aholiga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan, bank kredit kartalari bilan hisob-kitob qilish asosida xususiy tibbiyot muassasalarining tibbiy xizmatlaridan foydalanish uchun istemol kreditlari taqdim etish tavsiya etilsin.

12. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda xususiy tibbiyot muassasalarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy shifokorlar va tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat korsatadigan texnik mutaxassislarga Ozbekiston Respublikasiga kelish va yashash uchun ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam korsatsin.

13. Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar kiritish haqida takliflar kiritsin;

idoraviy meyoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirishni taminlasin.

14. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxojayev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 1 aprel


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: