O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.03.2017

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Siz bilan uchrashuvimiz samarali bo‘lganidan goyat xursandman, menga va hamkasblarimga korsatilgan samimiy hurmat uchun Sizga va Ozbekiston hukumatiga minnatdorlik bildiraman. Ozbekistondan qaytar ekanman, men va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Ozbekiston bilan bankimiz ortasidagi hamkorlikning yangi bosqichi boshlanganini qollab-quvvatlashimizni alohida ta’kidlamoqchiman.

Siz YeTTB va Ozbekiston ortasidagi hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirishga tayyor ekaningizdan minnatdorman. Ozbekiston hukumatining mamlakat va uning xalqi manfaatlariga xizmat qiladigan, imkoniyatlarni yanada kengaytirish va taraqqiyotni taminlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish borasidagi say-harakatlarini qollab-quvvatlashga tayyormiz. Sizning rahnamoligingizda ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi YeTTBning koplab ustuvor yonalishlari bilan hamohang. Strategiyada demokratik jarayonlar va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhiti va qonun ustuvorligini takomillashtirish, shuningdek, qoshni davlatlar bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish muhimligiga alohida etibor qaratilganini takidlamoqchimiz.

Men va Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi orinbosari O.Ramatov imzolagan Anglashuv memorandumida qisqa muddatga moljallangan hamkorligimiz aks etgan. Shu davr ichida hukumatingizning ustuvor yonalishlarini hisobga olgan holda, Ozbekistonda YeTTBning mamlakatga doir orta muddatli strategiyasini birgalikda ishlab chiqamiz. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik va bank sektorini qollab-quvvatlash, tezkor samaradorlikka erishish uchun investitsiya muhitini yanada yaxshilash boyicha investitsion, texnik va maslahatlashuv loyihalarimizni qisqa fursatlarda ishga tushirishni sabrsizlik bilan kutamiz. Shu bilan birga, kommunal xizmatlar, infratuzilma, energetika va boshqa sohalarda uzoq muddat tayyorgarlikni talab etadigan loyihalarni ham ishlab chiqamiz.

Uchrashuvimiz chogida takidlaganimdek, Ozbekiston Strategiyada qayd etilgan keng kolamli islohotlar dasturini amalga oshirishi jarayonida hamkorligimiz yanada kengayishiga ishonchim komil.

Londonga borganimdan song Direktorlar kengashiga uchrashuvimiz haqida sozlab beraman va yaqin vaqtlarda Ozbekistonga yana kelish va Siz bilan uchrashishni kutib qolaman.

Samimiyat bilan,

Suma Chakrabarti,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot
banki prezidenti

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: