O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
09.02.2017

ULUG SIYMOGA EHTIROM

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi, barcha darajadagi partiya tashkilotlari tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan joylarda turli ma’naviy-marifiy tadbirlar otkazilmoqda. Ularda partiya faollari, «Istiqbol» yoshlar qanoti va Yosh siyosatchilar klubi azolari, navoiyshunos olimlar, ijodkorlar ishtirok etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyat partiya kengashi tomonidan Qibray tumanidagi Chingeldi maishiy xizmat kasb-hunar kollejida otkazildi.

Tadbirda viloyat partiya kengashi raisi Mehrojiddin Darxonov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi til va adabiyot ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi Munis Hakimov, Qibray tuman partiya kengashi raisi Gavhar Bekjanova, kollej oqituvchi va oquvchilari Navoiy asarlaridagi insoniy goyalarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida soz yuritishdi.

— Alisher Navoiy ijodi insoniyatni hamisha kamolotga undaydigan, zamonlar osha ham badiiy, ham tarbiyaviy qiymati va dolzarbligini yoqotmaydigan bebaho merosdir, dedi viloyat partiya tashkiloti yetakchisi. Bugungi globallashuv davrida, dunyoning turli nuqtalarida axborot xurujlari avj olayotgan bir paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuygusini yanada yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, dunyoqarashi, bilim va tafakkurini boyitishda adabiyotimizning bu kabi nodir namunalaridan samarali foydalanish zarur. Buning uchun barcha talim muassasalarida targibotning tasirchan usullarini yanada kopaytirish talab etiladi.

Partiya Saylovoldi dasturida axborot xurujlariga qarshi kurashishda ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish juda muhim vazifa sifatida belgilangan. Yosh siyosatchilar klubining faoliyatida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bilim va tafakkurini kengaytirish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda.

Tadbir doirasida tashkil etilgan intellektual bahsda kollej oquvchilari Ulug shoir ijodida sharqona odob, mardlik va jasorat, el-yurtga sadoqat goyalari, Navoiyxonlik va Navoiy asarlarining yoshlar talim-tarbiyasidagi orni deb nomlangan shartlar asosida ozaro bahslashdi.

Shuningdek, navoiyshunos olimlar ulug shoirning ayrim gazallarini sharhlab berishdi. Sahna korinishlari va ulug ajdodimiz gazallaridan oqilgan namunalar yigilganlarga katta taassurot qoldirdi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: