O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.03.2017

Shoshilinch tibbiy yordam takomillashadi

Inson salomatligini asrash, xalqimizga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligini yanada oshirish, aholiga tez va samarali tibbiy yordam korsatish sogliqni saqlash tizimi oldida turgan muhim vazifalardandir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu masalaga alohida e’tibor qaratib, xalqimizni rozi qilish uchun, avvalo, aholining sifatli tibbiy xizmatga bolgan talabini qondirish zarurligini takidladi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-yanvar va 7-fevral kunlari sogliqni saqlash sohasi vakillari bilan uchrashuvlarida tizimdagi mavjud holat chuqur tanqidiy tahlil etilib, muammolarni hal etish yollari belgilab berildi.

Prezidentimizning 2017-yil 16-martdagi «Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida»gi farmoni tibbiyotning muhim bogini bolgan shoshilinch tibbiy yordam tizimidagi islohotlarni davr talabi va aholi ehtiyojidan kelib chiqib yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholiga shoshilinch va tez tibbiy yordam korsatish boyicha oziga xos infratuzilma yaratildi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning viloyatlardagi filiallari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari qoshidagi bolimlari, mamlakatimizning barcha hududlaridagi tez tibbiy yordam xizmati stansiyalari va sanitar aviatsiya xizmati xalqimiz salomatligi yolida faoliyat yuritayotir.

Shoshilinch tibbiy yordam tizimida yiliga 600 mingdan ziyod bemorga yuqori malakali statsionar va 1 milliondan ortiq bemorga ambulator yordam hamda 7 milliondan ziyod chaqiriq boyicha xizmat korsatilmoqda.

Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga 2016-yilda 850 mingdan ziyod chaqiriq tushdi. Murojaat qilganlarning ottiz foizga yaqini shifoxonalarga yotqizilgan bolsa, qolganiga uyda tez tibbiy yordam korsatildi. Tizimda jahon tibbiyotining ilgor uslublarini joriy etish, avtotransport parkini takomillashtirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Farmonda shoshilinch tibbiy yordamning zamonaviy, yuqori texnologik va samarali tizimini shakllantirish, sohada ilmiy, metodologik va talim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tez tibbiy yordam faoliyatiga ilgor texnologiyalarni va ish uslublarini joriy etish borasida aniq vazifalar belgilandi.

Shoshilinch tibbiyot sohasida profilaktika, diagnostika va davolash usullari va texnologiyalari samaradorligini oshirish boyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, tavsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qollash asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarining boshqa vazirlik va idoralar shoshilinch xizmatlari bilan ozaro tezkor hamkorligi samarali mexanizmlarini joriy etish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlarni oz vaqtida hayotga tatbiq etish har birimizning zimmamizga alohida masuliyat yuklamoqda.

Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bugungi kungacha Toshkent shahar sogliqni saqlash bosh boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan edi. Farmon asosida 2017-yil 1-apreldan boshlab muassasamiz yuridik shaxs maqomini saqlagan holda tarkibiy bolinma sifatida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga biriktirildi. Bundan maqsad shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj insonlarning hayoti va salomatligini asrash, shifoxonagacha bolgan bosqichda va shifoxonada tibbiy yordamni uzviy bogliq holda tashkil etish, tibbiyot yangiliklarini chuqur ozlashtirish va keng ommalashtirishdir.

Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi tizimida har kuni bir yuz oltmishdan ziyod brigada navbatchilik qiladi. Yaqinda stansiyaga 20 dan ortiq yangi Damas ambulans mashinasi ajratildi. 2017-yil davomida yana onta reanimobil yetkazib berish rejalashtirilgan.

Farmon asosida tez tibbiy yordam kochma brigadalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan taminlashni moliyalashtirish hajmi 2017-yilda 2 baravarga oshirildi. Chunki shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorning hayotini asrash, salomatligini tiklashda chaqiriq joyiga oz vaqtida yetib borish barobarida dori-darmon va tibbiy texnologiyalar ham muhim omil hisoblanadi.

Bu vazifalarni toliq ijro etish maqsadida Sogliqni saqlash vazirligining buyrugi asosida tez tibbiy yordam xizmati dori qutisida bolishi shart bolgan dori-darmon vositalarining royxati qayta korib chiqildi va talab darajasida takomillashtirildi.

Tez tibbiy yordam xizmati sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir yonalish – xizmat mashinalarining zamonaviy aloqa vositalari bilan taminlanishi. Hozirgi paytda barcha tez tibbiy yordam mashinalarida GPS kuzatuv tizimi joriy etilgan, ratsiyalar ornatilgan.

Farmonda yagona malumotlar bazasi va malumotlarni uzatish tarmogini yaratgan holda tez tibbiy yordam brigadalarining faoliyatini tezkor boshqarish va muvofiqlashtirishni taminlovchi Markaz va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil qilish boyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish kozda tutilgan.

Farmonga binoan, shoshilinch tibbiy yordam tizimida zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yanada keng qollaniladi, shoshilinch tibbiy yordam korsatish tizimining boshqa vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari bilan tezkor hamkorligini taminlash boyicha zamonaviy mexanizmlar tatbiq qilinadi, kadrlarni tayyorlash borasida ilgor usullar joriy etiladi.

Bu chora-tadbirlar sogliqni saqlash tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, aholining tibbiyot tizimiga ishonchini oshirish, xalqimizning roziligiga erishishda muhim ahamiyatga ega boladi.

Davron Sultonov,
Toshkent shahar tez tibbiy yordam
stansiyasi bosh shifokori.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: