O'zb  
 
11.02.2017

HUDUDLARNING RIVOJLANISHI BUTUN MAMLAKAT TARAQQIYOTINING ASOSIDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10 fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Surxondaryo viloyati iqtisodiy salohiyati, tabiiy boyliklari bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida ana shu salohiyat va imkoniyatlarni xalqimiz manfaatlari yolida ishlatish boyicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Viloyat iqtisodiyoti barqaror sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Buning tasdigini 2016 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 8 foiz osgani misolida ham korish mumkin.

Topalang gidroelektrostansiyasi, Jarqorgon neftni qayta ishlash zavodi, «Shargun komir», Xojaikon tuz aksiyadorlik jamiyatlari, Xonjizza kon-boyitish majmuasi kabi yirik korxonalar viloyat sanoatida yetakchi orin tutmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Mazkur sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 75,3 foizni tashkil etmoqda. Mehnat bilan band aholining 80 foizdan ziyodi ayni shu sohada ish yuritmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida ozining saylovoldi dasturida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish boyicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini kozdan kechirdi.

Dastlab davlatimiz rahbari Termiz tumanidagi Gold Agro Fresh agrofirmasi faoliyati bilan tanishdi.

Xalqimiz farovonligi, yurtimiz bozorlarining qishin-yozin tokinligiga Surxondaryo fermer va dehqonlari ham munosib hissa qoshmoqda. Mamlakatimizdagi ekin maydonlarining 7 foizi mazkur viloyatga togri keladi. Voha dehqonlari yurtimizda yetishtiriladigan paxta va gallaning 8-9 foizini, meva va sabzavotning 11 foizdan ziyodini yetkazib bermoqda.

Keyingi yillarda paxta maydonlari qisqartirilib, qishloq xojaligi tarkibiy ozgartirilayotgani natijasida meva-sabzavot yetishtirish kopaymoqda, ularni qayta ishlash sanoati rivojlanmoqda.

Gold Agro Fresh agrofirmasi sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularni eksport qilishga ixtisoslashgan istiqbolli loyihalardan biridir. Qiymati 35 million AQSh dollari bolgan korxonaning zamonaviy issiqxonalarida yiliga 30 million dollarlik mahsulot eksport qilish, shuningdek, 1000 ish orni yaratish rejalashtirilgan. Hozir 20 gektarlik 15 blokda pomidor, gulkaram, brokkoli, rukkolo va yalpizning xaridorgir navlari ostirilmoqda. 70 blokning barchasi ishga tushgach, issiqxonalarning umumiy maydoni 100 gektardan oshadi. Bundan tashqari, 434 gektar yerda mavsumiy ekinlar ekilib, 23 million dollarlik mahsulot eksport qilish, 2 ming 100 kishini ish bilan taminlash, kelgusida 100 gektar yerda intensiv bog yaratish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz bu yerda yetishtiriladigan mahsulotlar turini kengaytirish, 5 ming gektarda anor, 5 ming gektarda limon yetishtirishni yolga qoyish, odamlarning daromadini kopaytirish zarurligini takidladi.

Davlatimiz rahbari shu yerning ozida meva-sabzavot yetishtirish, parrandachilik, chorvachilik kabi tarmoqlardagi istiqbolli loyihalar bilan ham tanishdi.

Angor tumanida qurilayotgan meva-sabzavot yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan "Angor Gold Fruits" masuliyati cheklangan jamiyati loyihasiga muvofiq 530 gektar intensiv bog, uch ming tonna meva-sabzavotni saqlash imkoniyatiga ega muzxona qurilishi kozda tutilmoqda.

Jarqorgon tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Fabullo stroy servis masuliyati cheklangan jamiyati ham meva-sabzavot yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 ish orni yaratiladi. Zamonaviy issiqxonada 600 tonna meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi va eksport qilinadi. Sigimi 2 ming tonna bolgan zamonaviy muzlatgichda yil davomida 6 ming tonna mahsulot aylanadi. Meva-sabzavot mahsulotlarini quritish uskunasining quvvatini yiliga 8 ming tonnaga yetkazish moljallanmoqda.

Prezidentimiz bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, meva-sabzavotlarning noananaviy turlarini koproq ekish va qayta ishlash, eksportni kengaytirish boyicha korsatmalar berdi.

Qiziriq tumanida ikki ming bosh qoramol boqishga moljallangan zamonaviy chorva kompleksi barpo etilmoqda. 762 gektar maydonda qurilayotgan va qiymati 11,5 milliard som bolgan ushbu majmuada yiliga tort ming tonna sut, ikki yuz tonna gosht yetishtiriladi. 2,5 milliard somlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan taminlanadigan korxonada yuzdan ortiq kishi mehnat qiladi.

Prezidentimiz chorvachilik komplekslari bilan birgalikda agrofirmalar tashkil etib, sut va goshtni qayta ishlash, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlab, eksportga yonaltirish zarurligini takidladi.

Muzrabot tumanida parrandachilik kompleksi tashkil etilmoqda. Loyiha qiymati 5,5 million dollar bolgan mazkur majmuada yiliga 59,1 million dona tuxum, 1,4 million joja va 198 tonna tovuq goshti yetishtirish, 100 ish orni yaratish kozda tutilgan. Sentabr oyida ishga tushirilishi moljallanayotgan ushbu kompleksning umumiy maydoni 15 gektar bolib, uning 2,5 gektarida ishlab chiqarish binolari joylashadi.

Majmua rahbarlari bilan uchrashuvda odamlarga joja va yem yetkazib berib, oilalar farovonligini oshirish boyicha korsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev Sherobod paxta tozalash aksiyadorlik jamiyatida ingichka tolali paxtani qayta ishlash korxonasi, zararkunandalarga qarshi kurashishga qaratilgan ishlanmalar, limon va pista yetishtirishga ixtisoslashgan plantatsiyalar loyihalarini kozdan kechirdi.

Davlatimiz rahbari Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi. Bu yerda olib borilayotgan rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Prezidentimiz Termiz tumanida tashkil etiladigan baliqchilik kompleksi loyihasini amalga oshirish ishlarini borib kordi.

Mamlakatimizda aholi farovonligini yanada oshirish, xalqimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash maqsadida chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik kabi sohalar rivojiga katta etibor qaratilmoqda. Barcha hududlarda shu yonalishlarga ixtisoslashgan yangi korxona va xojaliklar ishga tushirilmoqda.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 186 baliqchilik xojaligi faoliyat yuritmoqda. Endi ular safiga Termiz agro fish eksport agrofirmasi ham qoshiladi. Bu yerda baliq yetishtirish bilan birga, baliq uchun ozuqa ishlab chiqarish, baliq mahsulotlarini eksportga yonaltirish ishlari ham amalga oshiriladi.

Korxonada Vetnam texnologiyalari asosida Afrika laqqasi, karp kabi baliqlar yetishtiriladi. Ilgor usullari bilan ajralib turuvchi ushbu texnologiya baliq yetishtirish samaradorligini besh barobarga oshirishi bilan ahamiyatlidir. Kompleksda 500 tonna baliqni qayta ishlash, 105 ish orni tashkil etish rejalashtirilgan.

Xalqimiz baliqni luqmai halol deb atashida katta hikmat bor, dedi Prezidentimiz. Uning tarkibida inson salomatligi uchun juda muhim bolgan elementlar, vitaminlar serob. Surxondaryo baliqchilik uchun zarur tabiiy iqlim, suv zaxiralariga ega. Bundan unumli foydalanish, tarmoqni yanada rivojlantirish uchun maxsus dastur ishlab chiqish kerak. Baliqchilikni chuqur ozlashtirgan mutaxassislar tayyorlash maqsadga muvofiqdir.

Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatida suv resurslaridan samarali foydalanish loyihasi bilan tanishdi.

Loyihada viloyatdagi gidrotexnika inshootlari, kanal va boshqa suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, yangilarini qurishga qaratilgan 122,7 million dollarlik chora-tadbirlarni amalga oshirish kozda tutilmoqda. Uning 89,5 million dollari Islom taraqqiyot bankining krediti hisobiga qoplanadi. Natijada viloyatning Sherobod, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Shorchi, Boysun, Qumqorgon tumanlaridagi 103,5 ming gektar maydonda suv taminotini yaxshilashga erishiladi.

Prezidentimiz Ozbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga qarashli Termiz marvaridi sanatoriyasi masuliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlarini kozdan kechirdi.

Uchqizil suv ombori boyidagi bahavo hududda joylashgan ushbu sihatgohda bemorlar fizioterapiya va madanli suv, qum va quyosh nurlari bilan davolanadi.

Bugungi kunda sihatgohning 80 orinli binosi toliq rekonstruksiya qilindi. Keyingi bosqichda 60 orinli yangi bino qurish va uni ilgor tibbiy uskunalar bilan jihozlash, qozonxonalarni modernizatsiya qilish, hududda bolalar maydonchasi, futbol, voleybol, basketbol, qol topi va boshqa sport turlari bilan shugullanishga moljallangan stadion va maydonchalar barpo etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga mazkur hududda tom manodagi zamonaviy dam olish kompleksini bunyod etish boyicha tegishli topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Angor tumanida Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etish rejalashtirilgan Huashen Silkworm Pro masuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoshma korxona loyihasi bilan tanishdi. Joriy yilda foydalanishga topshiriladigan ushbu korxona ipak qurti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan bolib, bu yerda 3 ming 700 dan ortiq ish orni yaratiladi.

Surxondaryo viloyati ipakchilik sohasida katta tajribaga ega. 2016 yili 3 ming 394 fermer xojaligi tomonidan qariyb 1 ming 553 tonna pilla yetishtirildi.

Davlatimiz rahbari mazkur loyiha bilan tanishar ekan, Surxon vohasi mahsuldor ipak qurti parvarishlash uchun qulay tabiiy iqlim sharoitiga ega ekanini takidladi.

Yangi korxona mamlakatimiz yengil sanoatini sifatli xomashyo bilan taminlash, voha aholisi uchun yangi ish orinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Surxondaryo viloyatiga safari davomida Angor tumanidagi Zang gilambob qishlogida Shodi bobo Xushboqov xonadonida boldi. Shavkat Mirziyoyev Shodi bobo va u kishining umr yoldoshi Salomat momo bilan oilaning kundalik hayoti, farzandlar kasb-kori va nabiralar tarbiyasi togrisida suhbatlashdi.

Sizlar kabi kopni korgan, yuzidan nur yogilib turgan otaxon va onaxonlar jamiyatimizning mustahkam zamini, yurtimizning fayzu barakasidir, dedi Prezidentimiz.

Yerdan unumli foydalanilsa, Surxondaryo sharoitida yilda uch martagacha hosil olish mumkinligi, harakat qilgan odam ozini ham, xalqini ham boy qilishi takidlandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ozgarishlar, istiqboldagi reja va ezgu maqsadlar haqida soz yuritildi.

Xonadon egalari davlatimiz rahbari xalq ichiga kirib, odamlarning fikrini organayotganidan yurtdoshlarimiz juda mamnun bolayotganini takidladi. Odamlar ogirini yengil qilish, turmushini yanada farovon etish borasidagi ulkan, tizimli ishlari uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi Gurjak-1 massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylar, bu yerda aholi uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi.

Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan keng kolamli bunyodkorlik ishlari xalqimizga, avvalo, farzandlarimizga hech kimdan kam bolmagan imkoniyatlar yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 21 oktabrdagi ?017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boyicha arzon uy-joylar qurish dasturi togrisidagi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga kotarishda muhim dasturilamal bolmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Surxon vohasida 1009 arzon va zamonaviy uy-joy barpo etilayotir. Sherobod tumanidagi Gurjak-1 massivida qisqa muddatda 32 xonadondan iborat 2 qavatli ikkita, xojalik imoratlari va hovlisi bolgan bir qavatli onta shinam uy bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy va milliy memorlik andozalari asosida qurilgan yangi massivda ijtimoiy infratuzilma obyektlari, servis va xizmat korsatish shoxobchalari bunyod etilgan. Uylar tabiiy gaz, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan taminlangan.

Davlatimiz rahbari yosh oila – Oktam Abdullayev va Malohat Jumayeva xonadonida bolib, ularni yangi uyga kochib otgani bilan tabrikladi. Yangi uyda yosh oila baxtiyor va farovon yashashi uchun yaratilgan qulayliklar bilan qiziqdi. 3 xonali uyning hovlisida qishloq xojaligi mahsulotlari ekish uchun tomorqa bor. Xonadon sohibining buvisi Karomat momo Abdullayeva korkam, obod va shinam uylar olishda keng imkoniyatlar yaratilayotgani, bu yosh oilalarni qollab-quvvatlash, ularning manfaatlarini taminlashga xizmat qilayotganini aytib, davlatimiz rahbarini duo qildi.

Shavkat Mirziyoyev 16 xonadondan iborat ikki qavatli uyda yashayotgan uy sohiblari bilan ham suhbatlashdi. Xalqimizning tobora osib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondirish, ular uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish bugungi kundagi asosiy vazifalardan ekanini alohida qayd etdi. Mutasaddilarga viloyatning qishloq massivlarida aholiga shahardagidan qolishmaydigan turmush sharoitlari yaratish, yakka tartibda uy-joy qurish kolamini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Prezidentimiz Sherobod tumanidagi Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini kozdan kechirdi.

Buyuk ajdodimiz hadis toplashdan tashqari huquqshunoslik, tabiatshunoslik, tabobat, ilmi nujum, tilshunoslik, axloq va boshqa koplab sohalarda ham asarlar yaratgan. Musulmon olamida buyuk muhaddislardan biri sifatida mashhur bolgan ulug allomaning bebaho merosi bugungi kunda ham keng organilmoqda.

Shu kunlarda bu yerda keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Majmua yonidagi qabriston obodonlashtirildi, 4,5 kilometr yolga asfalt yotqizildi, suv, elektr energiyasi va gaz tarmoqlari tortildi.

Davlatimiz rahbari majmuani yanada obod maskanga aylantirish, qulay sharoitlar yaratish ziyoratchilar oqimini kopaytirish imkonini berishini takidladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati tomonidan barpo etilayotgan sement zavodi qurilishi bilan tanishdi.

Surxondaryo viloyatida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, sanoat korxonalarini texnik va texnologik yangilash, yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etish yuzasidan qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda bunyodkorlik kolami kengaygani, iqtisodiyotning mazkur tarmogiga ehtiyoj tobora ortib borayotgani qurilish materiallari ishlab chiqaradigan yangi korxonalar barpo etishni taqozo etmoqda. Shu manoda ushbu zavodning ishga tushirilishi ayni muddao boladi.

Tumandagi Vandob qishloq fuqarolar yigini hududida bunyod etiladigan sement zavodi qurilish sanoatini zamon talablari darajasida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Loyiha qiymati 212,8 million dollar bolgan ushbu sanoat korxonasida yiliga 1,5 million tonna portlandsement ishlab chiqarish kozda tutilgan. Korxona ishga tushirilgach, bu yerda mingdan ziyod ish orni yaratiladi.

Davlatimiz rahbari ushbu zavod nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim orin tutishini takidladi. Loyihachi va quruvchilar bilan suhbatda qurilish suratlarini jadallashtirish, sifat va muddatga alohida etibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Termiz shahrida Surxondaryo viloyati faollari bilan uchrashuv bolib otdi. Yigilishda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish, yosh avlodni tarbiyalash va ish bilan taminlash masalalariga alohida etibor qaratildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: