O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.02.2017

SENATOR VA DEPUTATLAR AHOLI BILAN MULOQOT OTKAZMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarda bolib, joylardagi muammolarni organmoqda, xalq bilan muloqot otkazmoqda.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida davlat organlarining fuqarolar bilan ozaro munosabatlari tubdan qayta korib chiqilishi, bu borada aholi bilan doimiy muloqot ornatish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy qilish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda.

Fargona viloyatidan saylangan deputatlar va senatorlar Buvayda tumanida bolib, fuqarolar bilan muloqot otkazdi.

Ochiq va samimiy muloqot chogida tumandagi iqtisodiy infratuzilma va tadbirkorlikni rivojlantirish, moliya-kredit muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishni taminlash, savdo va maishiy xizmat korsatish sifatini oshirish, aholi bandligini kafolatlash masalalari diqqat markazida boldi. Bu qonun ijodkorlarining joylarda islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishishi, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa huquqiy-meyoriy hujjatlar ijrosini organishi hamda aholining talab va takliflarini eshitgan holda kelgusi vazifalarni belgilab olishida muhim ahamiyatga ega.

«Yangiqorgon», Qongirot, Bekobod, Nayman, Beshterak kabi qishloq fuqarolar yiginlarida bolib otgan muloqotdan aholi mamnun.

Beshterak qishloq fuqarolar yiginida bolgan muloqotlarning birida xonadonlardagi mavjud maishiy-ijtimoiy muammolar organib chiqildi. Unda xonadon egasi Hayotjon Normatovning vaqtincha ishsizligi sabab, qoshimcha daromad olishi uchun oilasida parrandachilik bilan shugullanishiga bank krediti ajratilishi rejalashtirildi. Shuningdek, oilasida tikuvchilikni yolga qoyib, ondan ortiq ish orni yaratgan, mebel sexi va issiqxonalar tashkil etgan xonadonlarga ham qoshimcha qulayliklar yaratish maqsadida bank kreditlari ajratilishiga kelishib olindi.

— Deputatlarning uyimizga kelib, hayot tarzimiz bilan tanishishi bizni behad quvontirdi, deydi Nayman qishlogida yashovchi Gulomjon Abdurazzoqov. Tomorqamizda issiqxona tashkil etganmiz. Ayni kunlarda pomidor, qalampir yetishtirayapmiz. Issiqxona ishiga barcha oila azolarimiz jalb qilingan. Shukr, daromadimiz yaxshi. Toy qilayapmiz, uy quryapmiz. Oilaviy tadbirkorlik bilan shugullanaman, degan har bir fuqaroga davlatimiz tomonidan barcha sharoit yaratib berilmoqda. Bundan biz juda xursandmiz.

Parlament azolarining aholi bilan muloqotlari joylarda qizgin davom etmoqda.

M.SULAYMONOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: