O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
01.04.2017

INSON QADRI BALAND, SHANI MUQADDAS

Xalq qabulxonasidan reportaj

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasida royxatdan otib, kutish zaliga kirar ekanmiz, bu yerdagi tartib va xizmatchilarning alohida e’tiboridan konglimiz yorishdi. Chunki har qanday odamga u kattami, kichikmi eng avvalo, oddiy insoniy munosabat kerak.

Bu yerga kelgan insonlar bilan salomlashib, atrofga razm solaman.

— Tashvish qilmang, oglim, mutasaddilarning aytishicha, kop kutilmas ekan. Nima masalada kelganingizga qarab mutaxassislarning ozlari chaqirishadi. Men qabulxonaga minnatdorchilik bildirgani keldim.

Korinishidan saksonni qoralagan otaxon bilan suhbatimiz darrov qovushdi.

Prezidentimiz omon bolsin. Xalq qabulxonasi qanchadan-qancha sarsongarchiliklarga chek qoydi. Ayrim rahbarlarning torachilik kayfiyatiga barham berildi.

Xalq qabulxonasidagi jihozlar, turli masalalar boyicha huquqiy korsatmalar, ariza yozish uchun namunalar, yozuv anjomlari... barida bir tartib mujassam.

Namangan shahri, Qoqumboy kochasi, 7-uy. Bu Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi joylashgan manzil. Qariyb uch oydirki, bu bino ertadan kechgacha xalq xizmatida.

Bizga taqdim etilgan malumotga kora, shu kungacha 400 ga yaqinjismoniy va yuridik shaxsning yozma va ogzaki murojaatlari royxatga olingan.110 yaqin murojaatlarning 30 tasi oz ornida hal etilib, tegishli tartibda nazoratdan chiqarilgan. Bir qator fuqarolarga murojaat qilish tartibi yuzasidan huquqiy maslahat va tushunchalar berilgan.

Masalaning yana bir etiborli jihati shuki, viloyat markazidagi mazkur muassasa shahar va tumanlarda joylashgan Xalq qabulxonalari faoliyatiga amaliy-uslubiy komaklashish, murojaatlarni nazorat va tahlil qilish hamda muvofiqlashtirishni togri tashkil etish ishlariga ham masul hisoblanadi.

Xalq qabulxonasi odamlarni qiynayotgan muammolarni hal etish bilan birga ularning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunlar bilan belgilangan huquq va burchlaridan foydalanish konikmalarini shakllantirishda oziga xos markaz vazifasini otayapti, deydiOzbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sobitxon Turgunov.

Olib borilayotgan ozaro muloqotlar, tushuntirishlar ayni vaqtda mutasaddi rahbarlar masuliyatini oshirishga ham xizmat qilayapti. Bundan tashqari, Xalq qabulxonasiga Prezidentimiz qaror va farmonlarining joylardagi ijrosini organish vakolati ham berilganki, bu qabulxona faoliyatida ota muhim orin tutmoqda.

Aksariyat murojaat etuvchilaruy-joy, moddiy yordam, ish bilan taminlash, pensiya va nafaqa taminoti, tibbiy xizmat va boshqa ijtimoiy sohalarga taalluqli masalalar bilan kelishmoqda. Shuningdek, ichki ishlar idoralarining tergov-surishtiruv ishlari natijasidan norozilar ham mavjud. Tahlillar shuni korsatmoqdaki, murojaatlarda keltirilgan holatlarning salmoqli qismi mutasaddilarning etiborsizligi, loqaydligi yoki masuliyatsizligi oqibatida yuzaga kelgan, yani oz joyida va oz vaqtida barham berish hal etish mumkin bolgan muammolardan iborat.

Fuqaro T.Isamitdinova Xalq qabulxonasiga Namangan shahridagi «Navbahor Lochinlari Pfk» masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan olti oydan beri 940 ming som yakuniy hisob-kitob pullari berilmayotganligi yuzasidan murojaat qilgandi. Mazkur holat zudlik bilan organib chiqilib, asosli ekani aniqlandi va shikoyat taqdim etilgan kunning ozida ijobiy hal etildi.

Namangan shahridan ishga joylashtirish masalasida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza bilan murojaat etgan fuqaro M.Kamalova, 57-maktabgacha talim muassasasidan asossiz ishdan boshatilgan R.Saidnomonovalarning murojaatlari joyida organilib, osha kunning ozida biri ishga joylashtirildi va ikkinchisi avvalgi ish joyiga tiklandi.

Fuqaro M.Abdullayevaning jinoyat ishlari boyicha Namangan viloyat sudining raisi qabuli masalasidagi murojaati belgilangan qonuniy tartiblarga muvofiq organilib, uning talabi boyicha Xalq qabulxonasida sud raisi A.Rahmonov qabuli tashkil etildi.

Prezidentning Xalq qabulxonasiga murojaat etishim bilan yarim yildan beri poymol qilib kelinayotgan haq-huquqim bir kunda tiklandi, deydiT.Isamitdinova. Bu mening ertangi kunga bolgan ishonchimni oshirdi. Bugun barcha rahbarlardan xalq dardi bilan yashashni, ishlashni talab qilayotgan Prezidentimizdan goyatda minnatdorman.

Nogironlar aravachasiga ehtiyojim borligi haqida Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan edim, deydiUychi tumanida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi T.Orazaliyev. Shifoxonada davolanayotgan edim. Menga Prezidentimizning etibori tufayli nogironlar aravachasini topshirishdi. Nuroniylar, nogironlar, mehr-etibor talab insonlarga gamxorlik korsatayotgan Prezidentimizga uzoq umr tilayman.

Xalq qabulxonalarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish, nazorat, mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa davlat tashkilotlariga va xojalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining sozsiz amalga oshirilishi uchun sharoit yaratishdan iborat ekanligi bugun joylarda odamlarga tushuntirilmoqda. Hududlardagi Xalq qabulxonalari manzili, telefon raqamlari hamda faoliyatiga doir barcha malumotlar aks ettirilgan tarqatma materiallar xonadonlarga yetkazilmoqda.

Davlat organlarining fuqarolar bilan ozaro munosabatlarini yaqinlashtirish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etish maqsadida yaratilgan bu tizim xalq bilan muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda, odamlarni hayotdan rozi qilmoqda.

Nosirjon DEHQONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.

Suratlarda:Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasidan lavhalar.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: