O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.03.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING XALQARO XOTIN-QIZLAR BAYRAMIGA BAGISHLANGAN UCHRASHUVDAGI NUTQI

Assalomu alaykum, aziz opa-singillar!

Muhtaram do‘stlar!

Avvalo, siz, azizlar bilan yurtimizga bahor nafasi kirib kelayotgan yorug kunlarda, Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida mana shu muhtasham koshonada uchrashib turganimdan goyat xursandman.

Shu qutlug ayyom — 8 mart bayrami bilan sizlarni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini, muhtarama onaxonlarimiz, qadrli opa-singillarimiz, gozal qizlarimizni chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga ozimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz.

Barchamiz uchun aziz va motabar bolgan ayol zoti haqida soz yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta’zim qilamiz.

Yer yuzida muqaddas degan sozga eng munosib zot bu avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo uluglab, ardoqlab yashaydi. Yurtimizda onalarni sharaflab muhtasham haykallar bunyod etilgani ham shundan dalolat beradi.

Biz Ona timsolida Vatanimizni, uning gozal va betakror qiyofasini koramiz. «Ona Vatan» degan ibora bejiz aytilmagan, bunda chuqur mano bor. Insonni inson qiladigan mana shunday yuksak tuygu va tushunchalarni bolalarimiz qalbiga yoshligidan singdirsak, shoirlarimiz, rassomlarimiz, sanatkorlarimiz onalarni, ayollarni tarannum etadigan yangi-yangi asarlar yaratsalar, nur ustiga nur bolur edi.

Ayolni ezozlash, ayolga ehtirom korsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz.

Ayniqsa, siz, azizlarning soglom zurriyod, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdagi orningiz va xizmatingizni hech narsa bilan qiyoslab, baholab bolmaydi.

Sizlarning mehr-muhabbatingiz, vafo va sadoqatingiz, fidoyiligingiz sababli hayotimiz charogon. Sizlar tufayli oilalarimizda tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka hukm surayotgani uchun barchangizga har qancha tasanno aytsak, arziydi, albatta.

Qadrli yurtdoshlar!

Bugungi kunda Ozbekiston xotin-qizlari hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida ozlarini tola namoyon etib kelmoqda.

Sizlar davlat va boshqaruv idoralari, vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik va fermerlik tarmoqlarida, ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoshmoqdasiz.

Bu haqiqatni xalqimiz, jamiyatimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz xotin-qizlari orasida 514 nafar fan doktori, 6 nafar akademik, 15 nafar Ozbekiston Qahramoni, 17 nafar senator, 15 nafar Qonunchilik palatasi deputati borligini, shuningdek, mahalliy Kengashlar deputatlarining 23 foizidan ziyodini aynan ayollarimiz tashkil etishini alohida takidlash lozim.

Onlab opa-singillarimiz Ozbekiston fan arbobi, Ozbekiston xalq shoiri, Ozbekiston xalq oqituvchisi, Ozbekiston xalq artisti singari davlatimizning yuksak faxriy unvonlariga sazovor bolganlar. Shular qatorida 240 nafar yosh istedod egasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan va ularning safiga bu yil yana 15 nafar iqtidorli qizimiz qoshilmoqda.

Biz bugun ozining fidokorona mehnati, erishgan ulkan yutuqlari, davlat va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, ibratli fazilatlari bilan xalqimiz ortasida obro-etibor qozongan yuzlab opa-singillarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.

Ayniqsa, Ozbekiston Qahramonlari, qishloq xojaligi sohasi fidoyilari Xalchaxon Mirzayeva, Patilaxon Ergasheva, Siyosatxon Abdullayeva, mahoratli pedagoglar Manzura Madaliyeva, Mavluda Ismatova, Vera Pak, Anora Mahmudova, Muhabbat Sharopova, atoqli navoiyshunos olimamiz Suyima Ganiyeva, ustoz shifokorlar Malika Abdullaxojayeva, Oyshaxon Qochqorova, Onesiya Saitova, qoli gul hunarmandlar Muyassar Temirova, Martiya Rahmatova barchaga ornak va namuna bolib kelmoqdalar.

Shular qatorida taniqli akademiklarimiz Mashhura Mavloniy, Rano Ubaydullayeva, Sayyora Rashidova, Anna Glushenkova, Muhabbat Abidova, Ozbekiston xalq shoiralari Oydin Hojiyeva, Halima Xudoyberdiyeva, Enaxon Siddiqova, Ozbekiston xalq artistlari Yayra Abdullayeva, Toti Yusupova, Galina Melnikova, Munojot Yolchiyeva, Gavhar Zokirova singari ayollarimiz xalqimiz orasida malum va mashhurdirlar.

Mirishkor fermer va tadbirkorlar Lolaxon Murodova, Rashida Yodgorova, Dilfuza Musayeva, Sarvinoz Shokirova, Zulfiya Ochilova, Zebixon Rustamova, Rayhon Rahmonova, Anna Dobrix, Zulxumor Ermatova, zaxmatkash ustoz va murabbiylar Agrepina Shin, Jamila Baymuratova, Valentina Nedikova, Tohira Islomova, Yelena Kucherenko, Sayyora Umarova, jonkuyar mahalla raislari va maslahatchilari Gulbahor Sultonova, Marhamat Maqsudova, Buviniso Hamroyeva, Guljahon Ibraimova, Feruza Hasanova, mohir shifokorlar Feruza Ermatova, Diloromxon Toshboltayeva kabi opa-singillarimiz samarali mehnat qilib, baxt topgan insonlardir.

Ana shunday hurmatli ayollarimizning kopchiligi bugungi uchrashuvda ishtirok etayotgani davramizga yanada fayz bagishlab turibdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan, talim-tarbiya, sogliqni saqlash, madaniyat va sanat sohalarida mehnat qilayotganlarning 72 foizi shunga etibor bering, 72 foizi aynan xotin-qizlardir.

Mahalla raislari va faollarining aksariyat qismini ayollar tashkil etadi. 8,5 mingdan ortiq opa-singillarimiz mahallalarda diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchi sifatida faol ish olib bormoqdalar.

Hurmatli dostlar!

Barchamizga yaxshi malum, otgan yigirma besh yil mobaynida xalqimiz ota ogir sinov va mashaqqatlarni, turli qiyinchiliklarni yengib, ulkan yutuq va natijalarni qolga kiritdi.

Bunday marralarga erishishda oilada, mehnat jamoalarida, umuman, jamiyatimizda eng katta boyligimiz bolgan tinchlik va barqarorlik, ozaro hurmat, mehr-oqibat muhitini saqlash va mustahkamlashda yurtimiz xotin-qizlarining donoligi, sabr-qanoat va matonati, shukronalik, oilaga sadoqat kabi ibratli xususiyatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega boldi. Mana shunday olijanob, haqiqatan ham buyuk insoniy fazilatlaringiz uchun sizlarga yana bir bor oz nomimdan, el-yurtimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildirishni ozimning burchim deb bilaman.

Aziz opa-singillar!

Yer yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga bolgan munosabati bilan belgilanadi.

Bu, albatta, isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.

Shuning uchun ham mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taminlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, qobiliyat va salohiyatini royobga chiqarish masalasi yurtimizda davlat siyosati darajasiga kotarildi. Shu asosda onalik va bolalikni himoyalash, oila institutini qollab-quvvatlash, ayollarning ogirini yengil qilish, ularning jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Bu haqda gapirganda, barchamiz Birinchi Prezidentimiz, muhtaram Islom Abduganiyevich Karimovning ayol zotiga, mamlakatimiz xotin-qizlariga yuksak hurmat, doimiy etibor va gamxorlik korsatib kelganliklarini bugun yana bir bor eslaymiz. U kishining: Ayol baxtli bolsa, oila baxtli, oila baxtli bolsa, jamiyat mustahkam degan chuqur manoli sozlari amaliy harakatlarimizda qollanma bolib kelmoqda.

Biz ana shu ezgu davatga amal qilib, mamlakatimizda boshlangan keng kolamli ishlarni yangi bosqichga kotarishni oz oldimizga asosiy maqsad qilib qoyganmiz.

Ozbekistonimizni yanada rivojlantirish boyicha yaqinda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va uning uzviy qismi bolgan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturi avvalambor ana shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Bizning yaqin va uzoq kelajakka moljallangan siyosatimizda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan sotsial masalalarni hal etish birinchi oringa qoyilmoqda. Bu odamlarni uy-joy bilan taminlash, sogliqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish boladimi, aholini arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan taminlash boladimi, savdo va transport xizmati, elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi taminotini yaxshilash boladimi, bolalar bogchalari, yangi maktablar, sanat va sport inshootlari, ravon yollar qurish boladimi bularning barchasi boyicha biz aniq dastur va rejalarni ishlab chiqqanmiz va ularni sozsiz amalga oshiramiz.

Biz joriy yilning ozida qishloq joylarda yangi namunadagi 15 mingta arzon uy-joy qurishni boshlab yubordik.

Ana shunday yangi uy-joy massivlarida zarur infratuzilma tarmoqlari, jumladan, 415 kilometrdan ziyod ichimlik suvi, qariyb 300 kilometr elektr, 320 kilometr tabiiy gaz tarmoqlari barpo etiladi. Yani bu uy-joylar yaxlit bir kompleks bolib shakllanadi. Shuningdek, mamlakatimiz boyicha minglab kilometrlik magistral va ichki yollar quriladi va tamirlanadi.

Yurtimizda ayollar va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish maqsadida 2017 yilda tadbirkor ayollar uchun 1 trillion som, talim muassasalarini bitirib chiqadigan 10 mingga yaqin yoshlarimiz uchun 60 milliard som kredit mablaglari ajratish kozda tutilmoqda.

Biz sogliqni saqlash sohasida yuqori texnologiyalarga asoslangan, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining hududlarda ham faoliyat korsatishiga jiddiy etibor qaratmoqdamiz. Bu olis viloyat va tumanlarimizda yashayotgan aholiga qanday yangi imkoniyat va qulayliklar tugdirishini, oylaymanki, tushunish qiyin emas.

Misol uchun, Qoraqalpogiston Respublikasini oladigan bolsak, bu yerda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida kop tarmoqli bolalar klinikasi qurilishi jadal olib borilmoqda. Bu shifoxona yaqin kelgusida Orolboyi mintaqasidagi bolalar salomatligi boyicha yirik markazga aylanadi.

Xorazm viloyatida esa Rossiyaning A.Bakulev nomidagi mashhur klinikasi bilan hamkorlikda yurak-qon tomir jarrohligi boyicha tibbiy markaz qurilishi boshlandi.

Ayni vaqtda Termiz shahrida Respublika urologiya, Koz mikroxirurgiyasi hamda Ginekologiya va akusherlik ilmiy-amaliy markazlarining filiallari barpo etiladi.

Shular qatorida Qashqadaryo viloyatida Respublika kardiologiya va Endokrinologiya markazlarining filiallarini bunyod etish boyicha ham amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Biz qishloq vrachlik punktlari faoliyatini, tez yordam xizmati, profilaktika va patronaj tizimini yanada takomillashtirish borasida ham keng miqyosda ish olib bormoqdamiz.

Oylaymanki, Inson manfaati har narsadan ulug degan ezgu goyani amalga oshirishga qaratilgan bunday ishlarning ahamiyatini xalqimiz, avvalambor, siz, aziz ayollarimiz hammadan kora yaxshi tushunasiz.

Men joylarda bolib, xalqimiz vakillari, muhtarama ayollarimiz bilan muloqotda bolganimda, ularning quvonch va tashvishlari bilan yaqindan tanishganimda, turli qiyinchilik va muammolarga qaramasdan hayot ozi hech qachon muammosiz bolmaydi opa-singillarimizning orzu-intilishlari, hayotga, ertangi kunga katta ishonch bilan qarayotganini korib xursand bolaman. Chunki biz oz oldimizga qoygan ulkan maqsad va vazifalarni amalga oshirishning eng muhim sharti, eng asosiy zamini ham aslida xalqimizning mana shunday ishonchidir.

Qadrli opa-singillar!

Barchamizga yaxshi ayon, bugungi shiddatli zamon, dunyodagi ayovsiz raqobat muhiti bizdan juda katta masuliyat va safarbarlik bilan ishlashni, hamma sohada yangicha yondashuvlarni talab etmoqda.

Mana shunday keskin sharoitda biz yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, fuqarolar va millatlar ortasida hamjihatlik muhitini koz qorachigidek asrashimiz zarur. Ayniqsa, farzandlarimizning qalbi va ongini yovuz xavf-xatarlardan himoya qilishga eng dolzarb vazifa, deb qarashimiz kerak.

Agar biz talim-tarbiya, madaniyat va manaviyat sohasidagi ishlarimizni aniq tizim asosida tashkil etib, ularning samaradorligini oshirmasak, ertangi kunimizni qurolmaymiz, oz maqsadlarimizga yetolmaymiz.

Bu borada Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona degan shior doimiy kun tartibida turishi lozim. Biz yoshlarimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur. Bunday goyat muhim vazifani amalga oshirishda biz avvalo kopni korgan kayvoni onaxonlarimizga, mahalla faollariga, muhtaram faxriylarimizga, siz, aziz opa-singillarimizning aql-zakovatingiz, bilim va tajribangizga tayanamiz.

Oilalarda tibbiy, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kasb-hunar kollejlari, oliy oquv yurtlarini bitirib chiqayotgan yoshlarimizni, avvalambor, qiz bolalarni ish bilan taminlash davlat idoralarining birinchi galdagi vazifasi bolishi shart.

Ayniqsa, qizlarimizning salomatligini asrash, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlar egasi bolib voyaga yetishi, jamiyatda oz munosib ornini topishi uchun biz barchamiz ota-onalar, jamoatchilik, mutasaddi rahbarlar javobgarlik va masuliyatimizni yanada kuchaytirishimiz zarur.

Nega deganda, qiz bola bolgusi oila bekasi, kelajagimiz egasidir. Bugun biz ularga qanday talim-tarbiya bersak, ertaga ular yangi avlodimizga shunday tarbiya beradi.

Biz odatda jamiyatimiz hayotiga qarshi qaratilgan xavf-xatarlar haqida gapirganda, kopincha chetdan kiradigan tahdidlarni tushunamiz. Lekin eski zamondan qolgan ayrim salbiy holatlar, afsuski, bugungi tinch va yorug hayotimizga soya solib turibdi. Loqaydlik, bir-birini korolmaslik, oilada er-xotin, qaynona-kelin, qoni-qoshnilar ortasidagi kelishmovchilik, ayollarga bepisand qarash bunday yaramas illatlar bizga, bizning xalqimizga mutlaqo yarashmaydi.

Bunday nomaqul holatlarni bartaraf etish uchun biz har tomonlama chuqur oylab, muntazam ravishda ish olib borishimiz kerak. Shu maqsadda biz mahalliy hokimliklar va ichki ishlar tizimini, Mahalla va Nuroniy jamgarmalari tuzilmasini tubdan ozgartirdik, ularga yoshlar bilan ishlaydigan qoshimcha shtatlar berdik.

Ayni shunday islohotlarni biz Respublika Xotin-qizlar qomitasi va uning joylardagi tuzilmalari boyicha ham amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Qomita va uning hududiy bolinmalari vakolatlarini yanada kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, opa-singillarimizning mehnatini munosib baholash va ragbatlantirish, buning uchun yangi imtiyoz va imkoniyatlar tizimini yaratish boyicha aniq chora-tadbirlar kozda tutilmoqda.

Bularning barchasi yurtimizda xotin-qizlarning oila va jamiyat hayotidagi orni va tasirini oshirish, ularning hayotiy manfaatlarini yanada keng taminlash kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Munis va mehribon opa-singillar!

Gozallik va nafosat ayyomi 8 mart bayramini biz har safar katta quvonch va hayajon bilan kutamiz. Chunki bu qutlug ayyom qalbimizda, yuragimizda sizlarga bolgan cheksiz mehrimiz, hurmatimizni izhor etish uchun yana bir katta imkoniyat beradi.

Shu manoda, agarki bu bayram bizning hayotimizda bolmagan taqdirda ham motabar onalarimiz, munis opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizning hurmati uchun bunday bayramni albatta tashkil etgan bolardik.

Nega deganda, sizlarning doimo mana shunday ochilib, hayotdan, taqdirdan rozi bolib, yayrab-yashnab yurishingiz uchun, sizlarning baxtu saodatingiz uchun biz doimo sidqidildan xizmat qilishga tayyormiz.

Ilohim, mana shunday quvonchli kunlarimiz kop bolsin!

Sizlarni bugungi qutlug bayram bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farzandlaringiz, nabiralaringiz kamolini korishni tilayman.

Hamisha sog-omon boling, azizlar!


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: