O'zb  
 
18.03.2017

OZBEKISTON VA QOZOGISTON MARKAZIY OSIYONING LOKOMOTIVLARI

Xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 22-23 mart kunlari davlat tashrifi bilan Qozogiston Respublikasida boladi. Davlatimiz rahbarining hisob boyicha ikkinchi xorijiy tashrifi ham qoshni mamlakatga amalga oshirilayotgani Ozbekistonning mintaqa davlatlari bilan yaqin qoshnichilik munosabatlariga ustuvor ahamiyat qaratilishi belgilangan Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga hamohangdir. Bu haqda mamtakatimiz yetakchisi ozining saylovoldi kampaniyasi chogida bir necha bor aytib otgan edi.

Ma’lumki, Qozogiston Respublikamizning muhim strategik sherigi sanaladi. Markaziy Osiyoning ikkala yirik davlati ortasidagi hamkorlik xalqlarning tarixiy-madaniy yaqinligi, ozaro manfaatlar asosida izchil rivojlanayotgan kop tomonlama aloqalar asosiga qurilgan.

Ozbekistonning haqiqiy dosti sifatida Qozogiston rahbari mamlakatimizning Birinchi Prezidenti hayotdan bevaqt koz yumgan chogda ozbek xalqining qaygusiga sherik boldi. 2016 yil 12 sentabr kuni Samarqandda Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirar ekan, Prezident Nursulton Nazarboyev uning vafoti butun mintaqa, jumladan, Qozogiston xalqi uchun ham katta yoqotish bolganini alohida takidladi.

Ikki davlat rahbarlari ortasidagi xayrli ananalarni davom ettirgan holda, Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev bir necha bor telefon orqali muloqotda bolishdi, turli muhim sanalar munosabati bilan ozaro tabriklar almashishdi. Bunday suhbatlar chogida tomonlar Ozbekiston — Qozogiston aloqalarining barcha jabhalarida konstruktiv, ishonchli muloqotni davom ettirishdan birdek manfaatdor ekanliklarini izhor etdilar.

Davlatlarimiz ortasidagi munosabatlarning turli xususiyatlariga ega bolgan 182 ta hujjatdan iborat shartnoma huquqiy bazaning shakllanishi mustahkam hamkorlik va izchil mehnatlar natijalaridan biri boldi. Ayni paytda, 1998 yil 31 oktabrda imzolangan Ozbekiston Respublikasi va Qozogiston Respublikasi ortasida abadiy dostlik togrisidagi shartnoma hamda 2013 yil 14 iyunda imzolangan Strategik sheriklik togrisidagi shartnomada ikki tomonlama aloqalarning asosiy tamoyillari oz aksini topgan.

BMT, ShHT, MDH, Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi hamda boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi ozaro hamfikrlik va doimiy muloqotlar mintaqaning muhim muammolarini muhokama qilish, ularni bartaraf etishda umumiy yondashuvni ishlab chiqish, shuningdek, hamkorlikning turli sohalaridagi mavjud salohiyatdan samarali foydalanish imkonini bermoqda.

Ayni shu orinda Ozbekiston Qozogistonni 2017-2018 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining muvaqqat azosi etib saylanishini qollab-quvvatlaganini takidlash lozim. Dost davlatning muvaffaqiyatli saylanishi munosabati bilan Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabrik maktubi yolladi va unda jumladan, shunday deyiladi: «Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun umumiy bolgan ustuvor masalalarni BMTning Xavfsizlik kengashidek vakolatli organi doirasida muhokama qilish boyicha Qozogiston tomonidan qabul qilingan say-harakatlarni qollab-quvvatlaymiz».

Ozbekiston va Qozogistonning ShHT kun tartibidagi muhim masalalar boyicha yondashuvlari bir-biriga yaqin yoki ozaro uygundir. Takidlash muhimki, Toshkent Ostonaning ushbu mintaqaviy tuzilmaga raisligidagi faoliyatini va Qozogiston poytaxtida 2017 yilning iyun oyiga moljallangan sammitning muvaffaqiyatli otkazilishiga tayyorgarlikni har tomonlama qollab-quvvatlaydi.

Mamlakatimiz Qozogiston bilan MDH doirasidagi hamkorlikka muhim ahamiyat qaratadi. Malumki, Hamdostlikning Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi shu yilning aprel oyida Toshkentda bolib otadi. Ozbekiston tomoni, hech shubhasiz, yaqin qoshnisi va hamkorining qollab-quvvatlovini his etib turadi.

Shu bilan bir qatorda, yaqin qoshnichilik siyosati va ikki davlat ortasidagi hurmat savdo-iqtisodiy hamkorlikning mustahkam poydevorini shakllantirish, songgi yarim yil davomida turli darajalarda bolib otgan uchrashuvlar esa ushbu sohadagi munosabatlarni faollashtirish imkonini berdi. Jumladan, Bosh vazirning birinchi orinbosari Asqar Mamin rahbarligidagi Qozogiston hukumat delegatsiyasining 2016 yil 20-22 sentabr kunlari Toshkentga tashrifi yakunlariga kora, Ozbekiston va Qozogiston ortasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning asosiy yonalishlari togrisidagi protokol imzolandi. Mazkur hujjat ikki mamlakatning foydalanilmayotgan mavjud ulkan salohiyatini amalga oshirishga qoshimcha turtki boldi.

Ozbekiston delegatsiyasining otgan yil oktabr oyida Qozogistonga amalga oshirgan javob tashrifi chogida ushbu mamlakat hududida neft va neft mahsulotlari, kimyo hamda neft-kimyo, yengil sanoat va farmatsevtika korxonalariga mahsulotlar, mamlakat xalqiga oziq-ovqat mollari yetkazib beruvchi savdo uylarini barpo etish togrisidagi hujjatlarning imzolanishi rivojlanib kelayotgan muloqotning davomi boldi.

Mamlakatlarimiz biznes jamoatchiligi Qozogiston va Ozbekistonda otkaziladigan yirik xalqaro tadbirlarda muntazam qatnashib kelishadi. 2016 yil oktabr oyida Toshkentda bolib otgan X Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ham Qizilorda va Aqtobe viloyatlari vakillari ishtirok etishdi. Ikki davlat delegatsiyalari chegaraoldi hududlar ortasidagi hamkorlikning muhim jihatlarini atroflicha organdilar hamda agrosanoat majmuasida, avtomobilsozlik, tog-kon tarmogi, qurilish materiallari va elektr mexanikasiga oid mahsulotlarni ishlab chiqarish borasida birgalikda faoliyat yuritishning yonalishlarini belgilab oldilar.

Ozbekiston shu yilning 10 iyunidan 10 avgustiga qadar Markaziy Osiyoda ilk bor Ostona shahrida otkaziladigan EKSPO2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro korgazmasida ishtirok etadi. Korgazma maydonida Ozbekistonning milliy pavilyonini joylashtirish uchun 600 kvadrat metrdan ziyod joy ajratilgan.

Davlatlarimizning mintaqalararo aloqalarni ornatish mexanizmlarini yolga qoyish tarafdori ekanligi otgan yil 22-23 dekabr kunlari Toshkent shahar hokimi rahbarligidagi Ozbekiston delegatsiyasining Olmaotaga tashrifi chogida ham namoyon boldi. Safar dasturi ham shahar mamuriyati, kompaniyalar va banklar vakillari bilan uchrashuvlar va muzokaralarga boy, mazmunli boldi. 2017 yil yanvar oyida Qizilorda viloyati hokimi Krimbek Kusherbayev rahbarligidagi delegatsiya mamlakatimizning Navoiy viloyatiga keldi. Safar chogida Qozogiston vakillari viloyatdagi Ayteke Bi va Chashma memoriy majmualari va yirik korxonalarida bolishdi, Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasida samarali uchrashuvlar otkazishdi.

Ikki tomonlama hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiya faoliyati savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojiga bevosita ozining munosib hissasini qoshmoqda. Komissiyaning joriy yil 23 fevral kuni Toshkent shahrida bolib otgan uchrashuvi yakunlariga kora turli yonalishlardagi munosabatlarni kengaytirish boyicha kelishuvga erishildi, xususan, tomonlar GM Uzbekistan kompaniyasi avtomobillarini Qozogistondagi Allyur kompaniyalar guruhi ishlab chiqarish negizida yigilishini yolga qoyishga kelishdilar.

Takidlash joizki, davlatlarimiz ortasidagi ozaro manfaatli aloqalarni rivoj-lantirish borasidagi ulkan xizmatlari, temir yol transporti sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qoshgan shaxsiy hissasi, mintaqalararo loyihalarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki uchun A.Mamin Ozbekiston Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi farmoniga asosan Dostlik ordeni bilan taqdirlandi.

Ikkala strategik sherik davlatning munosabatlarida madaniy-gumanitar aloqalar alohida orin tutadi. Ozbekiston hududida istiqomat qiladigan yuz minglab qozoq millatiga mansub aholi xalqlarimiz ortasidagi dostona munosabatlarning davomiyligida bevosita muhim orin tutadi. Ularning oz qadriyat va ananalari hamda oziga xosligini rivojlantirish maqsadida qozoq madaniyat markazlari, teatrlari, folklor va estrada guruhlari faoliyat yuritib kelmoqda. Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida ushbu millat yozuvchi va publitsistlarining 50 dan ziyod kitoblari chop etildi. Shu orinda mamlakatimizda qozoq tilida respublika ahamiyatiga molik bolgan Nurl jol gazetasi nashr etib kelinishini qayd etish lozimdir.

Ozbekistonning 386 ta maktabida qozoq tili oqitiladi, ulardan 164 tasida talim qozoq tilida yuritiladi. Shu bilan birga, Qoraqalpogiston davlat universiteti va Ozbekistonning boshqa qator oliy oquv yurtlarida qozoq tili va adabiyoti kafedralari tashkil etilgan, talim ana shu tilda olib boriladi.

Qozogiston xalqlari assambleyasi delegatsiyasining Ozbekistonga 2017 yil fevral oyidagi ilk tashrifi ikki tomonlama madaniy-gumanitar aloqalar chuqurlashib borayotganining yaqqol tasdigi boldi. Tashrif chogida Respublika baynalmilal madaniyat markazi, ozbek ilmiy-akademik doiralari va Toshkentda istiqomat qiluvchi qozoq millatiga mansub aholi bilan uchrashuvlar bolib otdi. Mehmonlar kopmillatli mamlakatimiz xalqining jipsligini namoyon qilgan samimiyat muhitidan bahra oldilar.

Ushbu mulohazalardan shunday xulosa kelib chiqadiki, Ozbekiston Prezidentining Qozogistonga tashrifi bugungi kunda ikki davlat yetakchilari ortasida ham, biznes hamjamiyati va xalqlari ortasida ham amal qilayotgan konstruktiv va ochiq muloqotning mantiqiy davomi boladi. Ostona shahridagi uchrashuvlar va erishilgan kelishuvlar hamkorlik salohiyatining yangi ufqlari ochilishi va ulardan yanada samarali foydalanilishiga xizmat qiladi.

G.NURJANOVA tayyorladi,

Jahon AA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: