O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.07.2012

Toy obro topishning zamonaviy usulimi?

SO‘nggi paytlarda ayrim tOy-Hashamlarda milliy Qadriyatlarimizga, ma’naviyatimizga zid Holatlar kuzatilmoQda. TOylarni va boshQa tadbirlarni tartibga solish, ortiQcha isrofgarchilikka yOl QOymaslikni oldini olish bugunning dolzarb masalasi bOlib turibdi. Shularni Hisobga olgan Holda «MaHalla» xayriya jamoat fondi Toshkent shaHar bOlimi Qoshida Jamoatchilik kengashi tashkil etildi.

Odamlarimiz qolini duoga ochganida Topgan-tutganing toylarga buyursin, deydi. Bu yaxshi kunlarimiz kopaysin, halol mehnat ortidan keladigan daromadimiz faqat ezgu niyatlarimiz royobiga xizmat qilsin, degani.

Xalqimizning yaxshi odatlari, boshqalarga ibrat bolishga arzigulik gozal fazilatlari kop. Ota-onalarimiz farzandining baxtu-saodati, kamoli uchun har narsaga tayyor turadi, uning uchun borini baxshida etadi. Bu ayniqsa, toylarimizda yanada yorqin namoyon boladi. Shu kuni barcha ezgu xislatlar, ajdodlardan meros asriy anana va qadriyatlarimiz boy korsatadi. Lekin, tobora zamonaviylashib borayotgan bugunning toylari haqida shunday fikr bildirib boladimi? Ularda koproq shuhratparastlik, dabdababozlik kabi milliy mentalitetimizga mutlaqo yot unsurlar kozga tashlanib qolmayaptimi?

Prezidentimizning 1998 yil 28 oktyabrda toy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni, marhumlar xotiralariga bagishlangan tadbirlar otkazilishini tartibga solishga oid farmoni qabul qilingan edi.

Unda mamlakatimizning kop joylarida shuhratparastlik, dabdababozlik, isrofgarchilikka yol qoyish, el-yurt odatlari va ananalarini mensimaslik, ozini koz-koz qilish, atrofda yashayotgan odamlarning hol-ahvolini inobatga olmaslik kabi asoratlarga yol qoyilayotgani takidlangan.

Darhaqiqat bazi kimsalarning kim ozarga toy qilayotgani, milliy qadriyatlarimizdan sanalgan toy berish, ayrim kaltabin odamlarning nosoglom musoboqasiga aylanayotgani hech bir mantiqqa, aqlga sigmaydi.

Shuhratparsatlik ortidan quvgan ayrim puldor odamlar ozini, molu-davlatini kopchilikka korsatish uchun, korib qoyinglar, qanday toy qildim qabilida ish tutayotgani achinarli, albatta. Bu esa dabdabali toylarni otkazishga qurbi yetmagan or-nomusli kishilarni ogir ahvolga tushirayapti. Bugun dosti yoki dugonasining dabdabali toyini korgan bola oz toyi ham shunday otishini xohlaydi. Ertaga u ota-onasini yomon ahvolga tushirmasligi, qiynab qoymasligi, oilada turli nizolar kelib chiqmasligiga kim kafolat beradi?

Birgina bu emas. Bugungi toylarimizda afsus bilan tilga olinadigan yana qator ananalar kozga tashlanayapti. Masalan, bir nikoh toyining ozida katta-kichik koplab marosimlar otkazilayapti. Oq orar, Katta fotiha, Mol yoyar, Qizlar bazmi, Toydan oldingi nahorgi osh kabi marosimlar shular jumlasidandir. Toydan keyin esa Kelin salom, Charlar va hayitlarda otkaziladigan tadbirlar birin-ketin davom ettiriladi. Ularda quda tomon bir-biri uchun qiladigan sovga-salomu, sarpolarni, togora-togora taomlarni aytmasa ham boladi.

Bir xil rangli va rusumdagi avtomashinalar karvoni, ularning turna qator bolib saf tortib yurish odati ham toylarning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi, desak xato bolmaydi.

Yana bir narsa. Avvallari, kimdir toy qilmoqchi bolsa, hovlisi yoki kochasini boz bilan orab, chang-tuproq ichida toy otkazardi. U davrlarda hozirgi barcha sharoitlarga ega milliy va zamonaviy memorchilikning yorqin namunalarini ozida aks ettirgan toyxonalar qayda edi deysiz. Ammo kongilni xijil qiladigan tomoni bazi toyxonalarning nomlari milliy mentalitetimizga qanchalik mos? Har qadamda ana shunday originalikka yol qoysak, milliy manaviyatimiz, bebaho qadriyatlarimizning hayotimizdagi orni qayerda qoladi?

Prezident Farmonining bajarilishi Respublika Mahalla xayriya jamgarmasi zimmasiga yuklatilgan. Fikrimcha, jamgarma Farmon ijrosi boyicha barcha oqsoqollar masulligini yanada oshirishi, bu boradagi nazoratni kuchaytirishi zarur. Toy-hashamlardagi haddan ziyod isrofgarchiliklarga qarshi jamoatchilik nazorati ornatish tizimini yolga qoyish, maqsadga muvofiq bolardi.

Oziga toq oilalar dabdabayu-asasa bilan dasturxon yozib, isrofgarchilikka berilgandan kora, mehr-muruvvat korsatib, muhtojlarga, beva-bechoralarga yordam bersalar, topgan daromadlarini turar joy, kochalarni obod qilish kabi savobli ishlarga sarflasalar soxta emas balki haqiqiy obro orttirishgan bolardi.

Erkin IBROHIMOV,

mehnat faxriysi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: