O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
07.02.2017

YUZMA-YUZ MULOQOTLAR

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari joriy yilning 1-fevralidan boshlab hududlarda mahallama-mahalla yurib, xonadonlarda bo‘lib, haqiqiy holatlarni organmoqda.

Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Salauatdin Xudaybergenov Qoraqalpogiston Respublikasi Chimboy tumanida xalq bilan muloqot qilib, mavjud holatlarni organmoqda. Muammolarni aniqlab, qonun va qarorlarning ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil ishlarini olib bormoqda.

Xonadon egalari bilan muloqot chogida asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi taminoti masalalari dolzarb ekani aniqlandi. Ayniqsa, elektr energiyasi tizimida kuniga uzilish holatlari kuzatilmoqda. Xizmat korsatuvchi va savdo shoxobchalarida terminallar yetarli emas. Plastik kartalar orqali savdo qilinganda narxlar naqd pulga nisbatan 15-20 foiz yuqori. Shuningdek, aholi vakillari ichki yollar tamirtalabligini aytishdi. Kochalarga tungi yoritish chiroqlari ornatilmagani turli kongilsizliklarga sabab bolishi mumkinligi bildirildi.

«Jipek joli» mahalla aholisi bilan bolgan muloqot chogida ichki yollar tamirtalabligi, tabiiy gaz taminotida muammolar borligi aniqlandi. Eski gaz quvurlarini tamirlash masalasi kelasi yilgi dasturga kiritilgan ekan.

Mahalla bozorga yaqin hududda joylashgani bois maishiy xizmat korsatuvchi tadbirkorlarga kredit olishda yordam korsatilmoqda. Qora mol, parranda olib boqish boyicha kredit masalasi ham oz yechimini topmoqda.

Temir jol guzari mahalla fuqarolar yiginidagi 10 nafar pensioner nafaqa pulini vaqtida olmayotgani boyicha murojaat qildi. Agrobank tuman bolimi boshqaruvchisi Azamat Moldahmetovga deputat murojaatidan song masala ijobiy yechim topdi. Shuningdek, oliy talim muassasasi bitiruvchilari — Dastanbek Muhammedkarimov va Rahim Kalmenovlar Agrobankka ishga joylashadigan boldi.

Taq-jap ovulida istiqomat qiluvchi Xalmurza Janatdinovning 1990 yilda tugilgan nogiron farzandi, shu mahalladagi yana bir fuqaro Oysha Yesemuratova kasalligi tufayli tuman tibbiyot birlashmasi nazoratiga olindi.

Chimboy tumanida avtoulovlarning soni kun sayin ortib bormoqda. Yol harakati xavfsizligini taminlash dolzarb masalaga aylanmoqda. Shuning uchun tuman markazida 3 joyga svetafor ornatish zarurati tugilgan. Bu masala Qoraqalpogiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan hal etiladigan boldi.

Hududlarda aholiga korsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholining haqli etirozlariga sabab bolayotgan muammolarni organish va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida bosqichma-bosqich hal etish ishlari davom etmoqda.

Mnajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: