O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
04.02.2017

MAHALLA INSTITUTINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yiginlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini royobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan ozaro hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida:

1. Quyidagilar mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yonalishlari etib belgilansin:

fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining jamiyatdagi orni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va komakdoshiga aylantirish;

jamiyatimizda ozaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;

yoshlarni ma’naviy boy va jismonan soglom etib tarbiyalash, ularning bandligini taminlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qollab-quvvatlash borasida fuqarolar ozini ozi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ozaro hamkorligini mustahkamlash;

jamoat tartibi va xavfsizligini taminlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;

fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qollash amaliyotini taminlash.

2. Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha respublika kengashi, Ozbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi va fuqarolar yiginlarining quyidagi takliflari maqullansin:

Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha respublika kengashiga (keyingi orinlarda Respublika kengashi deb ataladi) yuridik shaxs maqomini bergan holda uni fuqarolar yiginlarining uyushmasi shaklida tashkil etish;

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha hududiy kengashlarni (keyingi orinlarda hududiy kengashlar deb ataladi) Respublika kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etish;

Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasini yuklash;

Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi orinbosarlari bir vaqtning ozida Ozbekiston Mahalla xayriya jamoat fondining (keyingi orinlarda Mahalla fondi deb ataladi) tegishincha respublika boshqaruvi, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolimlari, tumanlar va shaharlar bolinmalariga raislik qilishlari;

Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar boyicha rais orinbosari, shuningdek, Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-marifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari boyicha rais orinbosarlari lavozimlarini joriy etish;

fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yigini raisining orinbosari — yoshlar masalalari boyicha maslahatchi lavozimini kiritish.

3. Quyidagilar:

Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha respublika kengashining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha respublika kengashi ijro apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha kengashlar ijro apparatlarining namunaviy tuzilmalari 3 va 4-ilovalarga muvofiq;

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha kengashlar ijro apparatlari xodimlarining cheklangan soniga nisbatan toifalangan hududlar, tumanlar va shaharlar royxatlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq maqullansin.

4. Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga yuklansin.

5. Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari, Respublika kengashi, Mahalla fondi va mahallalar faollarining tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yiginlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalla fuqarolar yiginlariga birlashtirish va bolish yoli bilan qayta tashkil etish togrisidagi taklifi maqullansin.

6. Belgilab qoyilsinki:

Mahalla fondi va fuqarolar yiginlarining taklifiga binoan Respublika kengashi, hududiy kengashlar ijro apparatlari Mahalla fondining tegishincha respublika boshqaruvi, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolimlari, tumanlar va shaharlar bolinmalari, shuningdek, shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yiginlarining qayta tashkil etilishi munosabati bilan boshaydigan shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi;

Respublika kengashi, hududiy kengashlar ijro apparatlarining shtatdagi xodimlarini taminlash va moddiy ragbatlantirish Mahalla fondi hisobidan amalga oshiriladi, ushbu maqsadlarga yonaltiriladigan mablaglarning yetmagan qismi esa Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi;

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xizmatchilarining mehnatini ragbatlantirish togrisidagi 1997 yil 13 maydagi PF-1778-sonli Farmonining mehnat haqi boyicha Yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq ragbatlantirish koeffitsiyenti sifatida maoshlarga 20 foizli ustama haq ornatilishini nazarda tutadigan 1-bandining amal qilishi Respublika kengashi, hududiy kengashlar ijro apparatlari xodimlariga nisbatan qollaniladi;

Respublika kengashi, hududiy kengashlar raislarining birinchi orinbosarlari va orinbosarlari lavozimlarida ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni tola miqdorda tolash, bunda pensiyalarni tolash bilan bogliq xarajatlarni Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi hisobidan qoplash tartibi joriy etiladi;

Respublika kengashi raisining birinchi orinbosari maqomi, maishiy taminoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga kora vazirga, Respublika kengashi raisining orinbosari vazir orinbosariga tenglashtiriladi.

7. Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlariga tegishli vazifalarni amalga oshirishda munosib hissa qoshgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan Mahalla iftixori kokrak nishoni tasis etilsin.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Mahalla iftixori kokrak nishoni togrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

8. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika kengashi, Mahalla fondi:

2018 yilning 1 dekabrigacha Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar markazlarida Mahalla markazi majmualari binolarini, 2021 yilning 1 dekabrigacha fuqarolar yiginlari idoralari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qoyilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, tamirlash), shuningdek, ularni zarur mebel jamlanmasi, komputer texnikasi, aloqa vositalari va internet tarmoqlari bilan jihozlash;

Mahalla markazi majmualarida hududiy kengashlar hamda Mahalla fondining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolimlari, tumanlar va shaharlar bolinmalarini joylashtirish choralarini korsin.

9. Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Mahalla fondi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar boyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S.Ismoilov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2017 yil 3 fevral


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: