O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.02.2017

NAQD PUL MUAMMOSI

yechim topayotganidan xursandmiz

Mehnat qilib, unga munosib haq olish insonning ustuvor huquqlaridan biri. Shuning uchun Prezidentimizning ish haqi, pensiya nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qarori hammamizni xursand qildi.

Ochigini aytish kerak, odamlar ancha vaqtdan beri dehqon bozorlaridagi savdo-sotiq jarayonlarida, sartaroshlik, kosibchilik, duradgorlik kabi kundalik ehtiyojdagi xizmatlardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelayotgandi. Plastik kartalar bilan bogliq muammolardan boshlari qotib, ta’magir kimsalarga yukinishga majbur bolmoqda edi.

Ustiga-ustak pensiya taminoti va pochta xodimlari boshqa daromadi bolmagan otaxonu-onaxonlardan «pensiya pulim toliq plastik karta orqali yetkazib berilishiga roziman» mazmunida arizalar yozdirib olishayotgani, yana pensiya pullari ikki oylab kechiktirilayotgani odamlarda ishonchsizlikka oxshash ikkilanishlarni yuzaga keltirayotgandi.

Yaqinda keksa mahalladoshimiz plastik kartadagi pulni naqdlashtirish yuzasidan yordam soradi. Bu masalaga Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasiga murojaat qilish orqali ijobiy yechim topgan edik. Qancha asab buzilishi va olti soatdan ortiq vaqt yoqotish evaziga erishilgan natija baribir kongilxiralikni yozolmagandi.

Prezident qarori aholini nechogli xursand qilganini shu misoldan ham bilib olish qiyin emas.

?017 yil fevral oyidan boshlab barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz toliq hajmda naqd shaklda beriladi;

Togli va olis tumanlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi tolash, ijtimoiy tolovlar hech qanday cheklovlarsiz toliq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;

Oliy oquv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.

Qarordan ruhlanib, ushbu sozlarni mahallamiz guzaridagi Yangilik va axborotlar pannosiga katta harflar bilan yozib qoydik.

Nimaga desangiz, odamlar naqd pul masalasida adolat qaror topayotganini his etishi kerak.

Mamatvali TURGUNOV,

Namangan shahridagi Bunyodkor MFY Nuroniy jamoatchilik markazi rahbari,

OzXDP faoli.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: