O'zb  
 
04.02.2017

ASOSIY MAQSADIMIZ AHOLIGA QULAY SHAROITLAR YARATISH, XALQIMIZ FAROVONLIGINI YANADA YUKSALTIRISHDIR

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishdi.

Mamlakatimiz taraqqiyoti ulkan bunyodkorlik ishlariga asos bo‘lmoqda. Shaharu qishloqlarda yangi sanoat korxonalari, ijtimoiy inshootlar, turar joylar, yol va kopriklar barpo etilmoqda. Tadbirkorlik, savdo va maishiy xizmatlar keng rivojlanib, aholi turmush darajasi oshib bormoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasi loyihasiushbu islohotlar samarasini oshirish, mamlakat va jamiyat rivojini yangi bosqichga kotarishga qaratilgan.

Davlatimiz rahbari poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Muqimiy kochalari kesishgan joyda qurilayotgan yol otkazgich bilan tanishdi.

Muqimiy va Bunyodkor kochalari kesishgan chorrahada tirbandlik yuzaga kelib, haydovchi va yolovchilarning ortiqcha vaqt yoqotishiga, yoqilgi sarfi oshib, atrof-muhit ifloslanishiga sabab bolmoqda. Uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bolgan 6 polosali mazkur yol otkazgich nafaqat haydovchilar va piyodalarga, balki shu atrofda yashayotgan aholiga ham bir qancha qulayliklar yaratadi.

Koprikning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bolgan ikkita yer usti otish yolagi ham barpo etilmoqda. Yogin-sochindan himoyalash moslamalari, eskalator va liftlar ornatiladi.

Prezidentimiz qurilishning borishi bilan tanishar ekan, mamlakatimizda kundan-kun aholi farovonligi oshib, xonadonlarda mashinalar kopayayotgani, poytaxt kochalarida avtomobil qatnovi ortayayotganini inobatga olish zarurligini, buning uchun qoshimcha yollar va kopriklar barpo etishga ehtiyoj sezilayotganini alohida ta’kidladi.

Quruvchilarga ishning tez va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Koprik Navroz bayrami arafasida ishga tushirilishi moljallanmoqda.

Prezidentimiz shu yerda Bunyodkor va Choponota kochalari chorrahasida qurilishi rejalashtirilgan yol otkazgich loyihasi bilan ham tanishdi.

Davlatimiz rahbari Toshkent metropolitenining Sergeli yonalishida olib borilayotgan qurilish uchastkasida boldi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan transport sohasi, jumladan, metropolitenni yanada rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Toshkent metropoliteni aholiga yanada keng qulayliklar yaratish, yolovchilarni tashish xavfsizligini taminlash va ularga xizmat korsatish madaniyatini yuksaltirish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Chilonzor, Ozbekiston va Yunusobod yonalishlaridan iborat Toshkent metropoliteni bugun poytaxtimiz ahli va mehmonlariga samarali transport xizmati korsatib kelmoqda.

Metropolitenning Sergeli yonalishi avvalgilaridan farqli tarzda yer ustidan otadi. Qurilish ishlari 2017-2020 yillarga moljallangan mazkur yonalishning uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etadi. U toliq ishga tushirilgach, yiliga 14 milliondan ortiq yolovchiga xizmat korsatish moljallangan.

Davlatimiz rahbari bu loyiha Ozbekiston tarixida yagonaligini alohida takidladi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida bekatlar usti yopiq bolishi kerakligini qayd etdi.

Prezidentimiz Sergeli tumanida bunyod etilayotgan zamonaviy kop qavatli uy-joylar qurilishini ham kozdan kechirdi. Mustaqilligimiz memori Islom Karimov tashabbusi bilan aksariyat shaharlarimiz bosh reja asosida qayta qurildi. Toshkent, Nukus, Urganch, Buxoro, Andijon, Fargona, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz va boshqa shaharlarning bugungi jamoli buning yaqqol tasdigidir.

Sergeli tumanida 2016-2017 yillar rejasiga asosan 4284 xonadondan iborat 102 zamonaviy kop qavatli uy-joy qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur yirik loyiha yosh va ehtiyojmand oilalarning turar joyga bolgan talabini qondirish imkonini yaratadi. Etiborlisi, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi.

Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi arafasida ushbu uy-joyning 66 tasini foydalanishga topshirish kozda tutilgan. Bu yerda talim muassasalari, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari, aholiga maishiy xizmat korsatish shoxobchalari ham barpo etiladi.

Asosiy maqsadimiz — odamlarga qulaylik yaratish, ularning turmush farovonligini yuksaltirish, dedi Prezidentimiz. Mazkur uy-joylar taqsimotida adolat mezoniga qatiy rioya etilishi kerak. Shunda xalqimizning kayfiyati yaxshi, hayotdan rozi boladi. Ertangi kunga ishonchi ortadi. Aholining ehtiyoji, talabidan kelib chiqib, bunday uylarni Toshkent shahrining barcha tumanlarida 10 tadan qurishni rejalashtirmoqdamiz.

Mutasaddi rahbarlar va mutaxassislarga mazkur inshootlarni bugungi kun talablariga tola javob beradigan puxta loyihalar asosida qurish, ularni eng zamonaviy infratuzilmalar bilan taminlash boyicha zarur tavsiyalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev Yakkasaroy tumanidagi «Yakkasaroy kichik sanoat zonasi» davlat unitar korxonasiga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizning barcha hududlari kabi poytaxtimizda ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, tadbirkorlarning erkin faoliyat korsatishini qollab-quvvatlash yuzasidan keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 5 oktabrdagi Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoni bu borada yangi bosqichni boshlab berdi.

Bugungi kunda Toshkent shahrining Yunusobod, Sergeli va Yakkasaroy tumanlarida uzoq yillardan beri faoliyat korsatmayotgan korxonalar negizida 3 ta texnopark tashkil etilgan bolib, ular tadbirkorlarga mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh, yuqori qoshimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish orinlari yaratishda qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.

Yakkasaroy tumanidagi sobiq toqimachilik kombinati hududida tashkil etilgan Yakkasaroy kichik sanoat zonasi davlat unitar korxonasining umumiy yer maydoni 61,2 gektar, bino va inshootlar maydoni 338 ming kvadrat metr. Hozir bu yerda 284 tadbirkorlik subyekti toqimachilik, kimyo sanoati, oziq-ovqat, mebelsozlik, metallni qayta ishlash, qogoz, charm-poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashinasozlik kabi tarmoqlarda faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 2016 yilda 630 milliard somlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 48,5 million dollarlik tovarlar eksport qilingan.

Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida texnopark hududida bank shoxobchasi, notarial idora, temir yol liniyasi xizmat korsatmoqda. Bu yerda 6 ming 600 dan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari texnopark hududidagi loyihalar bilan tanishar ekan, bunday kichik sanoat zonalarini poytaxtimizning barcha tumanlarida tashkil etish, ularda kichik biznes vakillariga keng imtiyozlar yaratish zarurligini takidladi. Mazkur korxonalarning xorijiy hamkorlar topishiga komaklashish lozimligi, bu ularning chet el bozorlariga chiqishi va mahsulotlari eksportini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Zarar korib ishlayotgan korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan masala hal bolib qolmaydi, dedi Prezidentimiz. Bunday korxonalar negizida barpo etilayotgan texnoparklarda muhandislik-kommunikatsiya tizimi va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlar faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish lozim. Boshlayotgan ishidan ertaga daromad kelishini ular bilsin. Shundagina bu sohadagi ishlar kozlangan natijani beradi.

Shavkat Mirziyoyev texnopark hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Mamlakatimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanib, mahsulotlar sifatini oshirish, eksport faoliyatini yanada rivojlantirish, xorijiy korgazmalarda faol ishtirok etishni taklif etdi. Mutasaddi rahbarlarga bunday faoliyatni qollab-quvvatlash uchun mahsulotlarni mahalliylashtirishni yanada kengaytirish, tadbirkorlarga xorijdan texnologiyalar keltirish va yurtimizda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun investitsiyalar ajratish boyicha tegishli topshiriqlar berdi.

Prezidentimiz Sergeli tumanida bunyod etiladigan Toshkent metallurgiya zavodi xorijiy korxonasi qurilishi loyihasi bilan tanishdi.

Loyiha qiymati 278,2 million yevroni tashkil etadigan mazkur korxona tasischisi Buyuk Britaniyaning Quality Trade Supplies L.P. kompaniyasi hisoblanadi.

Umumiy yer maydoni 100 gektardan iborat bolgan ushbu korxona qurilish ishlarini yigirma tort oyda yakunlash rejalashtirilgan. Zavodga Italiya, Germaniya, Avstriya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar keltiriladi. Korxonada avtomobillar kuzovi ishlab chiqarish uchun metall listlar, qurilishda ishlatiladigan turli metall cherepitsalar, profnastil hamda maishiy texnikalar uchun metall listlar tayyorlanadi. Korxona toliq quvvatda ishga tushirilgach, 1000 dan ziyod ish orni yaratish kozda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari ushbu korxona qurilishi boshlanishi bilan tanishdi. Mazkur metallurgiya zavodining mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojidagi orniga toxtalib, bu yerda ishlaydigan mutaxassislar tayyorlashga alohida etibor qaratish lozimligini takidladi. Pudratchi va quruvchilar bilan suhbatlashdi, ushbu masuliyatli ishda ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va sohaga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida mazkur korxona uchun mutaxassislar tayyorlash lozimligi takidlandi.

Prezidentimiz Toshkent shahrining Olmazor va Beshyogoch kochalari kesishuvidagi hududda barpo etilayotgan kop tarmoqli sport kompleksi qurilishini kozdan kechirdi.

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama soglom va barkamol etib voyaga yetkazish, Vatanimizning xalqaro maydondagi obrosini yanada yuksaltirishning muhim omillaridan biri bolgan sportni rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi va goyasi asosida qurilayotgan Humo sport majmuasi dizaynida zamonaviy qurilish yechimlari va ilgor texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uygunlashtiriladi. Majmua binolari kokka parvoz etayotgan baxt va hurlik ramzi Humo qushi korinishida barpo etiladi.

Inshoot har biri 60x30 metr olchamdagi asosiy va mashq muz arenalaridan iborat. Umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil etadigan inshoot tort qavatdan iborat boladi.

Mobil orindiqlarga ega bolgan saroy sport musobaqalari otkazish zali sifatida 14 ming, konsert zali sifatida 10 ming tomoshabinga moljallangan. Asosiy binoda 300 orinli mashq arenasi ham loyihalashtirilgan.

Arenada xokkey, short-trek, figurali uchish, kyorling boyicha musobaqalar bilan bir qatorda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va sportning boshqa turlari boyicha ham bellashuvlar otkazish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, majmua bayram tadbirlari, konsertlar, korgazma va forumlar tashkil etish uchun ham barcha sharoitga ega boladi.

Majmua hududida umumiy bosh reja konsepsiyasiga asosan sport muzeyi, bolalar uchun yopiq maydon, trenajer zallar, fitnes markazi, zamonaviy ovqatlanish shoxobchalari, sport anjomlari dokoni va boshqa xizmat korsatish obyektlari joylashtiriladi.

Majmuaning muhandislik tarmoqlari, yongin xavfsizligi, yoritish, ventilatsiya, issiqlik manbai, konditsionerlash tizimlari toliq avtomatlashgan bolib, tejamkor texnologiyalar qollangan holda loyihalangan.

Bundan tashqari, bino yonida tort qavatli avtomobillar turar joyi qurilishi rejalashtirilgan.

Obyektni 2018 yilda ishga tushirish moljallanmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bunday zamonaviy sport inshootlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida etibor qaratdi, mutasaddilarga qurilish jarayonini yuqori sifatda amalga oshirish boyicha zarur tavsiyalar berdi.

Prezidentimiz Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy bogidagi Shoirlar xiyobonida bir guruh adiblar bilan uchrashdi.

Mustaqillik yillarida yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yoshlar ortasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, talim muassasalarini badiiy, marifiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy adabiyotlar bilan taminlashni yanada kuchaytirishga alohida etibor qaratilayotir.

Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targibot qilish boyicha komissiya tuzish togrisidagi farmoyishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga kotarishda muhim qadam boldi.

Uchrashuvda bu maskanni yanada obod qilish, odamlarning, ayniqsa, yoshlarning manaviyatini yuksaltirish, ularni kitobga oshno qilish, mashhur adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ularni bu dargohga muntazam ravishda jalb etish haqida soz bordi.

Bu bog buyuk mutafakkir Alisher Navoiy nomi bilan atalishida teran mano mujassam, dedi Prezidentimiz. Zero, ulug shoir ijodiy merosi xalqimiz manaviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Shoirlar xiyoboni shunday maskan bolishi kerakki, bu yerda muntazam sherlar jaranglab turishi zarur. Zotan, sheriyatga oshno bolgan inson aslo kam bolmaydi, dedi davlatimiz rahbari. Mamlakatimizdagi barcha madaniy muassasalarda sherxonlik kechalari otkazish, yoshlarning bunday uchrashuvlarda faol ishtirokini taminlash maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda shoir va yozuvchilar ijod ahliga, kitob mutolaasiga, kitobxonlik madaniyati targibotiga qaratayotgan yuksak etibori uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasini borib kordi.

Prezidentimiz taklifi bilan 2017 yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb elon qilindi. Xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini royobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yonalishiga aylandi. Shu maqsadda 2016 yil 28 dekabrda Prezidentimizning Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar togrisidagi farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonga muvofiq Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida ham fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishiga oid konstitutsiyaviy huquqlarini taminlash uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Qabulxonaga kiraverishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Insonlarning dardu tashvishlarini oylab yashash odamiylikning eng oliy mezonidir, degan sozlari bitilgan. Muassasa faoliyati ana shu mezon asosida yolga qoyilgan. Aholi bilan togridan-togri muloqotni tashkil etish, murojaatlarni korib chiqish va saqlash uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Xodimlar, yosh bolali onalar, nogironlar va fuqarolar uchun barcha jihatlar etiborga olingan.

Toshkent shahrida aholi kopligini inobatga olib, bu yerda sohaviy bolimlar tashkil etilgan. Ushbu qabulxona Amir Temur kochasi, 14-uyda joylashgan.

Davlatimiz rahbari Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishar ekan, uning tashkiliy jihatlariga yuqori baho berdi. Endi uni mazmunan boyitish, ichki madaniyatini mustahkamlash zarurligini alohida takidladi.

Toshkent shahrining salohiyati ham, aholi soni, odamlarning talabi ham boshqa joylardagidan yuqori. Ishni shunga muvofiq tashkil etish kerak. Bu joy xalq manfaatlarini taminlaydigan, ishonchini qozonadigan dargoh, adolat maskani bolsin, dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Toshkentda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar poytaxtimiz iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini yuksaltirish, uni yanada zamonaviy va obod shaharga aylantirish, aholi farovonligini bundan-da oshirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: