O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.02.2017

MAMLAKATIMIZDA DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH BOYICHA YANGI DAVR BOSHLANMOQDA

Prezidentimiz Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan senatorlar va deputatlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, aholini oylantirayotgan masalalarni chuqur organishi, tahlil qilishi, shu asosda mahalliy ijro hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati yuzasidan tegishli xulosalar chiqarishi kerakligi haqida takliflar bergan edi.

Shunga muvofiq, Oliy Majlis Senati a’zolari hamda Qonunchilik palatasi deputatlari joylarda aholi vakillari bilan bevosita muloqotda bolib, ularni oylantirayotgan masalalarni, ijro hokimiyati faoliyatini tanqidiy-tahliliy nuqtai nazardan organdi. Bunday muloqotlar aholining xohish-istaklarini bilishda, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etishda, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan qatiy qoidani amalga oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan jamiyat hayotining barcha sohalarida roy berayotgan ozgarishlar yurtimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish boyicha yangi davr boshlanganini aks ettirmoqda. Xalqimiz bu boradagi ezgu ishlarni chin kongildan qollab-quvvatlayotgani, kelajakka katta umid va ishonch bilan qarayotgani parlament azolari bilan otkazilgan muloqotlarda yana bir bor hayotiy isbotini topdi. Hududlarda bolib, haqiqiy ahvol, real hayotni organib qaytgan deputatlar xalq bilan yuzma-yuz uchrashib, qanday xulosaga keldi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi azolari shu va boshqa savollarimizga javob berdi.

Yoqub UMAROV, Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasi raisi, OzXDP fraksiyasi azosi:

– Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida otkazilgan uchrashuvlar, muloqotlar chogida aholi vakillari mamlakat rivoji, xalq farovonligi yolida amalga oshirilayotgan say-harakatlar oz samarasini berayotganini takidlashdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va tuman Kengashi deputatlari, senatorlar xonadonlarga kirib, fuqarolarning fikr-mulohazalarini eshitishi aholi tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi. Bu amaliyot barcha deputatlar professional bilim va tajribalarining keskin oshishiga va ularning saylovchilar oldidagi masuliyati kuchayishiga xizmat qiladi.

Ochiq muloqotlar samarasi yuqori boldi, desam kopchilik fikrini ifodalagan bolaman. Kopgina masalalar joyida hal etildi. Odamlar fikr-mulohaza, taklif bildirishiga keng imkoniyat yaratildi.

Asosiy xulosam shuki, xonadonlarni, xojaliklarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taminlash dolzarb masala bolib qolmoqda. Buning uchun muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish imkoniyatlari yaratilishi zarur. Arzon, qulay va oddiy bolgan quyosh batareyali panellar ishlab chiqarishni kengaytirib, aholi va tadbirkorlar ortasida targib qilishimiz kerak. Elektr energiyasi bolsa, maktab oquvchilari uyida dars qila oladi, fuqarolar televideniye orqali yangiliklardan voqif boladi, tadbirkorlik rivojlanadi. Oz navbatida tadbirkorlar ham mahalla va qishloqlardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga hissa qoshadilar. Yollar tamirlanadi, maktab va bogchalarning isitish tizimlari yaxshi ishlaydi, kitobxonlik kengayadi, turli maishiy xizmatlar sifati oshadi.

Farhod UMAROV, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qomitasi azosi, OzXDP fraksiyasi azosi:

Bu galgi uchrashuvlar avvalgilaridan tubdan farq qildi. Ilgarigi uchrashuvlar malum ijtimoiy soha tashkiloti majlislar zalida yoki hokimiyat binosida asosan mahalla faollari va byudjet tashkilotlari xodimlari ishtirokida otgan bolsa, bu galgisida bevosita xonadonma-xonadon yurib, aholi vakillari bilan suhbatlashildi. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, xalqning ichiga kirib borildi.

Agar odamlar uchrashuvlar davomida faqat kamchiliklar haqida gapirdi, muammolarni kotardi, desak xato qilamiz. Ular bugungi kunda otkazilayotgan islohotlar togrisida iliq fikrlar bildirib, tinch-totuv hayotimizga shukrona keltirish. Togri, joylarda muammolar bor, shu bilan birga, fuqarolarimizda ertangi kunga ishonch ham, yaxshi hayot kechirishga intilish ham yuqori.

Komila KAROMOVA, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qomitasi azosi, OzXDP fraksiyasi azosi:

Eng avval shuni aytishim kerakki, ushbu uchrashuvlar biz deputatlar uchun katta tajriba maktabini otadi. Xalqimizni qiynayotgan masalalar, muammolar haqida fuqarolarimizning ozidan eshitdik. Odamlarning mamlakatimizdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy ozgarishlarga, islohotlarga befarq emasligini, yaxshi yashashga ishtiyoqi baland ekanini oz kozimiz bilan kordik.

Aholi va elektorat vakillari bilan otkazilgan muloqotlarda ijtimoiy infratuzilma hamda tadbirkorlikni rivojlantirish, moliya-kredit tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish, savdo va maishiy xizmat korsatish sifatini oshirish, aholi bandligini taminlash masalalariga alohida etibor qaratildi. Qabul qilingan qonunlar, boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini yaqindan organish, aholining talab, takliflarini eshitish, mahalliy ijro hokimiyati faoliyatini tanqidiy tahlil etish kelgusi vazifalarni belgilab olishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Muloqotlar davomida ozingiz guvohi bolgan muammolar haqida aniq misollar keltirsangiz...

Yoqub UMAROV:

Avvalo, aytish kerakki, mustaqillik yillarida barcha hududlarda katta islohotlar amalga oshirilgan. Buni odamlarning ozlari takidlashyapti. Biz etiborni yutuqlarga emas, koproq kamchiliklarga qaratdik.

Ishtixon tumani aholisi bilan otkazilgan muloqotlar davomida hududlarda qator muammolar borligi aniqlandi. Misol uchun, Mirishkor mahallasidagi 4 ta qishloqning hech birida maktabgacha talim muassasasi yoq ekan. Aholi shu masalada amaliy yordam soradi.

Mitan shaharchasidan Payariq tumanining Chelak shahrigacha bolgan 30 km masofada maktab bitiruvchilari talimni davom ettirishi uchun birorta kasb-hunar kolleji yoki akademik litsey mavjud emas. Mitan shaharchasidagi, Payariq va Chelak shaharlaridagi kollejlar oquvchilar bilan tolib qolishi oqibatida ushbu qishloqlarning aksariyat maktab bitiruvchilari qariyb 40 km uzoqlikdagi Ortaqishloq, Barlos va boshqa kollejlarga biriktirib qoyilgan. Masofa uzoqligi va togridan-togri yolovchi transporti mavjud emasligi oqibatida oquvchilar ozlari biriktirilgan talim muassasalariga qatnay olmayapti.

Tibbiyot sohasida ham kamchiliklar oz emas. Qiyot qishlogida joylashgan «Zarafshon» qishloq vrachlik punktida 8:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasi bolmasligi sababli tibbiy jihoz va asbob-uskunalarni ishlatish imkoniyati yoq. Shu sababli qishloq vrachlik punktlarida tibbiy xizmat korsatish sifati pastligicha qolmoqda. Bundan tashqari, kadrlar yetishmaydi, tez tibbiy yordam va patronaj xizmati yaxshi yolga qoyilmagan.

Shuningdek, ichki yollarni tamirlash, koprik qurish boyicha ham koplab murojaatlar boldi. Axmonovul, Boylar, Chinoq, Togaykol va Qiyot qishloqlari, Gulobod mahallasidagi ichki yollar tamirtalab holatga kelib qolgan.

Muammolar bilan yuzma-yuz kelganimizda ularning kopi hududlar darajasida hal etsa boladigan masalalar ekanini kordik. Tegishli tashkilotlar ularga etibor qaratib, masuliyatni chuqur anglab, odamlar bilan hamnafas, hamfikr bolib ishlashi kerak. Bu hayot taqozosi.

Farhod UMAROV:

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini organish jarayonida aholi tomonidan turli muammolar kotarildi. Aksariyat murojaatlar elektr energiyasi taminotidagi uzilishlar, tabiiy gaz hisob-kitoblarini amalga oshirishda qarzdorlikning asossiz kopaytirib korsatilishi, ichki yollar, komir yonilgisining sifati pastligi, uni sotib olishdagi qiyinchiliklar, suyultirilgan gaz toldirilgan ballonlarni yetkazib berishdagi kechikishlar masalalarida boldi.

Savdo dokonlarida mahsulotlarning plastik kartalar va naqd pulda sotilishida narx tafovutlari, joylarda kutubxonalar, istirohat boglari, muzey, umuman aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yoqligi aniqlandi.

Soham yonalishidan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlarida boldim. Ularning muammolarini tinglashga va imkon qadar hal etishga harakat qildik. Uchrashuvlarda tumanda tadbirkorlikning rivojlanishiga tosqinlik qilayotgan bir qator muammolar borligi kozga tashlandi. Misol uchun, har kuni bir necha soat davomida hududda elektr energiyasida uzilishlar mavjudligi sanoat korxonalari ochilishiga tosqinlik qilmoqda. Natijada ayrim ishlab chiqarish subyektlari oz faoliyatini Buxoro shahriga yoki elektr taminoti nisbatan yaxshiroq bolgan tumanlarga kochirishga majbur bolmoqda.

Tadbirkorlikni tashkil qilish uchun muhim omillardan biri hokimiyat tomonidan yer ajratish masalasidir. Aytish kerakki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori talablariga asosan yer ajratish mexanizmi juda murakkabligi sababli bu borada murojaat qilgan tadbirkorlar uzoq vaqt kutishlariga togri kelmoqda. Aynan shunga oxshagan muammolarni yechish yuzasidan qonunosti hujjatlariga ozgartish kiritish boyicha takliflar tayyorlayapmiz.

Komila KAROMOVA:

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 370 ming aholi istiqomat qiladi. Deputatlar va senatorlar uchrashuv davomida 600 dan ortiq xonadonlarda boldik. Aholi bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan rozi. Ammo hal etilishi lozim bolgan masalalar ham oz emas.

Masalan, ijtimoiy soha obyektlarining holati bilan yaqindan tanishganimizda, tumanda maktab yoshigacha bolgan bolalarning atigi 3,8 foizi maktabgacha talim muassasalariga jalb qilingani malum boldi. Mavjud bolalar bogchalari binolari tamirtalab. Ularda qattiq va yumshoq jihozlar va oyinchoqlar yetishmaydi.

Masalan, 9-bogcha 75 oringa moljallangan. Biz borgan kuni bogchada 45 nafar bola bor ekan. Bogcha mudirasi Boritosh Ashurovaning takidlashicha, sovuq kunlari bolalar davomati yaxshi bolmaydi. 1988 yildan buyon tamirlanmagan bogcha komir bilan isitiladi. Lekin komirning sifati yaxshi emas. Bolalarga sut mahsulotlari berilmaydi. Holbuki tuman bugungi kunda viloyatni sifatli sut-qatiq mahsulotlari bilan taminlamoqda. Taomnomaga qaraymiz. Nonushta: shirinchoy, pechenye. Tushlik: ugrali shorva, olma. Kechki ovqat: non-choy, bogirsoq.

Uyshun, Xumo, Uymovut qishloq fuqarolar yiginlari hududidagi maktab-kollejlarda esa oshxona, bufetlar tashkil etilmagan. Xolbuki, maktablarning aksariyatida 700 nafardan ortiq bola 2 smenada oqiydi. Yana bir muammo talim-tarbiya maskanlaridagi kutubxonalarda kitoblarning yetarli emasligi bilan bogliq. Mazkur talim maskanlari yaqin yillarda badiiy adabiyot bilan taminlanmagan.

Tuman kengashining sessiyasida ana shu masalalarga javob izlandi. Rahbarlarning masuliyatini oshirish haqida fikr bildirildi.

Muloqotlarning deputatlar, fuqarolar, mahalliy hokimiyat idoralari uchun foydali jihatlari nimada, deb oylaysiz? Qanday takliflaringiz bor?

Yoqub UMAROV:

— Ochiq muloqot, shubhasiz, barchamiz uchun foydali boldi. Avvalo, deputatlar muammolarni joyiga chiqib, oz kozlari bilan korish imkoniyatiga ega boldi. Mahalliy hokimiyatga hududdagi koz organgan muammolarga boshqacha nazar bilan qarashi va ularni deputatlar bilan birgalikda hal etishi boyicha takliflar berildi. Prezidentimiz topshiriqlari bevosita bajarilayotgani, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili togrisidagi Davlat dasturi talablari ijrosi taminlanayotganini korib, odamlarning jamiyat hayotida faol qatnashish istagi ortdi.

Qolaversa, davlat idoralari va xalq ortasidagi muloqot kolami kengaydi. Deputatlar, umuman, parlament oz faoliyatini togri rejalashtirishida bu amaliyot juda qol keladi.

Farhod UMAROV:

Bugungi kunda odamlarni oylantirib kelayotgan muammolar asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz, komir yetkazib berish, ichki yollar, plastik kartalarni ishlatishdagi masalalar bilan bogliqdir. Fikrimcha, mahalliy hokimiyat aynan shu masalalarga birinchi navbatda etibor qaratishi, kuch va imkoniyatlarni avvalo aholini eng kop qiynayotgan muammolarni hal etishga yonaltirish lozim. Misol uchun, Shofirkon tumani aholisi komirni qoshni Vobkent tumanidagi bazadan xarid qilib olishi lozim. Lekin oddiy aholiga ushbu tartib ogirlik qiladi. Shuning uchun mahalliy hokimiyat tomonidan Shofirkon tumanida komir bazasi tashkil etilsa, aholiga ancha qulaylik yaratiladi va katta bir muammo yechiladi.

Yoki yana bir masala tumandagi gaz idorasida hisob-kitoblarning chalkashligidadir. Idorada aniq hisob-kitob bolmagani sababli, hatto ikki-uch yil oldin gaz quvurlari kesib olib ketilgan hududlar aholisiga bugungi kun sanasi bilan qarzdorligi togrisida talabnomalar kelyapti. Bu holatda tumandagi iqtisodiy soha mutaxassislari ishtirokida komissiya tuzib, qarzdorlikni xatlovdan otkazish va uning natijalariga asosan qilinadigan ishlarni aniq belgilab olish lozim, deb hisoblayman.

Komila KAROMOVA:

Uchrashuvlar odamlar bilan yaqindan, ochigini aytganda, yurakdan suhbatlashish imkonini berdi. Mahalliy Kengash deputatlari bilan hamkorlikda ish olib bordik. Ularga maslahat berdik va ayni paytda organdik ham. Masalan, tuman Kengashi deputati Saydulla Bozorovning tashkilotchi, tashabbuskorligiga havas qildik. Uyshun qishloq fuqarolar yiginida 20 ming aholi istiqomat qiladi. Mahalladagi kattagina bozor Saydulla Bozorovning tashabbusi bilan bunyod etilibdi. Qulaylikdan mahalladoshlari xursand. Eng muhimi, 50 kishining bandligi taminlanibdi. Aholi oz deputatining tashkilotchiligidan mamnun ekanligini qayta-qayta takidladi. Uyshun qishloq fuqarolar yiginining yangi binosi ham hashar yoli bilan qayta qurilmoqda. Bu xayrli ishga ham tuman Kengashi deputati bosh-qosh bolyapti. Hammamiz fidoyi insonlardan ornak olishimiz, birinchi galda xalq bilan bamaslahat ish yuritishimiz kerak ekan. Mahalliy hokimlar ozlarining asosiy vazifasi hududda yashaydigan odamlarni rozi qilish ekanini chuqur tushunib olishlari lozim, deb oylayman.

Uchrashuvdan katta taassurotlar bilan qaytdim. Haqiqiy ahvol bilan bevosita tanishdik. Hali kop ishlar qilishimiz kerakligini angladim. Har qaysi bogindagi deputat, rahbarning yuragi yonishi kerak. Amalga oshiradigan barcha ishlarimiz aholining turmush tarzini yanada yaxshilash, jamiyatni rivojlantirishga xizmat qilishdan iborat bolmogi zarur.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Gulruh ODASHBOYEVA

tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: