O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.02.2017

UZOGIMIZ YAQIN BOLMOQDA

Uzun tumani tog‘li hududda joylashgan. Tumandagi Xonjiza mahallasida 5 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Yaqin-yaqingacha aholimizni yol muammosi qiynab kelardi. Qishli-qirovli kunlarda loy va bahorgi kochkilardan haftalab markazga borolmaganmiz. Kundalik ehtiyoj mahsulotlarini olib kelish uchun otulovdan foydalangan kezlarimiz kop bolgan.

2014 yilda 30 kilometrga yaqin yol foydalanishga topshirildi. Keng va ravon yol qurilishi bilan hayotimiz tubdan ozgardi. Bundan tashqari, qisqa vaqtda 53-umumta’lim maktabi ish boshladi. Qator savdo va xizmat korsatish shoxobchalari uzogimizni yaqin, ogirimizni yengil qilmoqda.

Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi aholiga transport xizmati korsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yolovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori, ayniqsa, olis va chekka hududlarda istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz uchun ayni muddao boldi.

Qarorda transport vositalarini zamonaviy, qulay avtobuslar va mikroavtobuslar bilan yangilash, yonalishlarni oqilona tashkil etish va kengaytirish, yol qoplamalarini birinchi navbatda qishloq joylarda yaxshilash hisobiga aholining talablarini toliq qondirishni taminlash ustuvor vazifa qilib belgilangan. Shu bilan bir qatorda yolovchilar tashish xavfsizligini kuchaytirish, yonalishlar boyicha harakatlanish jadvallariga qatiy rioya etilishini taminlash, korsatilayotgan xizmatlarning sifat darajasini oshirish, yolovchilar tashish sohasida istemolchilar huquqlarini himoya qilish tizimini shakllantirish, yolkira haqi uchun naqd pulsiz tolov tizimini joriy qilish choralari korilishi hammamizni mamnun etdi.

Kelajakda olis qishloqlarimizda ham zamonaviy avtobus va mikroavtobuslar qatnaydi. Yangi yonalishlar tashkil qilinib, avtostansiya va toxtash punktlari quriladi. Qishloq aholisi bandligi taminlanadi. Bu esa rivojlanish va taraqqiyotga xizmat qilishi muqarrar. Bir soz bilan aytganda, Prezidentimizning qarori xalqimiz, ayniqsa, elektoratimizni qollab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilishda oziga xos dasturilamal boldi.

Abdulla MUQIMOV,

shifokor, OzXDP faoli.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: