O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.02.2017

TARAQQIYOTIMIZNING BESH YILGA MOLJALLANGAN USTUVOR YONALISHLARI BELGILAB BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi «Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisida»gi farmoni xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz zabt etishi nazarda tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan.

Mazkur farmon bilan 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi belgilab berildi. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, mamlakatimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil boyicha Davlat dasturi qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqib, Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.

Mazkur strategiya loyihasi keng xalq muhokamasidan otkazilgani, turli soha vakillari bolgan yurtdoshlarimiz uni takomillashtirishda faol ishtirok etgani uning har jihatdan puxta, hayotiy, eng muhimi, xalqimizning orzu-istaklariga monand bolishiga zamin yaratdi. Jamoatchilik muhokamasi natijalari boyicha 1,3 mingdan ziyod taklif va mulohaza tushgani, ular asosida Davlat dasturining 41 bandi qayta korib chiqilgani fuqarolar yuksak faollik korsatganini tasdiqlaydi.

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.

Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash, chuqur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishdir.

OzA muxbirlari ushbu farmon va Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida turli soha vakillari bilan suhbatda boldi.

Aziz MIRZAYEV, yuridik fanlari doktori, Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yordamchisi:

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bolishi kerak, degan fikrlari faoliyatimizda muhim mezonga aylandi. Zero, sohamiz xodimlarining zimmasidagi vazifalarni bajarishga katta masuliyat bilan yondashishi, ishlarni qonuniy muddatlarda korib chiqib, adolatli va asosli qarorlar qabul qilishi bugungi kun talabidir.

Davlatimiz rahbarining Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisidagi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini taminlashga alohida etibor qaratilgan. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini taminlashi kerak bolgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bunday chora-tadbirlar sudlarning odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qoriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini taminlash borasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshiradi.

Sansalorlikka va ishlarning korib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz chozib yuborilishiga yol qoymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlari kengaytirilishi ham sohada sezilarli yutuqlarga yol ochadi.

Oybek TURGUNOV, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri:

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasiga mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritilgan.

Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizgin muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi. Natijada koplab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Yurtdoshlarimiz yuksak faollik korsatib, olib borilayotgan islohotlarga befarq emasliklarini namoyon qildi. Natijada har jihatdan pishiq va puxta ishlangan hujjat qabul qilindi. Bu mamlakatimizni yanada rivojlantirishda va aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Harakatlar strategiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va demokratlashtirish, davlat xizmati tizimini takomillashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning kasb malakasini oshirishga alohida etibor qaratayotgani oz ifodasini topgan.

Maqsuda VORISOVA, Oliy Majlis Senati azosi, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Nazarbek qishloq vrachlik punkti mudirasi:

Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilgan. Aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, mamlakatimizning olis hududlarini ham elektr energiya, gaz bilan taminlashni yanada yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini oshirish, maktabgacha talim muassasalarining qulayligini taminlash, umumiy orta talim, orta maxsus va oliy talimni sifat jihatdan yanada boyitish borasida qator chora-tadbirlar belgilangan.

Tibbiyot maskanlari, xususan, birlamchi tibbiyot muassasalari, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini yangi bosqichga kotarish borasida aniq tadbirlar olib boriladi.

Prezidentimiz rahnamoligida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, jamiyatimizda har tomonlama soglom oilalarni qaror toptirishga alohida etibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining soha xodimlari bilan har uchrashuvida bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar keng muhokama qilinmoqda, zarur topshiriqlar berilmoqda. Harakatlar strategiyasi tibbiyot sohasini izchil rivojlantirish, soha xodimlarining kasb malakasi va masuliyatini yanada oshirishda ham muhim dasturilamaldir.

Mamlakatimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotini belgilab beruvchi ushbu muhim hujjatda yoshi uluglarni qollab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari qayd etilgan. Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash boyicha ustuvor vazifalar belgilangan.

Qishloq joylarda arzon uy-joylar, suv va gaz taminoti quvurlari, bugungi talablarga mos zamonaviy yollar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari korsatish sifatini yanada yaxshilash nazarda tutilmoqda.

Bu islohotlarning barchasi odamlarning hayotdan rozi bolib yashashiga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: