O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
09.02.2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BOYICHA HARAKATLAR STRATEGIYASI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng kolamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor boldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini royobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Iqtisodiyotda mamuriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta oylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori suratlar bilan osishini, inflatsiyani prognoz korsatkichlari darajasida saqlab qolishni taminladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib otgan taraqqiyot yolining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin ozgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal suratlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va royobga chiqarishni taqozo etmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish boyicha ustuvor yonalishlarni amalga oshirish maqsadida:

1. Aholi va tadbirkorlarni oylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama organish, amaldagi qonunchilik, huquqni qollash amaliyoti va ilgor xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi (keyingi orinlarda — Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yonaltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yonaltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, mamuriy, jinoyat, fuqarolik va xojalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini tolaqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;

iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yonaltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy osish suratlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xojaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish boyicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragbatlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;

ijtimoiy sohani rivojlantirishga yonaltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sogligini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yol-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish boyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, talim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanat va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash, chuqur oylangan, ozaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yonaltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, Ozbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoshnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

2. Quyidagilar:

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boyicha Milliy komissiya 2-ilovaga muvofiq;

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini amalga oshirish boyicha komissiyalar 3-7-ilovalarga muvofiq tuzilsin.

3. Belgilab qoyilsinki:

Harakatlar strategiyasini oz vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yonalishi hisoblanadi;

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil boyicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.

4. 2017 yil Ozbekiston Respublikasida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb elon qilingani malumot uchun qabul qilinsin.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi orinlarda Davlat dasturi) 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini amalga oshirish boyicha komissiyalar zimmasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toliq, oz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek, Harakatlar strategiyasini 2018-2021 yillarda amalga oshirish boyicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini amalga oshirish boyicha komissiyalar bilan birgalikda davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish boyicha faoliyati muvofiqlashtirib borilishini, shuningdek, uning joylarda ijro etilishi ustidan tizimli nazoratni taminlasin.

Belgilab qoyilsinki, Davlat dasturi bajarilishining borishi togrisidagi umumlashtirilgan axborot Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini amalga oshirish boyicha komissiyalar tomonidan har chorakda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etib boriladi.

6. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun masul davlat organlari va tashkilotlar quyidagilarga alohida etibor qaratsin:

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yolga qoyishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bolgan ishonchini mustahkamlashga;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini korib chiqishda byurokratik tosiq va govlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yol qoymaslikka;

Davlat dasturi doirasida otkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishiga.

7. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring qilish hamda uning natijalari togrisida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berib borishni taminlasin.

8. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, shuningdek, Ozbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qollab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Ozbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:

mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmogida keng sharhlab borilishini, uning demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, shuningdek, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni taminlash, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, jamiyatda qonun ustuvorligi, qonuniylik va adolat, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni qaror toptirish maqsadida davlat organlarining aholi bilan ochiq, togridan-togri muloqotini kuchaytirishga yonaltirilganini jamoatchilikka tushuntirilishini;

Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari togrisidagi xolis, toliq malumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini taminlasin.

9. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yonalishlarini amalga oshirish boyicha komissiyalarga rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyot tajribasini, zarur bolganda, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, organishda komaklashsin.

10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 7 fevral


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: