O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.07.2012

Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida

faol va to‘laqonli ishtirok etish tarafdori bolgan MTDPning mahalliy Kengashlardagi deputatlari bugun qanday faoliyat korsatmoqda?

DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYaTI BARPO ETISh ENG AVVALO, KOPPARTIYaVIYLIK TIZIMINING IZChIL MUSTAHKAMLANIB BORIShI BILAN BOGLIQ. BUNDA SIYoSIY PARTIYaLARNING OZ DASTURIY MAQSADLARINI TOLA ROYoBGA ChIQARIShI UChUN HUQUQIY ShART-ShAROIT YaRATIB BERISH MUHIM AHAMIYaT KASB ETADI. BU — FUQAROLARNING DAVLAT BOShQARUVIDA FAOL IShTIROK ETIShINI TA’MINLAShGA XIZMAT QILADI.

«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish togrisida»gi Konstitutsiyaviy Qonun hamda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish boyicha dolzarb vazifalar belgilangan.

Ularning hayotga tatbiq etilishi siyosiy partiyalar va barcha darajadagi deputatlar zimmasiga katta masuliyat yuklaydi. Shu manoda, mahalliy Kengash deputatlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlarini atroflicha organishi, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarga jamoatchilik va ijro hokimiyati etiborini qaratishi, elektoratni oylantirayotgan masalalarni barataraf etishda ularga berilgan katta vakolatdan samarali foydalanishi, ayni paytda, muammolarning yechimi boyicha taklif bildirishi, tashabbus korsatishi talab etiladi. Ammo mahalliy Kengashlardagi barcha deputatlik guruhlari ham bugungi kun talablari asosida faoliyat yuritayapti, elektorat ishonchini qozonayapti, deb bolmaydi.

Bunga Sayxunobod tuman Kengashiga Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputatlar faoliyati misol bola oladi. Malumotga kora, tuman Kengashida mazkur partiya vakillari 3 nafarni tashkil etadi. Xosh, OzMTDP deputatlik guruhi bugun oz imkoniyatidan qay darajada foydalanmoqda? Ular partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boyicha qanday taklif va tashabbuslar bilan chiqishayapti? Bu deputatlarga ishonch bildirib, ovoz bergan tuman ahli ular faoliyatidan rozi bolayaptimi?

Togrisi, tahlillar bu borada ijobiy fikr aytish qiyinligini korsatmoqda. Joriy yilning shu vaqtiga qadar tuman Kengashining ikkita sessiyasi bolib otdi. Ularda tuman rivoji bilan bogliq turli masalalar muhokama qilinib, bu borada tegishli qarorlar qabul qilingan. Mazkur qarorlarda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish, xususan, aholini ish bilan taminlash va boshqa tegishli davlat Dasturlari ijrosini bajarishga alohida etibor qaratildi.

OzXDPning 14 nafardan iborat deputatlik guruhi sessiyalarga bandlik, Mustaqillik mahallasini ichimlik suvi bilan taminlashni yaxshilashga doir masalalarni olib chiqqan.

Ammo OzMTDP deputatlik guruhi hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va partiya elektorati muammolarini organish orqali ularni doimiy komissiyalar va sessiya muhokamasiga olib chiqishda sustkashlikka yol qoymoqda. Togri, Milliy tiklanish partiyasining tuman Kengashiga saylangan vakillari boshqa partiyalarga nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Ammo bu ularni oqlash uchun hech qanday asos bololmaydi. Deputatlar-ku kam ekan, lekin partiyaning butun boshli tuman kengashi, 200 nafardan ortiq azoni birlashtirgan 10 ta boshlangich tashkiloti, yoshlar, xotin-qizlar qanotlari partiyaning dasturiy vazifalarini amalga oshirishi uchun yetarli kuch emasmi?

Shuningdek, joriy yilda MTDP Markaziy Kengashi deputatlik guruhlari ishini tubdan kuchaytirish maqsadida hamda elektorat manfaatlari va partiya goyalaridan kelib chiqib, Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturining ijrosi holatini organish boyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlar sessiyalariga masala olib chiqish vazifasi belgilangan edi. Ammo bu borada ham partiya deputatlarining hech bir amaliy ishtiroki korinmayapti.

Bundan tashqari, OzMTDP Saylovoldi dasturida yoshlarni har tomonlama kamol toptirish, ularning talim olish, mehnat qilish, madaniyat, sport bilan shugullanish, ijtimoiy qollab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi say-harakatlarni kuchaytirish, iqtisodiyotning barcha sohalarida yoshlarning ishga joylashishi va bandligini taminlash masalalarining hal etilishiga alohida urgu berilgan.

Bu goyalar yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini mustahkamlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taminlash, mamlakatimizda bolayotgan ozgarish va yangilanishlarga daxldorlik tuygusini shakllantirishga xizmat qiladi. Ammo yoshlarni ozining ijtimoiy sohadagi siyosati markaziga qoygan ushbu partiya vakillari ularni tashvishga solayotgan dolzarb muammolarni organish va muhokama qilish bilan bogliq masalalar tuman kengashi faollari etiborida, deb ayta olmaymiz.

Yuqoridagi misollardan korinib turibdiki, bugun OzMTDPning Sayxunobod tuman kengashi faoliyatini, deputatlik guruhlari ishini jonlantirmay turib, bu hududda partiya dasturiy maqsadlariga erishish qiyin.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: