O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.03.2017

Ozbekiston va Polsha Prezidentlari bir-birlarini qutladilar

O‘zbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi ortasida diplomatik munosabatlar ornatilganining 25-yilligi munosabati bilan Polsha Prezidenti Anjey Duda Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yollagan.

Polsha Prezidenti qutlovida bunday deyiladi: "Mamlakatlarimiz ortasida samarali munosabatlar yolga qoyilganini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman. Polsha Ozbekistonni Yevroosiyo mintaqasidagi muhim sherik, deb biladi va mustaqillik yillarida Ozbekiston erishgan ulkan yutuqlarni hurmat qiladi. Sizning rahnamoligingizda Ozbekistonning yaqin qoshnilari bilan aloqalar boyicha amalga oshirilayotgan yangicha siyosatni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. Bunday yaqin qoshnichilik siyosati Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega".

Prezident Anjey Duda Polshada ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga katta etibor qaratilayotganini va bu borada ulkan imkoniyatlar mavjudligini takidlagan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlovida "Otgan davrda ikki davlat ortasida mustahkam dostlik va ozaro anglashuv ananalariga asoslangan amaliy munosabatlar ornatilgan"i alohida takidlangan.

Davlatimiz rahbari "Ozbekiston Polsha bilan siyosiy-diplomatik, madaniy-gumanitar sohalarda ozaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo, qishloq xojaligi, investitsiya va innovatsiyalar, turizm hamda boshqa koplab yonalishlar boyicha aniq dastur va loyihalarni amalga oshirish tarafdori" ekanini qayd etgan.

Ozbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz bundan buyon ham "Ozbekiston bilan Polsha ortasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, ozaro hurmat, teng huquqlilik va ishonch prinsiplari asosida yanada mustahkamlash borasida hamkorlikni davom ettirishi"ga ishonch bildirgan.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: