O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.02.2017

TURKMANISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT

2017 yil 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bolib otdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti saylovidagi yuksak galabasi bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari lavozimidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqotda saylov natijalari Turkmanistonda xalq farovonligini yuksaltirish, mamlakatni izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chuqur oylangan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarga turkman xalqi yuksak ishonch bildirayotgani va ularni toliq qollab-quvvatlayotganining yana bir yorqin ifodasi bolgani qayd etildi.

Davlatlar rahbarlari ozaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbolli yonalishlarini muhokama etib, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Turkmaniston faol tashqi siyosat yuritayotgani va Gurbanguli Berdimuhamedovning tashabbuslari xalqaro maydonda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

Prezidentlar davlatlararo munosabatlar turli darajalarda sezilarli miqyosda faollashgani, ozaro manfaatli hamkorlik kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tomonlar Ozbekiston va Turkmaniston hukumat delegatsiyalarining amaliy tashriflari yakunlarini, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi hamkorlikni ijobiy baholadilar.

Davlat rahbarlari ikki qardosh mamlakat ortasida amaliy va ochiq muloqotni jadal rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlab, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar samaradorligini yanada oshirish uchun mavjud ulkan salohiyatni tola ishga solishga tayyor ekanini bildirdilar.

Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam soglik va masuliyatli davlat rahbari lavozimida ulkan yutuqlar, Turkmaniston xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

Suhbat davlatlarimiz rahbarlari ortasidagi muloqotga xos bolgan samimiy va dostona ruhda otdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: