O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
10.07.2012

Jurnalistlar Adolat partiyasining elektoratimi?

yaqinda «Adolat» SDPning internet portali — «www. adolat.uz» saytida partiyaning Andijon viloyat Kengashi matbuot xizmatining «Jurnalistlar — bizning elektoratimiz!» sarlavhasi ostidagi maqolasi e’lon qilindi

Bu O‘rinda maQolaning mazmuni HaQida tO‘xtalmoQchi emasmiz. Bizni Hayron Qoldirgani uning sarlavHasi bO‘ldi. U nafaQat bizni, balki siyosiy partiyalar faoliyatidan xabardor Har bir kishini taajjubga solishi aniQ. Chunki «adolat»chilarning Hech bir dasturiy Hujjatida jurnalistlar ularning elektorati ekani Qayd etilmagan. MaQolaning O‘zida Ham ushbu «yangilik»ni asoslashga xizmat Qiluvchi biror-bir jO‘yali fikr aytilmagan.

Qiziq, «adolat»chilar nimaga tayanib, qanday mezonlar asosida bu da’voni ilgari surishayapti?

To‘g‘risi, «Adolat» SDP elektorati masalasida yaqingacha turli xil fikrlar, tortishuvlar mavjud edi. Partiyaning saylovoldi dasturida elektorat masalasiga aniqlik kiritildi. Ammo jurnalistlar «Adolat» SDP elektorati ekanligi to‘g‘risida hech qanday gap-so‘z bo‘lmagan.

«Adolat»chilar dasturida «Partiya o‘z faoliyatida va bo‘lajak saylovlarda yuqori malakali mutaxassis va ishchilar, ilm-fan va muhandis-texnik ziyolilar vakillari, pedagoglar, shifokorlar, muxtasar aytganda, O‘zbekistonni kuchli, obro‘li, o‘zini o‘zi ta’minlay oladigan davlat sifatida ko‘rishni, millatlararo totuvlik va ijtimoiy adolat hukm suradigan jamiyatda yashashni istaydiganlarning yordamiga tayanadi va ishonadi», deb ta’kidlangan.

Biroq «Adolat» SDP ko‘magiga aynan kimlar tayanishi mumkinligi, ya’ni partiya kimlarning manfaatini himoya qilishiga kelganda esa... Ularning «Jurnalistlar — bizning elektoratimiz!» deya bong urishi, bu partiya haligacha elektorat masalasida bir to‘xtamga kelmaganini ko‘rsatmaydimi?

Bizningcha bu kabi mantiqsiz da’volar odamlarni chalg‘itishga, ularda siyosiy partiyalar faoliyati to‘g‘risida noto‘g‘ri tushuncha va tasavvurlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Hozir biz internet asrida yashayapmiz. Siyosiy partiyalar va ularning nashrlari internetdagi veb-saytlariga ega. Internetga joylashtirilgan har qanday axborot bilan esa butun dunyo tanishishi mumkin. Demak, «adolat»chilarning navbatdagi asossiz da’vosi jurnalistlarni ham hayratga solayotgani tabiiy.

O‘ylamay aytilgan bu kabi gaplar, asossiz da’volar «Adolat» SDPga obro‘ keltirmaydi, albatta. Siyosiy partiyaning yo‘li, maqsadi, aytadigan gapi aniq va qat’iy qo‘yilsagina odamlar unga ishonadi, kerak bo‘lsa, qo‘llab-quvvatlaydi.

Dilshod NARZULLAYEV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: