O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
17.07.2012

Nomi boru ozi yoq bolgan

«adolat»chilarga xos amaliy harakat haqida

O‘zXDPning AHOLI, AYNIQSA, YOSHLAR VA XOTIN-QIZLARNI HAR JIHATDAN QOLLAB-QUVVATLASH, ULARNING ISH BILAN BAND BOLISHIGA KOMAKLASHISH, BU MUHIM MASALAGA JAMOATCHILIK E’TIBORINI QARATISH BORASIDAGI HARAKATLARINI KOPCHILIK ETIROF ETMOQDA. BIROQ ADOLATCHILAR PARTIYAMIZNING BU BORADAGI AMALIY ISHLARINI TAN OLISH ORNIGA, ULARNI YOQQA CHIQARISHGA ZOR BERIB URINMOQDA.

Shu orinda Adolat sotsial-demokratik partiyasi vakillari ozlariga Aynan shu masalada qanday amaliy ish qilayapmiz?, degan savolni berishsa va unga joyali javob qaytarishsa maqsadga muvofiq bolardi. Axir, ishsizlikka qarshi kurashish sotsial-demokratlarning eng asosiy vazifasiga kiradi-ku!

Yaqinda Adolat partiyasining internet saytida Tikuvchilikdan tadbirkorlik sari... sarlavhali maqola elon qilindi. Unda Adolat SDP Oqdaryo tuman Kengashi hamda shu tumandagi 35-maktab qoshida tashkil etilgan BPT (?) tashabbusi bilan Tikuvchilik bilan shugullanuvchi xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish mavzusiga bagishlangan davra suhbati otkazilgani haqida xabar berilgan.

Maqolani oqish davomida kishida yolgonchi taassurot paydo boladi. Goyoki adolatchilar ishlamoqda. Jumladan, ular mahallalarda yashovchi xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, oilaviy biznesni rivojlantirish... orqali mahallani tadbirkorlik markaziga aylantirish haqida bong urmoqda. Biroq gap aynan qaysi amaliy harakat haqida borayotgani togrisida lom-mim deyilmaydi.

Bundan tashqari, maqolada qayd etilishicha, Ozbekiston Adolat SDP Oqdaryo tuman Kengashi Ayollar qanoti raisi N.Nurmatova tadbirkorlik faoliyatini yolga qoyish uchun nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan otkazilgan tanlovda ishtirok etib, grant sohibi bolgan. Shu orinda bir oylab koraylik, tadbirkor ayol grant yutib olgan bolsa buning adolatchilarga nima daxli bor?

Nahotki adolatchilar birovlarning ishini oziniki qilib korsatishday bemani odatdan hamon voz kecholmagan bolsalar?!

Maqolamiz avvalida OzXDPning amaliy ishlari haqida gapirgan edik. Fikrimizni quyidagi fakt ham tasdiqlaydi. Yaqinda bulungurlik Dilfuza Asatullayeva bizga quyidagilarni gapirib berdi:

— Yoshligimdan tikuvchilikka qiziqaman. Shu bois sex ochishni konglimga tugib qoygandim. XDP menga oxshaganlarga yordam berayotganini eshitib, partiya faollariga murojaat qildim. Shu yil OzXDP tomonidan tumanimizda tashkil etilgan iqtisodiy forumda 3 million som imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatga ega boldim...

Darhaqiqat, keyingi yillarda OzXDP tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan loyihalar bugun koplab yurtdoshlarimizning jamiyatda oz ornini topishiga, oz ishini, biznesini tashkil etishiga turtki bolmoqda. Bu borada otkazilayotgan tadbirlarda elektoratning huquqiy va iqtisodiy bilimi oshirilayapti, oz shaxsiy hamda oilaviy biznesini yolga qoymoqchi bolganlarga maslahatlar berilmoqda.

Bir soz bilan aytganda OzXDP aholi bandligi masalasida muayyan tajribaga, amaliy tashabbuslarga ega. Birgina otgan yili otkazilgan iqtisodiy forumlarda 6000 nafardan ortiq kishi ishtirok etgan. OzXDP tashkilotlarining bevosita komagi bilan 700 nafarga yaqin oz biznes-rejasiga ega bolgan elektorat vakillariga imtiyozli mikrokredit uchun sertifikat topshirilgan. Buning natijasida hozirga kelib 1500 dan ziyod yangi ish orinlari yaratildi.

Ozini keng kolamli ijtimoiy dasturlarning amalga oshirilishini taminlashga qodir kuch, deb biladigan adolatchilar esa quruq gapdan nariga otisholmayapti. Aslida kimnidir xolis-noxolis taftish qilish oson. Lekin ozing nima qilayapsan degan savolga javob topish qiyin. Bizning bu haqli sorogimiz oldida adolatchilarning sukut saqlashdan ozga choralari yoq.

Bugungi davr siyosiy partiyalardan uygoq bolishni, xatolardan togri xulosa chiqarib, oz dasturiy maqsadlariga erishish yolida faqat olga intilishni talab etmoqda. Zero, bu mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi islohotlarning qay darajada muvaffaqiyatli amalga oshishining eng muhim omili hisoblanadi.

Dilshod NARZULLAYEV

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: