O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
30.03.2017

ISLOHOTLARNING IJTIMOIY SAMARADORLIGI

dolzarb ahamiyatga ega

Ma’lumki, partiyamiz Dasturida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yordamga muhtoj qatlam manfaatlarini himoya qilish masalalari asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Shunga muvofiq, elektorat vakillarini oylantirayotgan masalalarni organish va hal etish, qollab-quvvatlashga muhtoj fuqarolar bilan yelkama-elka turish faoliyatimiz asosini tashkil etmoqda.

Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi, shahar va tuman kengashlari tomonidan «Kuchli ijtimoiy himoya — asosiy maqsadimiz» aksiyasi joylarda yuqori saviyada otkazildi. Tadbirlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, kam taminlangan, nogiron, kasalmand, yolgiz yashovchi, boquvchisidan ayrilgan kishilar holidan xabar olindi. Mazkur aksiya davomida 400 dan ortiq xonadonga kirib borildi. 208 ta kam taminlangan, 85 nafar boquvchisini yoqotgan yolgiz yashovchi qariyalar va yetim qolganlar, 78 nafar nogironlar va kasalmand kishilar, 35 nafar keksalar, mehnat faxriylari manaviy va moddiy jihatdan qollab-quvvatlandi. Asosiysi, tashkil etilayotgan tadbirlardan aholi vakillari goyat mamnun.

Bandlikni taminlash, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari uchun ish orinlari tashkil etish bugungi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Partiyamiz Saylovoldi dasturida ham bunga alohida etibor qaratilgan. Shundan kelib chiqib, partiyamiz Markaziy Kengashining plenumi, Ijroiya qomitasi qarorlari hamda yillik ish rejada belgilab berilgan vazifalarga asosan mahalliy partiya tashkilotlari va deputatlar tomonidan keng kolamli ishlar olib borilmoqda.

Partiyamizning 2015-2019 yillarga moljallangan Harakat dasturida otgan yil uchun 15 masala belgilangan bolib, yil davomida 14 masala deputatlik guruhlarida, 9 masala doimiy komissiya yigilishlarida, 5 masala sessiyada korib chiqildi. Harakat dasturidan tashqari, 10 masala partiya guruhlarida, 8 masala doimiy komissiya yigilishlarida, 4 masala sessiyada muhokama etildi.

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi korsatmasiga binoan Qoraqalpogiston Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan har oyda ikkita tuman, shahar kengashlariga chiqib, ularning ish faoliyati organilib, amaliy yordam berilyapti. Shuningdek, joylarda Kochma jamoatchilik qabulxonalari tashkil etilyapti.

Qoraqalpogiston Respublikasi, tuman va shahar kengashlari qoshida faoliyat yuritayotgan Jamoatchilik qabulxonalariga tushayotgan murojaatlarni oz vaqtida hal qilishga alohida etibor qaratilmoqda. Shundan kommunal soha boyicha 55, yer olish masalasi boyicha 26, ish bilan taminlashni sorab 48, moddiy yordam sorab 102, sogliqni saqlash sohasiga oid 7, talim sohasida 2, bank kredit masalasi boyicha 35 va boshqa masalalar boyicha 45 murojaat tushdi. Ularning aksariyati ijobiy hal etildi.

Partiya ozi ilgari surayotgan pozitsiyani mustahkam turib himoya qilsa, odamlar uning aytayotgan soziga quloq soladi, ishonadi, ortidan ergashadi. Otgan yili partiyamiz safiga 2241 nafar azo qabul qilindi, shundan 942 nafarini ayollar, 1307 nafarini yoshlar tashkil etadi. Bugungi kunda Qoraqalpogiston Respublikasi boyicha partiya azolarining umumiy soni qariyb 33 ming nafarga yetdi.

Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirish, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda ularning faol ishtirokini taminlash Istiqbol yoshlar qanoti faoliyatining asosiy yonalishlaridan biridir. Otgan yili yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sektori tomonidan turli loyihalar, targibot oyliklari doirasida 250 ga yaqin tadbir otkazildi. Natijada 1307 nafar faol yoshlar partiyamiz safiga qabul qilindi. Tadbirlarimizda maruza oqishdan butkul voz kechib, yoshlarning ijtimoiy himoyasini taminlash, ularning muammolarini organish va hal etish masalalariga etiborni kuchaytirishni rejalashtirdik.

Joriy yil boshida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining bajarilishini taminlash, elektorat manfaatlarini himoya qilish borasida faoliyatimizni sarhisob qilib, amaliy ishlarni yanada kuchaytirish boyicha muhim vazifalarni belgilab oldik.

Shu yil yanvar oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boyicha arzon uy-joylar qurish dasturi togrisidagi qarori ijrosi haqidagi masala Qongirot tuman Kengashining sessiyasida korib chiqildi. Tumanning joriy yilga belgilangan byudjet parametrlarini tasdiqlash togrisidagi masala Chimboy tuman Kengashidagi partiyamiz guruhi va tegishli doimiy komissiyada korilib, sessiya kun tartibiga kiritildi.

2017 yil fevral oyida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi OzXDP guruhlarida majlislar otkazilib, Harakat dasturi boyicha 2 masala deputatlik guruhida korilgan.

Prezidentimizning tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish tizimini takomillashtirish boyicha tashkiliy chora-tadbirlar togrisidagi qarorining bajarilishi haqidagi masala xalq deputatlari Shumanay va Tortkol tuman Kengashlari doimiy komissiyalarida muhokama qilindi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar togrisidagi qarorining ijrosi bilan bogliq masala Qonlikol tuman Kengashidagi partiya guruhida korildi.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi partiyamiz guruhlari azolari tomonidan ijro hokimiyati organlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga shu kungacha 10 deputatlik sorovi yuborildi. Ularning qanday natija berishi nazoratga olindi.

Hammamizga malumki, 2017-2021 yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasining tortinchi yonalishida ijtimoiy sohani rivojlantirish belgilangan. Bunda aholi bandligini taminlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalari boyicha muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Demak, ijtimoiy sohadagi islohotlar yanada kengayadi, odamlarning turmush darajasini oshirish boyicha ishlar kolami oshadi.

Bizning oldimizda ham masuliyatli vazifalar turibdi. OzXDP tashkilotlari mahalliy Kengashlardagi partiyamiz guruhlari azolari bilan hamkorlikda ushbu muhim hujjatning mazmun-mohiyatini aholiga keng tushuntirish boyicha targibot ishlarini izchil yolga qoyishi, uning ijrosida har birimiz faol qatnashishimiz talab etiladi.

Prezidentimiz takidlaganidek, biron bir oilaga kam taminlangan, degan iborani ishlatmasligimiz uchun ularning yashash sharoitini yaxshilashimiz, jumladan, pensionerlar, nogironlar va boshqa ijtimoiy yordamga muhtoj kishilarning muammolarini hal qilib, faolligini oshirishimiz zarur.

Xalilla YESHIMBETOV,

Ozbekiston XDP Qoraqalpogiston Respublika kengashi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: