O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
02.03.2017

YUKSALAYOTGAN QASHQADARYO

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi voha ahlini yangi marralar sari ruhlantirmoqda

Kitob tumanida yashayotgan tajribali bog‘bon dostim Gulomjon Ernazarov shunday deydi:

— Bir necha kundan buyon televizordan koz uza olmaymiz. Nabiralarim «Ana, Prezidentimiz yangi uyga bordilar, bitta qizaloqni qollariga kotarib, erkaladilar», deyishadi chugurlashib. Bola qalbi begubor. Yaxshilikni ham, mehrni ham darrov his qiladi... Men uzoq yillar xojalikda ishladim, don ekdim, paxta yetishtirdim, boglar yaratdim. Hozir oglim Oybekjon fermer xojaligini boshqarayapti. Yaxshi niyat bilan 34 sotix yerda terak ostirayapmiz, bir-ikki yildan keyin 3-4 ming dona qurilishbop yogoch boladi. Davlatimiz rahbari nimaga da’vat etyapti? Astoydil mehnat qilib, yanada farovon yashashga, yangi, yaxshi uylarda istiqomat qilishga... Shunchalik ulkan rejalar tuzib berganlarini gazetadan oqib, qalbimda cheksiz faxr uygondi. Uyda otirolmadim, olma nihollari uygonayotgan bogimizga yol oldim...

Ertalab Qarshi tumanida edik. Bozor kuni bolsa-da, atrofda ish qaynaydi. Yol-yolakay daraxtlarga shakl berayotgan, kochat ekayotgan, issiqxonasida mehnat qilayotgan odamlarni korib, rosti, sevindim.

Mirmiron massiviga bundan uch yil burun kelgandim. Bu yerda qurilgan namunali uylar 400 dan ortiq, zamonaviy qishloq. Davlatimiz rahbari Qarshi tumanida bolganida koplab istiqbolli loyihalar, jumladan, shu massivda istiqomat qiluvchi aholi uchun 25 gektar maydonda tashkil etiladigan issiqxona rejasi bilan ham tanishgan edi. Limon, mandarin, papaya kabi sitrus mevalar, pomidor, bodring, gulkaram, har xil kokatlar ekiladigan issiqxonada har yili 3 milliard somgacha mahsulot yetishtirish moljallangan.

Shu massivdagi onlab kichik, ammo yaxshi issiqxonalarni korsatishdi. Tadbirkor Dilbar Ikromova 17 sotixli issiqxonasida pomidor kochatlari yetishtirayotgan ekan. Uning yonida Turdi-Muazzam servis oilaviy korxonasi rahbari Adhamjon Egamberdiyev 12 sotix yerda issiqxona qurib, bodring kochatlari ostiryapti.

Prezidentimiz tumanimizga kelganidan juda sevindik. U kishi tadbirkorlarga hamma sharoitni yaratib berayapti. Ilgari har xil qurilish ashyolari yetkazib berardik. Qiziqib, hovlimizda 2 sotixli issiqxona qurdim. Limon ekkanman. Yana bankdan 40million som kredit olib, xuddi shunday issiqxona barpo etish niyatim bor, deydi Adhamjon.

Kredit masalasi hal bolgan, darrov izoh beradi hamrohim, Qarshi tuman hokimining birinchi orinbosari Hasan Turdiyev. Uning mulohazalariga quloq tutaman. Tuman aholisi 232 ming kishiga yaqin. Jami 717 fermer xojaligi tuzilgan. Hozirgacha 187 gektar maydonda 483 ta kichik issiqxona tashkil etilgan. Rivojlanish dasturiga kora, 174 istiqbolli loyiha amalga oshadi. Kichik sanoat korxonalari, parrandachilik, qoychilik, baliqchilik rivojlanayotganidan barcha manfaatdor.

Tadbirkor Adhamjon yaratgan qulay moslamani kozdan kechiraman. Kichik ariqdan keladigan suv 10 tonnalik hovuzni toldirar, keyin issiqxonadagi nihollar tomchilatib sugorilar ekan. Bu suv Qarshi magistral kanalidan kelarkan.

Prezidentimiz Karshi nasos stansiyalar kaskadini qayta ishlash III faza loyihasi bilan tanishib, zarur maslahatlar berdi. Bu ulkan loyiha amalga oshsa, suv va energiya sarfi ancha kamayadi.

Davlatimiz rahbari Qarshi tumanida barpo etilayotgan LT Tekstil Interneyshnl Ozbekiston Xitoy Niderlandiya qoshma korxonasi loyihasi bilan tanishdi, deydi Ozbekengilsanoat aksiyadorlik jamiyatining Qashqadaryo viloyatidagi vakili Ostonaqul Allayorov. Yiliga 22 ming tonna sifatli ip kalava va 50 million kvadrat metr ip gazlama ishlab chiqaradigan ushbu korxona hademay ishga tushadi. Voha mamlakatda paxta yetishtirishda yetakchi bolsa-da, hozirgacha mavjud 7 ta korxonada 10 foiz tola qayta ishlanardi, xolos. Kelgusida yana onlab yangi korxonalar bunyod etiladi va bu korsatkich 67 foizga yetadi. Tarmoqda 3 ming ish orni yaratiladi. Bunday korxonalar Yakkabog, Guzor tumanlari, Qarshi shahrida qurilayapti. Muborak tumanida yiliga 8 million dona paypoq toqiydigan korxona qurib bitkazildi. Kitob tumanida yiliga 3 ming tonna kalava tayyorlaydigan fabrika ishlayapti. Kelgusida uning quvvati 2 barobar oshadi.

Ostonaqulning mulohazalarini tinglar ekanman, mamlakatimiz iqtisodiyotida salmoqli orin tutadigan sanoat korxonalari haqida oylayman. Prezidentimiz nazaridan otkazgan, imkoniyatlarini oshirish yuzasidan zarur maslahatlar bergan loyihalar kolamini tasavvur qilishga urinaman. Bundan ancha yil oldin Guzor tumanining Shortan dashtida barpo etilgan Shortan gaz-kimyo majmuasi qurilishini bir necha bor korgan edim. Endilikda bu joyda Ozbekneftgaz kompaniyasi tasisligida mega loyiha amalga oshadi. Natijada tozalangan metan negizida Evro-5 talablariga mos 1,5 million tonna sintetik yoqilgi ishlab chiqariladi. Yangi turdagi mahsulotlar tayyorlanishi natijasida kelajakda kimyo, mashinasozlik, farmatsevtika, qurilish va toqimachilik tizimi jadal rivojlanadi.

Qashqadaryo viloyatida chorvachilik yaxshi yolga qoyilgan. Fermer xojaliklari, aholining chorva mollari muntazam kopayib borayapti. Xorijdan zotli qoramollar keltirilyapti. Ammo terini qayta ishlashga etibor berilmas edi. Kitob, Dehqonobod, Nishon tumanlarida charm-poyabzal tayyorlaydigan 5 ta korxona quriladi. Qarshi shahridagi Qarshi lazer korxonasining ozi yiliga 1 million dona terini qayta ishlab, poyabzal, charm-attorlik mahsulotlariga aylantiradi.

Yuring, yangi uylarimizni korasiz, deydi Nuroniy jamgarmasi Qarshi tuman bolimi rahbari Polvon Toliyev. Uning kasbi jurnalist, uzoq yillar tuman gazetasi muharriri bolib ishlagan. Birgalikda ikki qavatli yangi uyga yetib kelganimizda, gapni gapga uladi:

Bilasizmi, mana shu birinchi qavatdagi uch xonali uyning sohibi Xurshid Sharipov va rafiqasi Mehriniso Haydarovalarning nikoh toyi marosimini bir paytlar ozim boshida turib otkazib bergan edim. Kozlari ojiz, nogiron, ammo intilib, ikkalalari ham oliy malumot olishgan. Mehriniso kelin hozir Qarshi shahridagi kozi ojizlar maktabida ishlaydi. Ogil va qizlari bor.

Xush kelibsizlar, deya xursand kutib oldi Xurshidjon. Davlatimiz rahbarining uyimizga kelishini xayolimizga keltirmaganmiz. Kozim ojiz, ammo kelib sorashganlarida, ularni korganday boldim. Rahbarimizning qalbi ezgulikka tola, niyatlari odamlarning hayotiga yoruglik, yaxshilik, qut-baraka olib kirish. Farzandlarimizning sevinganlarini aytmaysizmi!..

Prezidentimiz bizning xonadonimizda ham mehmon boldi, deydi bir qavatli yangi uyga kochib kirgan Qashqadaryo viloyati qogirchoq teatrining ovoz rejissyori, 32 yoshli Alisherjon Ahmedov. Keliningiz Feruzaxon viloyat musiqali drama teatrida ishlaydi. Ogil va qizimiz bor. Ochigi, olgan maoshimizga uy olishimiz qiyin, yangi uyni orzu ham qilmaganmiz. Mana, shunday kunlar kelarkan, arzonlashtirilgan uyning dastlabki badalini tolab, bankdan kredit oldik va yangi uyli boldik. Mamlakatimiz rahbari shunday samimiy, mehribon ekanki, uyimizga davlat qondi. Qizchamizni bagriga bosib, erkaladi. Biz bu kunni hech qachon unutmaymiz.

Qarshi shahri... Biz shaharning Gulshan mahallasiga yetib kelganimizda, quyosh tikka kotarilgan edi. Mahallaning yangi idorasi oldida odamlar gavjum. Sorashdik va suhbatlashdik. Malum bolishicha, mahallaning eski binosi ornida 4 qavatli yangi uy qurilibdi. Shu imoratni tiklagan qurilish tashkiloti boshligi Otkir Erkaev mahallaning yangi idorasini ham qurib beribdi. Zamonaviy, barcha sharoit hozirlangan. Bir xona profilaktika inspektoriga ajratilgan. Yangilik shundan iborat ekanki, xonaga ornatilgan monitor orqali mahalla kochalarini bemalol kuzatsa bolarkan.

Shu paytgacha ishga Koson tumanidan qatnar edim, deydi Qarshi shahar ichki ishlar bolimi xodimi, kapitan Mirkomil Murodov. Yaqinda uch xonali xizmat uyiga umr yoldoshim, farzandlarim bilan kochib keldik. Endi mahalla ahli bilan birgamiz. Uyning ikki sotix tomorqasi bor, mevali daraxt, ekin ekamiz. Davlatimiz rahbari mahalla idorasini kozdan kechirib, yangi uyimizda ham boldi. Ishimiz, turmushimiz haqida soradi. Rosa hayajonlandim. Gamxorlik uchun minnatdorlik bildirdim.

Qarshi shahrida yuz bergan, ahamiyati nihoyatda ulkan voqealarning barchasini aytish oson emas. Mamlakatimiz rahbari avvalo qurilish va obodonchilik bilan tanishib, koplab zarur maslahat va takliflarini bildirdi. Bundan tashqari, aholi salomatligini yaxshilash, tibbiy xizmat korsatishni zamon talablariga moslashtirish yuzasidan yangi loyihalar muhokama qilindi. Jumladan, shaharda yangi yuqumli kasalliklar, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Qarshi filiallari quriladigan boldi. Shuningdek, tabiatni asrash, chiqindilarni qayta ishlash, dori-darmon sanoatini rivojlantirish va boshqa sohalarga daxldor muhim loyihalar muhokama qilindi va istiqbolli rejalar belgilandi. Bu borada faollar, soha mutaxassislari, jonkuyarlar oz mulohazalarini bildirdilar.

Salomat Komilova, Qarshimebel MChJ rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Faollar yigilishida konglimdan eng avvalo nima otganini aytaymi? Shukronalik! Mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimizni yangi davrda jadal rivojlantirish, xalqimizga munosib farovon hayot yaratib berishga bel boglagan davlatimiz rahbaridan minnatdorlik toygusi... U kishi Qarshida Birinchi Prezidentimizga yodgorlik ornatish, uning joyini tanlash borasida maslahatlashganida juda hayajonlandim... Xalqiga astoydil xizmat qilgan ulug zotlarning ishi va nomi unutilmaydi.

4 nafar farzandim bor. Hozir korxonamizda 23 kishi mehnat qilyapti. Yangidan alohida mebel sotiladigan dokon qurayapmiz. Yana koplab orzularimiz bor.

Ochil Xalilov, Qashqadaryo Dori-darmon aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining raisi:

El sogligi yurt boyligi. Bu azaliy haqiqat. Yurtimizda tibbiy xizmat korsatishni yaxshilash borasida katta ishlar qilinmoqda. Davolash ishlarini zarur dori-darmonlarsiz olib borish qiyin. Prezidentimizning aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar togrisidagi qarori, Qashqadaryo viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturi soha taraqqiyoti uchun asos bolyapti. Masalan, dorivor osimliklarni saralash va qadoqlash korxonasi ishga tushirildi. Uskunalar Hindistondan olib kelindi. Viloyat ormon xojaliklari bilan 2 milliard somlik dorivor osimliklarni yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzilgan. Otgan yili 17 turdagi, jami bir milliard somlik qadoqlangan dorivor osimliklarni dorixonalarga yetkazib berdik. Prezidentimiz ana shu ishlar bilan tanishib, yangi loyihalarni amalga oshirish boyicha qimmatli maslahatlar berdi. Turli mevalarning yogini ajratadigan korxona yil oxirigacha ishga tushadi. Uskunalar Xitoy davlatidan olib kelingan. Hozirgi talab qanday? Import ornini bosadigan dori-darmon vositalarini ozimizda ishlab chiqarish, ehtiyojdan oshganini eksportga jonatish. Antibiotiklar ishlab chiqaradigan ana shunday yangi yirik korxona qurilishi yil oxirigacha tugallanadi.

Karima Yodgorova, Qashqadaryo viloyat tabiatni muhofaza qilish qomitasining targibot bolimi mudiri:

Davlatimiz rahbari taraqqiyot rejalari haqida gapirar ekan, tabiatni asrash masalalariga alohida etibor qaratdi. Masalan, vohaning tog va tog oldi hududlarida shifobaxsh osimliklarni ostirish loyihasi katta ahamiyatga ega. Bu, oz navbatida, ormon xojaliklaridan samarali foydalanish, tabiatni asrab-avaylash ishlarini puxta tashkil etishni talab etadi.

Izzatilla Zayniyev, Qashqadaryo viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya markazi boshligi orinbosari:

Atrof-muhitning tozaligi inson salomatligi, ayrim xavfli kasalliklar tarqalmasligining ishonchli omilidir. Davlatimiz rahbari Qarshi tumanida quriladigan chiqindilarni qayta ishlash korxonasi ahamiyati haqida gapirdi. Nishon kozgu kop tarmoqli fermer xojaligi tomonidan Qarshi shahrida avtomatlashtirilgan qushxona qurildi. Rahbarimiz bunday qushxonalarni boshqa joylarda ham qurish lozimligini korsatib otdilar. Buning ahamiyati shundaki, oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, atrof-muhitni toza saqlash imkoni yaratiladi. Biz bu borada berilgan korsatmalarni amalga oshirish maqsadida shifokor xodimlarimizni viloyatdagi barcha mahallalarga biriktirib chiqdik. Bu haqiqiy ahvoldan zudlik bilan xabardor bolish, kasallik keltirib chiqaradigan holatlarni tezda bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.

Shuhrat Qurbonov, Qashqadaryo viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi boshligi:

Mamlakatimiz rahbari viloyatdagi qurilish hamda obodonchilik ishlari boyicha koplab zarur maslahatlar berdi va takliflarini bildirdi. Jumladan, yangi suv havzasi qurilishi jadal olib boriladi. Qarshi shahridagi Jayxun kochasida 5 qavatli va 45 kvartirali uylar arzonlashtirilgan edi. Endi bunday uylarni qurish yana kopayadi. Yoshlar koli yoqasida 3 ta 5 qavatli yangi uy quriladi hamda kol atrofi obod qilinadi. Alisher Navoiy nomli istirohat bogida zamonaviy attraksionlar ornatiladi. Vohada tarixiy obidalar, qadamjolar kop. Shulardan biri Abul-Muiyn Nasafiyning Qarshi tumani Qovchin qishlogidagi maqbarasidir. Davlatimiz rahbari bu ziyoratgohni obod qilish yuzasidan qimmatli takliflarni berdi.

Oroz Haydar, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bolimi rahbari:

Barchamiz davlatimiz rahbarining Abdulla Oripov xotirasini abadiylashtirish uchun yodgorlik ornatish, alohida muzey va shoir nomidagi yosh ijodkorlar maktabini tashkil etish haqidagi taklifini hayajon bilan eshitdik. Abdulla Oripov ozodlikni, mustaqil Ozbekistonni yonib kuylagan, nodir asarlar yaratgan buyuk shoir edi. Bunday ulug inson xotirasi adabiylashtirilishi xalqimizning qalbida iftixor, shukronalik tuygularini kuchaytiradi, yosh avlod tarbiyasida ibrat namunasi bolib xizmat qiladi...

OzXDP Shahrisabz tuman kengashi raisi, tuman Kengashi deputati Dilshod Yorov Shahrisabz logistika markazi haqida gapirib berdi. Uni bunyod etishga tadbirkor Akrom Ahmadjonov bosh-qosh ekan. Kunchiqar qishloq fuqarolar yigini hududidan markaz uchun yer ajratilibdi. Meva-sabzavotlar yetishtirish, qayta ishlash va yiliga 25 ming tonna mahsulotni eksport qilish moljallanmoqda. Bunday rejalar Chiroqchida ham amalga oshayotganini tuman hokimining orinbosari, partiyamizdan viloyat Kengashi deputati Durdona Akbarova ham hayajonlanib hikoya qildi. Kop yangiliklarni korib, kuzatib, Kitob tumaniga qaytdik.

Xullas, hozir viloyatning qaysi hududida bolmang, kim bilan gaplashmang, yangi rejalar, orzular haqida eshitasiz. Xursand bolaman. Tadbirkorlikka qol urayotgan yuzlab, minglab sergayrat hamyurtlarimiz, istiqbolli korxonalar, bunyod boladigan zamonaviy shifoxonalar haqida oylayman. Jonajon Ozbekistonimizning yanada yuksalayotgani, uning qudratli tayanchlaridan biri Qashqadaryo ahlining bugungi gayrati, shijoatidan qalbim gururga toladi. Najot mehnatda, orzu qilishda. Buyuk shoirning aytgani yodga tushadi:

Serquyosh hur olkam, elga baxt, najot!..

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: