O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
04.02.2017

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoniga SHARH

Yurtimizda azal-azaldan mahalla tarbiya o‘chogi hisoblanadi. Avloddan-avlodga otib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning turmush va tafakkur tarzini koz qorachigidek asrab-avaylashda uning orni va ahamiyati beqiyos.

Mustaqillik yillarida mahalla institutining nufuzini oshirish nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki siyosiy, tarbiyaviy va ulkan ma’naviy ahamiyatga ega bolgan ustuvor vazifa sifatida belgilanib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda uning ishonchli tayanch va tasirchan kuch bolib xizmat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng kolamli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.

Xususan, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yiginlari ozini ozi boshqarishning hududiy birliklari sifatida Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida mustahkamlab qoyildi. Yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarda fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan sohasidagi ishtiroki oz aksini topdi.

Birgina songgi besh yilda yangi tahrirdagi «Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari togrisida»gi hamda Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi togrisidagi Ozbekiston Respublikasining qonunlari, mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga yaqin nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi. Shuningdek, tizimda faoliyat korsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish boyicha oquv kurslari hamda Mahalla marifiy teleradiokanali tashkil etildi.

Hozirgi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin fuqarolar yiginlari tomonidan ilgari mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqli bolgan 30 dan ziyod ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda.

Fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida oxirgi besh yil mobaynida fuqarolar yiginlarining 1600 ga yaqin xizmat binolari joriy, 367 tasi kapital tamirlandi va 350 dan ziyodi rekonstruksiya qilindi, namunaviy loyihalar asosida 216 ta bino yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Amalga oshirilgan keng kolamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar natijasida mahalla noyob, dunyoda oxshashi bolmagan tuzilmaga aylandi, fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratildi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zamonaviy talablari fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini taminlash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, fuqarolar yiginlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqini royobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan ozaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Xususan, Farmonda mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yonalishlari etib quyidagilar belgilandi:

fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining jamiyatdagi orni va rolini yanada kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va komakdoshiga aylantirish;

jamiyatimizda ozaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;

yoshlarni manaviy boy va jismonan soglom etib tarbiyalash, ularning bandligini taminlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qollab-quvvatlash borasida fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ozaro hamkorligini mustahkamlash;

jamoat tartibi va xavfsizligini taminlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;

fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qollash amaliyotini taminlash.

Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yiginlarining uyushmasi shaklida tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlarda tuzilgan kengashlarni esa Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etish belgilandi.

Kengashlarning nufuzi va maqomini oshirish, joylarda aholi tomonidan kotarilayotgan masalalarni ijro hokimiyati organlarining rahbarlari etiboriga yetkazish va mazkur masalalarni hal etish boyicha ularning bevosita ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasi yuklatildi.

Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali taminlash, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sohada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish boyicha ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi orinbosarlari bir vaqtning ozida Mahalla fondining tegishincha respublika boshqaruvi hamda hududiy bolim va bolinmalariga raislik qilishlari haqidagi tashabbus qollab-quvvatlandi.

Shuningdek, Farmonda yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning kop asrlik ananalariga hurmat ruhida tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taminlash, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini qollab-quvvatlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar boyicha rais orinbosari, shuningdek, Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-marifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari boyicha rais orinbosarlari lavozimlarini, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarida esa jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla fuqarolar yigini raisining orinbosari — yoshlar masalalari boyicha maslahatchi lavozimini joriy etish nazarda tutildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy muhim masalalarni hal etishda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari ortasida ozaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida kengashlar kollegial organlari tarkibiga tegishincha davlat hokimiyati vakillik organlari vakillari, moliya, ichki ishlar, mehnat, xalq talimi, sogliqni saqlash vazirliklari, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, Nuroniy jamgarmasi, Xotin-qizlar qomitasi, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ularning hududiy tuzilmalari rahbar xodimlarini kiritish moljallanmoqda.

Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini taminlash maqsadida mahalla fuqarolar yigini Kengashi tarkibiga fuqarolar yigini raisining orinbosarlarini (fuqarolar yigini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boyicha maslahatchilarini), hududdagi profilaktika inspektorlarini, talim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ularning oz faoliyati yuzasidan yilning har choragida fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi)ga hisobot taqdim qilishlari amaliyotini joriy etish belgilab qoyildi.

Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbiq etish uchun Farmon bilan kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarini qollab-quvvatlash borasida 37 ta aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadiganKompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Farmonni ijro etish doirasida Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari togrisidagi, Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi togrisidagi Ozbekiston Respublikasining qonunlari va bir qator boshqa qonun hujjatlariga zarur ozgartish va qoshimchalar kiritiladi.

Shuningdek, mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar zimmasiga fuqarolar yiginlarining bandlikka komaklashuvchi tuman (shahar) markazlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, talim muassasalari hamda moliya va sogliqni saqlash organlari bilan ozaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yiginlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish boyicha mustaqilligini taminlash, ozini ozi boshqarish tizimida ortiqcha boginlardan voz kechish maqsadida tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yiginlarini mahalla fuqarolar yiginlariga birlashtirish va bolish yoli bilan qayta tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat korsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida 2017-2021 yillarga moljallangan hududiy dasturlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, 2018 yilning 1 dekabriga qadar tumanlar va shaharlar markazlarida Mahalla markazi majmualari binolarini namunaviy loyihalar asosida barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga munosib hissa qoshgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan Mahalla iftixori kokrak nishonini tasis etish nazarda tutilmoqda.

Farmonda hamda u bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari zimmasidagi vazifalarni samarali bajarish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan ozaro hamkorligini yanada mustahkamlash imkonini beradi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: