O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.02.2017

ODAMLAR YAXSHI YASHASHI UCHUN ZARUR SHAROITLAR YARATISH BARCHA RAHBARLARNING ASOSIY VAZIFASIDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, keng kolamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatida boldi.

Davlatimiz rahbari 24 fevral kuni qishloq xojaligini rivojlantirish, yengil sanoat va energetika korxonalarini tashkil etish loyihalari bilan tanishdi, yangilangan namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan uy-joylarda bolib, odamlar bilan dildan suhbatlashdi. Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish masalalariga bagishlangan yigilish otkazildi. Ushbu tadbirlarda 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturidagi maqsad-vazifalar oz ifodasini topdi.

Prezidentimiz Qashqadaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kunini Qarshi shahridagi Gulshan mahallasida fuqarolar yigini xodimlari va profilaktika inspektori birgalikda ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan boshladi.

Mahallalarning hayotimizdagi orni va ta’siri bugungi kunda ortib bormoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini takomillashtirish, uning vazifa va vakolatlarini kengaytirish, odamlar hayotidagi rolini mustahkamlashga alohida etibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 3 fevraldagi Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga kotarishda muhim dasturilamal bolmoqda.

Qarshi shahrida ham mahalla fuqarolar yiginlari faoliyati samaradorligini oshirish, ular uchun zamonaviy sharoit yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda Gulshan mahalla fuqarolar yiginining yangi binosi foydalanishga topshirilgani buning dalilidir.

Mahalla idorasining zamonaviy binosida barcha sharoit yaratilgan. Mahalla raisi, kotib, maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar ajratilib, komputer, mebel, tegishli adabiyotlar bilan taminlangan. Profilaktika inspektori xonasi mahalla hududidagi jamoat joylariga ornatilgan videokuzatuv uskunalari orqali hududni nazorat qilib turish imkoniyatini beruvchi monitor bilan jihozlangan.

Mahalla jamiyatimizdagi adolat tamoyillarining kozgusiga aylanishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Bu yer odamlar kelib fikrini, taklifini, dardini aytadigan, muammosiga yechim topadigan joy bolishi lozim. Mahalla raisi va profilaktika inspektori hududdagi har bir oilaning ahvolidan xabardor bolishi, kim nima bilan mashgul — hammasini bilishi darkor. Ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlardan kozlangan asosiy maqsad mahallani kechayu kunduz odamlarning ahvolidan xabardor boladigan maskanga aylantirishdir.

Gulshan mahallasi Qarshi shahridagi namunali mahallalardan. Uch yarim mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahalla hududida jamoat tartibi va xavfsizligini taminlashda fuqarolar yigini raisi va xodimlari profilaktika inspektori bilan birgalikda ish olib boradi. Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni Profilaktika kuni deb belgilangani bu yonalishdagi chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish, mahalla hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olishda muhim omil bolmoqda.

Prezidentimiz fuqarolar yiginlari va profilaktika inspektorlari birga ishlaydigan yangi tizim yaratish zarurligini qayd etdi. Shahardagi barcha militsiya tayanch punktlarini bir-biri bilan boglovchi optik tolali tizim barpo etish boyicha mutasaddilarga topshiriq berildi.

Gulshan mahalla fuqarolar yigini hududida profilaktika inspektori oilasi bilan yashashi uchun turar-joy barpo etilgan. Davlatimiz rahbari ushbu xonadonda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bunday uylar profilaktika nozirlarining kechayu kunduz oz hududida bolib, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini taminlashida muhim ahamiyatga ega, dedi Prezidentimiz. Shuning uchun Qarshi shahrida faoliyat korsatayotgan barcha profilaktika inspektorlariga mana shunday uylar qurib berish zarur. Bu hududda jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Asinza-BZ masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan, qiymati 8,7 milliard somni tashkil etadigan madaniyat va istirohat bogida shahar aholisi, ayniqsa, bolajonlar bosh vaqtini mazmunli otkazishi va miriqib dam olishi uchun barcha qulayliklar muhayyo qilinadi. Xitoyning Zhengzhou Beston Amusement Equipment Co. Ltd. kompaniyasida ishlab chiqariladigan zamonaviy attraksionlar olib kelib ornatish, zamon talablari asosida sport va bolalar maydonchalari qurish rejalashtirilmoqda.

Asosiy maqsadimiz xalqimizni rozi qilish, odamlarning farovon yashashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir, dedi Shavkat Mirziyoyev. Odamlar bosh vaqtida bu yerga kelib maroqli dam olsa, farzandlari, nabiralarining quvonchini korsa, kulgularini eshitsa, hayotdan kongli toladi, ruhi kotarilib, yangi-yangi marralarga intiladi.

Prezidentimiz bogda yashil maysazorlarni kopaytirish, turfa gul va manzarali daraxtlar ekish, bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratish boyicha zarur korsatmalar berdi.

Davlatimiz rahbari Qarshi shahridagi ilgarigi Nasaf stadioni hududida barpo etilayotgan zamonaviy suzish havzasi va dam olish majmuasi loyihasi bilan tanishdi.

25x11 metr olchamdagi ikkita suzish havzasi hududda suv sporti turlarini yanada ommalashtirish, yoshlar ortasida soglom turmush tarzini qaror toptirish, kelajakda jahon va Olimpiya chempionlarini tarbiyalashga xizmat qiladi.

Bu yerda yaratiladigan zamonaviy sharoitlar barchaga manzur bolishi muqarrar. Suvni tozalash, isitish, haroratni motadil saqlash uskunalari ornatiladigan basseynlar bu yerga keluvchilarning suzish mahoratini oshirish, sogligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yoshlarimizning barkamol osib-ulgayishi uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz kerak, dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Shunda ular Ozbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov takidlaganidek, bizdan kora kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli boladi.

Majmuani jihozlashda ilgor va tejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish, kiyinish, yuvinish xonalarida barcha qulayliklarni yaratish boyicha zarur topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari Jayxun kochasida qurilayotgan 5 qavatli zamonaviy turar-joy binolari loyihasi bilan tanishdi. Ushbu kochada aholi uchun 25 ta ana shunday kop qavatli uy barpo etiladi. Hududda davr talablari asosida faoliyat yuritadigan restoranlar, supermarketlar, issiq non va oziq-ovqat dokonlari, kafe va choyxonalar, gozallik salonlari, sartaroshxona va avtomobillar turadigan joy qurish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida barpo etiladigan maishiy chiqindilarni qayta ishlash zavodi loyihasini kozdan kechirdi.

Universal max service masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 4 million dollardan iborat. Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida yiliga 180 ming tonna chiqindini yigish, saralash va qayta ishlash yolga qoyiladi. Bugungi kunda dastgohlar sotib olish boyicha shartnomalar tuzish, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Chiqindilarni qayta ishlash atrof-muhit musaffoligini taminlash va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishda muhim omildir, dedi Prezidentimiz. Bu shahardagi sanitariya holatini yanada yaxshilashda, aholining salomatligini muhofaza qilish va bandligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Qashqadaryo dori-darmon aksiyadorlik jamiyati tomonidan Buyuk Britaniyaning Rodex Trading Limited kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan kukun shaklidagi antibiotik dori vositalari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Qiymati 5 million AQSh dollaridan ortiq bolgan ushbu loyihaga kora klaforan, sefomed, gentomitsin, sefazolin, sefotaksim va boshqa turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish yolga qoyiladi.

Davlatimiz rahbari dorivor osimliklarni qayta ishlash, tibbiy moylar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini kozdan kechirdi.

Qashqadaryo vohasining purviqor toglari, bepoyon qiru adirlarida shifobaxsh giyohlar, buta va daraxtlar serob, dedi Prezidentimiz. Ularni qayta ishlash asosida dori-darmon vositalari ishlab chiqarish har jihatdan samarali va istiqbollidir. Sohada har bir tadbirkorga zarur imtiyoz va qulayliklar yaratish lozimligi qayd etildi.

Loyihada tirnoqgul, zubturum, oshqovoq urugi, tog rayhoni, namatak, kiyik oti, dalachoy, moychechak kabi osimliklardan dorivor choylar, bodom, kanakunjut, shaftoli, zigir, sedana, orik, mavrak singari buta va daraxt mevalaridan shifobaxsh moylar ishlab chiqarish moljallanmoqda. Loyihani amalga oshirish natijasida yuzga yaqin ish orni yaratiladi.

Prezidentimiz Qarshi shahrida elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Bu yerda yiliga TCL brendi ostida 25 ming dona zamonaviy televizor, 15 ming Samsung changyutgichi, 100 mingdan ortiq rozetka va elektr uzatgich mahsulotlari ishlab chiqarish kozda tutilgan.

Mahsulot narxini arzonlashtirish va ularni eksportga yonaltirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, korxona faoliyatiga kollej bitiruvchilarini jalb etish boyicha korsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari Qarshi shahrida qurilayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filiallari loyihalari taqdimotida ham ishtirok etdi.

Sogliqni saqlash sohasida amalga oshirishimiz zarur bolgan ishlarimiz kop. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatida ham yechimini kutayotgan masalalar anchagina. Mavjud markazlar filiallarini viloyatlarda tashkil etish bilan koplab masalalarga yechim topish mumkin, dedi Prezidentimiz.

Aholiga endokrinologiya sohasida profilaktika, diagnostika va davolash yordami korsatishning zamonaviy tizimi yaratilgani xalqimiz salomatligini mustahkamlashga xizmat qilayotir. Sohaga ilgor ilm-fan yutuqlari joriy qilinayotgani natijasida gipofiz bezi, qalqonsimon bez xastaliklari, qandli diabet asoratlari tufayli kelib chiqadigan buyrak yetishmovchiliklari va boshqa ogir xastaliklar samarali davolanmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 150 orinli Qarshi filialida yiliga 700-800 jarrohlik amaliyoti otkazilishi kozda tutilmoqda. Diabetik nefropatiya, umumiy endokrinologiya va diabetologiya, qalqonsimon bez va diabetik topiq jarrohligi kabi bolimlarni oz ichiga olgan markaz eng songgi rusumdagi tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filialida klinik-bioximik laboratoriya, avtoklav, poliklinika, rentgen-endovaskulyar jarrohlik bolimi, aritmologiya, arterial-gipertenziya, yurak ishemik kasalliklari, reabilitatsiya, kardiojarrohlik bolimlari tashkil etiladi. 120 orinli filial joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Prezidentimiz mazkur loyihalar bilan tanishar ekan, bu filiallarning tashkil etilishidan maqsad aholiga yanada koproq qulaylik yaratish, ularning sogligini ishonchli himoya qilish ekanini alohida takidladi. Tibbiyot xodimlari bemorning kelishini kutishi kerak emas, aholi orasida yurib profilaktika va tibbiy madaniyatni oshirish, kasallikning oldini olish bilan shugullanishi lozim.

Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining yangi binosi loyihasi bilan tanishdi.

Bugungi kunda mazkur shifoxona 1990-yillarda qurilgan binoda joylashgan bolib, bu aholiga sifatli tibbiy xizmat korsatishda bir qancha noqulayliklar keltirib chiqarmoqda. Eng songgi rusumdagi tibbiy uskunalar bilan jihozlanadigan shifoxonada virusli gepatitning oldini olish, diagnostika va davolash ishlari olib boriladi.

Viloyatda poliklinikalar, tuman tibbiyot birlashmalari faoliyatini takomillashtirish, tez tibbiy yordam xizmatlarini yangidan tashkil qilish, qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirish, tibbiyotning turli yonalishlari boyicha markazlar tashkil etish yuzasidan korsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston xalq shoiri, Ozbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali, Abul-Muiyn Nasafiy ziyoratgohi rekonstruksiyasi loyihalari bilan tanishdi.

Abdulla Oripov ozbek adabiyotini yangi bosqichga kotargan nodir istedod sohibi edi. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy sherlari xalqimiz konglidan chuqur joy olgan. Dramatik va publitsistik asarlari, doston va tarjimalari adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa bolib qoshilgan.

Abdulla Oripov Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi sifatida xalqimiz qalbida mangu yashaydi. Qahramon shoirimizning haykali Qarshi shahridagi Ozbekiston kochasida bunyod etiladi. Bu yoshlar uchun faxr va gurur timsoli, manaviy tarbiya manbai bolib xizmat qiladi.

Prezidentimiz haykal loyihasini takomillashtirish, bu yerda Abdulla Oripov maktabi va muzeyini tashkil etish zarurligini takidladi.

Abul-Muiyn Nasafiy XI asrda yashagan, islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qoshgan allomalardan biridir. Buyuk bobomizning ilmiy asarlari bugungi kun uchun ham goyat ahamiyatlidir.

Davlatimiz rahbari bu qadamjoni keng va obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, bu maskanda kutubxona tashkil etish, alloma asarlarini tarjima qilib, xalqimizga yetkazish boyicha tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib kordi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi, odamlar bilan samimiy muloqotlar voha xalqiga katta xursandchilik bagishladi, belgilab berilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar viloyat rivojini yangi bosqichga kotaradi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: