O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
30.03.2017

MEHR-MURUVVAT KORSATILMOQDA

O‘zbekiston XDP faollari poytaxtimizdagi imkoniyati cheklangan kishilar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishi haqida eshitib, biz ham ularga hamroh boldik.

Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan aholi manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor beriladi. Ularning sogligini tiklash, jamiyatning teng huquqli azosi ekanini his qilib yashashi uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki ular komakka, moddiy va manaviy qollab-quvvatlashga koproq ehtiyoj sezadi. Hamma qatori mazmunli, baxtli yashashga intiladi.

Dastlab Chilonzor tuman partiya kengashi «Oxunjon shifo-farm» xodimlari bilan birgalikda Navbahor mahallasida istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan kishilar xonadonida bolishdi. Xususan, Gultoji Ibragimova, Erkin va Soliha Normatovlar xonadonlarida dildan suhbat qurishdi.

— Jismoniy imkoniyati cheklanganlarning konglini kotarish ularga ruhan madad beradi, hayotga qiziqishini oshiradi, deydi OzXDP Chilonzor tuman kengashi raisi Dono Mahmudova. Huquqiy demokratik davlat, odil fuqarolik jamiyatida aholi barcha qatlamlarining manfaatlarini himoya qilish, ularning orzu-niyatlarini royobga chiqarish asosiy maqsad hisoblanadi. Xayriya tadbirlari davomida bunga yaqqol amin boldik. Odamlar bilan dildan suhbatlashib, qiziqishlari, niyatlari haqida soradik. Muammolarga birgalashib yechim topishga harakat qildik. Kongil sorash bilan bir qatorda zaruriy dori-darmon vositalarini berdik.

Shu kuni Toshkent shahar partiya kengashi faollari ham Sergeli tumanidagi ehtiyojmand insonlardan kongil sorashdi.

Shohista Yunusovaning xonadoniga kirib borganimizda kitob javoniga kozimiz tushdi. Xonadon sohibasining kitobga mehri bolakcha ekan, deb oyladik. Kitoblar haqida soraganimizda, yuzidan nur yogilib turgan onaxon qizining qiziqishlari haqida sozlay boshladi.

Qizim kitob oqishni juda yaxshi koradi, ular bilan ovunadi, deydi onaxon. Laylo sogligi sababli hamma qatori maktabga bora olmadi. Uyda talim ola boshladi. Keyinchalik qizim maktabda oqishini xohladim, hozir har kuni maktabga ozim olib boraman.

Qizingiz uchun uy sharoitida talim olish qulay emasmi, qiynalmadingizmi, deya soraganimizda, qizim tengdoshlari bilan muloqot qilishini, atrofdagi ozgarishlarni korishini istadim, degan javobni oldik. Onaxon qizining barcha qatori hayot kechirishini istaganini tushundik.

OzXDP faollari shu mavzeda istiqomat qiluvchi Gulasal Sindorovaning holidan ham xabar olishdi. Opaning uyi saranjom-sarishta. Qiz bolaning qoli borligi sezilib turardi. Deraza tokchasidagi qator, turfa xil gullarni korib, dilimiz yayradi.

Ikkita qizim bor, deydi opa. Kattasi bu yil kollejni tamomlaydi. Kichigi esa akademik litseyda oqiydi. Ikkalasi ham ilmga chanqoq. Ular bilan faxrlanaman. Hozir qizlarimga tikuvchilikni orgatyapman. OzXDP faollari oilaviy tadbirkorligimizni boshlashimiz uchun kerakli maslahatlarini berdi. Amaliy yordam korsatishlarini aytdi. Nasib etsa, qizlarim bilan birga tikuvchilik sexini ochish niyatimiz bor. Ularning ham ilmli, ham hunarli bolishlarini orzu qilaman. Dunyodagi barcha onalar singari bolalarimning baxtu saodatini koray, deyman.

Suhbatdoshlarimizning orzulari katta, iroda va matonatlari mustahkam- ligi ularning sozlaridan bilinib turardi.

Mahliyo ALIQULOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: