O'zb  
 
04.04.2017

AMERIKA QOSHMA SHTATLARI PREZIDENTI DONALD JON TRAMP JANOBI OLIYLARIGA

Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizga va Sizning timsolingizda butun Amerika xalqiga yangilanish, farovonlik va uyg‘onish fasli bolgan Navroz bayrami munosabati bilan yollagan samimiy tabrik va ezgu tilaklaringiz uchun chin dildan minnatdorlik izhor etaman.

Sizning shaxsiy munosabatingizni yuksak qadrlayman, Ozbekiston Respublikasi bilan Amerika Qoshma Shtatlari ortasidagi har tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xususan, mamlakatlarimiz biznes doiralarining yaqin aloqalarini toliq qollab-quvvatlayman.

Ozbekiston bilan Amerikaning strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, mintaqaviy va xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi dolzarb masalalar boyicha yondashuvlarimizning mushtarakligi mamlakatlarimiz ortasidagi keng qamrovli munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos bolib xizmat qilishiga ishonaman.

Biz amalga oshirayotgan chuqur va keng kolamli islohotlarni yuksak etirof etganingiz uchun Sizdan minnatdorman. Biz fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va aholi hayot darajasini tubdan oshirish boyicha tanlagan yolimizni qatiy va izchil davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, Sizga, Janob Prezident, mustahkam sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, Amerika Qoshma Shtatlari xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman.

Samimiy hurmat bilan,

Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: