O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.02.2017

OZBEKISTON PREZIDENTI ROSSIYA HUKUMATI RAISINING ORINBOSARINI QABUL QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 fevral kuni Iqtisodiy hamkorlik boyicha Ozbekiston — Rossiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining orinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Ozbekiston bilan Rossiya ortasidagi strategik sheriklik munosabatlari koplab yonalishlarda, xususan, savdo-iqtisodiy sohada izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning 2016 yil 6 sentabr kuni Samarqandda bolib otgan uchrashuvi chogida erishilgan kelishuvlar faol va samarali amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Bugungi kunda Rossiya Ozbekistonning asosiy iqtisodiy sheriklaridandir. 2016 yil yakunlariga kora, ozaro savdo hajmi 4,2 milliard AQSh dollaridan ziyodni tashkil etgan. Tovar ayirboshlash hajmini yanada kopaytirish maqsadida Ozbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini «yashil yolak» orqali rossiyalik istemolchilarga yetkazishni tashkil etishga doir kelishuvlar imzolangan. Joriy yilda Rossiya bozoriga 1 million tonnadan ortiq meva-sabzavotlar, shuningdek, ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan keng turdagi mahsulotlar yetkazib berish moljallangan.

Hamkorlikning barcha yonalishlari, shu jumladan, ikki mamlakat hududlari ortasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi.

Investitsiyaviy hamkorlik kengayib bormoqda. Bugungi kunda Ozbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan 960 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, Rossiyaning 64 yetakchi kompaniyasi vakolatxonalari akkreditatsiyadan otgan.

Neft-gaz sohasi bilan bir qatorda mashinasozlik, metallurgiya, toqimachilik sanoati, farmatsevtika, zamonaviy tibbiy uskunalar ishlab chiqarish, qishloq xojaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarida ham yangi investitsiyaviy loyihalar tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda. Talim va sogliqni saqlash sohalarida yangi dastur va bitimlar ishlab chiqilmoqda.

Uchrashuvda iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ozaro manfaatli hamkorlik yonalishlarini yanada diversifikatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki mamlakat kompaniyalari ortasida uzoq muddatli amaliy aloqalarni ornatish, shuningdek, yangi qoshma dastur va loyihalarni amalga oshirishda Iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiya muhim orin tutayotganini qayd etdilar.

D.Kozak samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Ozbekiston Respublikasi bilan keng kolamli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini takidladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: