O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
14.02.2017

BOBUR TENGSIZ EDI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bagishlangan adabiy kecha otkazildi.

Unda «Yosh siyosatchilar» klubi a’zolari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, Ozbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, shoirlar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

— Saxovati va mardligi, istedodi, ilm-fan hamda sanatga muhabbati jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigani topilmaydi, deydiOzbekiston xalq artisti Malika Ibrohimova. Bu Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va osmirlik yillari haqida roman yozgan, Boburnomani ingliz tiliga tarjima qilgan Uilyam Erskinning fikri. Men yoshlarimizga qarata Boburnomani oqing, undagi tengsiz xazinadan bahramand boling degim keladi. Chunki bu mashhur asarni bugun butun dunyo oqimoqda, tahlil qilmoqda. Bizning yoshlarimiz ham bu borada faolroq bolishlari kerak.

Zahiriddin Muhammad Bobur Boburnoma asarida faqat voqealar tasviri bilan cheklanmaydi, balki ularning ishtirokchilariga ham alohida etibor qaratadi, deydiOzbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi, shoira Gozal Matyoqubova. Natijada biz Bobur zamonida yashagan va tariximiz, manaviyatimizda muhim mavqega ega bolgan davlat va madaniyat arboblari bilan ham tanishamiz. Zahiriddin Muhammad Boburning ibratomuz hayoti va faoliyati har qanday insonni hayratga soluvchi voqealarga, tahsin, tarif-tavsif va etiroflarga boyligi bilan alohida etiborga loyiqdir. Bunday tarixiy dalil hamda malumotlar, avvalo, buyuk mutafakkirning oz asarlarida, shuningdek, bir talay ishonchli manbaalarda keltirib otilganligi bilan ham diqqatga sazovordir.

Bobur hayoti va ijodini organish bugungi kunda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, deydiOzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori mudiri Umrbek Bektemirov. Chunki ulug shoir ijodi nafaqat Osiyoda, balki Yevropada ham chuqur tahlil qilinmoqda. Ayniqsa, uning Boburnoma asari dunyoning koplab tillariga tarjima qilingan noyob, tarixiy manba hisoblanadi. Tarixni qanchalik chuqurroq bilsak, kelajak haqidagi fikrlarimiz, qarashlarimiz yanada tiyranroq boladi.

Anjuman davomida Bobur gazal va ruboiylaridan namunalar tinglandi.

Shahboz SAIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: