O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.02.2017

DAVLAT BOSHQARUVIDAGI ISLOHOTLAR

jamiyat hayotini yanada demokratlashtirishga xizmat qiladi

Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi sifatida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish masalalari kozda tutilgan. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Oybek TURGUNOV bilan ushbu yonalishda ilgari surilgan goyalar, qabul qilinishi rejalashtirilayotgan qonun hujjatlari haqida suhbatlashdik.

— Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov oz nutqlaridan birida: «...hayot hech qachon bir joyda toxtab turmaydi, shiddat bilan, jadal sur’atlar bilan doimo oldinga intiladi. Kimki hayotning taraqqiyot suratlari bilan hamqadam bolmasa, unga loqayd va bepisand qarasa, erishgan yutuqlariga mahliyo bolib, xotirjamlik va havolanish kayfiyatiga berilsa, hech shubhasiz, tez ozgarib borayotgan tarixning bir chekkasida, qoloqlik va armonda qolib ketadi. Bu hayotning beshafqat, achchiq haqiqati va biz buni aslo unutmasligimiz kerak», degan edi, deydi Oybek Turgunov. Darhaqiqat, hayotning ozi bu fikr togriligini tasdiqlab kelmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev otgan yilning 14 dekabrida bolib otgan parlament palatalarining qoshma majlisida yangi va goyat masuliyatli vazifalar haqida toxtalib, oldimizga qoygan maqsad-muddaolarga yetish uchun bu ishlarni ozimiz qilmasak, boshqa hech kim bizga chetdan kelib qilib bermaydi, degan fikrni alohida takidladi. 2017 yil 7 fevraldagi Prezident farmoni va u bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasi ushbu hayotiy haqiqat asosida ishlab chiqilib, qabul qilindi desak, togri boladi.

Shu orinda Harakatlar strategiyasi loyihasini ishlab chiqishga jiddiy tayyorgarlik korilganini, Qonun hujjatlari tasirini baholash tizimi portalida jamoatchilik tomonidan keng muhokama etilganini alohida takidlash zarur. Ana shu mezonlar Harakatlar strategiyasining pishiq-puxtaligini taminladi.

Harakatlar strategiyasini tasdiqlashga oid farmonda qayd etilganidek, mamlakatimizda mustaqillik yillarida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida keng kolamli islohotlar amalga oshirildi. Buning natijasida otgan asrning 90-yillariga qaraganda, xalqimizning turmush sharoiti sezilarli darajada yaxshilandi. Shunday bolsa-da, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bugunning eng dolzarb vazifalaridan biri bolib qolayotgan edi. Harakatlar strategiyasi bu boradagi muammolarni bartaraf etish yolida tashlangan dadil qadamdir.

Keyingi paytlarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlament palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga alohida etibor qaratilmoqda, huquqiy asoslar kuchaytirilmoqda. Harakatlar strategiyasida bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish boyicha qanday vazifalar belgilangan?

Haqiqatan ham keyingi yillarda bu borada kop ish qilindi. Bugun davlat va jamiyatning har bir jabhasida parlament va siyosiy partiyalarning rolini sezilarli darajada oshirishni hayotning ozi taqozo etmoqda. Shuni hisobga olib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimda hamda 2016 yilning 14 dekabrida bolib otgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoshma majlisida parlament va jamoatchilik nazoratining tasirchan mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan takliflarni ilgari surgan edi.

Harakatlar strategiyasining Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish deb nomlangan birinchi yonalishini amalga oshirishda ham ushbu takliflarning ijro mexanizmlari nazarda tutilgan. Bular asosan davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning, davlat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash masalalarida yaqqol kozga tashlanadi.

Masalan, birgina joriy yilning ozida Parlament nazorati togrisidagi, Siyosiy partiyalar togrisidagi qonunlarga, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi togrisidagi va Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati togrisidagi konstitutsiyaviy qonunlarga hamda Qonunchilik palatasi va Senatning reglamentlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish moljallanmoqda.

Albatta, bu kabi chora-tadbirlar parlament palatalarining joylardagi ishlarning holatini organish va xalq bilan samarali muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan yangilash va takomillashtirishga, davlatning tashqi siyosatini amalga oshirishdagi roli, Ozbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirishga, siyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining huquq va vakolatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shu orinda jamoatchilik nazoratini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ham toxtalib otsangiz?

Harakatlar strategiyasida bu masalaga alohida etibor qaratilgan. Jumladan, unda xalq bilan muloqot qilishning samarali mexanizmlari va jamoatchilik nazoratining zamonaviy shakllarini joriy etish, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini yanada rivojlantirish bilan bogliq aniq chora-tadbirlar belgilangan. Masalan, shu yilning ozida Jamoatchilik nazorati togrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqilishi, Ijtimoiy sheriklik togrisidagi, Ommaviy axborot vositalari togrisidagi va Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish togrisidagi qonunlarga ozgartish va qoshimchalar kiritilishi rejalashtirilgan.

Umuman olganda, Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisidagi farmon va unda belgilangan vazifalarni sozsiz amalga oshirsak, mamlakatimiz va jamiyatimiz hayoti bundan-da yaxshilanadi, huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yolidagi say-harakatlarimizni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari kengayadi. Harakatlar strategiyasining maqsadi, asl mazmun-mohiyati yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini toliq taminlash hamda kafolatlashdan iboratdir.

Zero, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Farmon va Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan ezgu maqsad va goyalarning bekamu kost ijrosi kop jihatdan har birimizning faol ishtirokimiz va chuqur masuliyatimizga bogliq.

Mamurjon PARPIYEV

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: