O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
31.01.2017

SAYLOVCHILAR ISHONCHINI OQLASH

ulkan mas’uliyat talab etadi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashining kengaytirilgan yigilishi bolib otdi. Unda Prezidentimizning «Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bolishi kerak» deb nomlangan maruzasida belgilangan vazifalarni chuqur organish, ularni amalga oshirishda partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalarining faol ishtirokini taminlash masalalari muhokama qilindi.

Maruzada har bir masalaga tanqidiy, tahliliy yondashilgani, vaziyatga xolis baho berilgani, soha va yonalishlar boyicha asosli takliflar ilgari surilgani hammamiz uchun ornak va namunadir, dedi viloyat partiya kengashi raisi Mehrojiddin Darxonov. Takidlanganidek, islohotlarning asosiy maqsadi aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini taminlashdir. Shundan kelib chiqib, oldimizda turgan eng muhim vazifalarni belgilab olishimiz zarur.

Partiyamiz tashkilotlari hamda deputatlarimiz aholi orasida targibot ishlariga alohida etibor qaratishi, dolzarb ijtimoiy masalalarni tahlil etish maqsadida davra suhbatlarini tashkil qilish lozim boladi. Barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz bilan mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlarimiz hamkorligini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.

Gap xalq bilan muloqot, fuqarolarning muammolarini hal qilish haqida borar ekan, Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatiga alohida etibor qaratishimiz shart. Joylardagi 19 Jamoatchilik qabulxonasiga koplab murojaatlar bolayotgani, ularning aksariyati oz yechimini topayotgani quvonarli, albatta. Lekin bu boradagi kamchiliklarimiz oz emas. Shunday ekan, qabulxonalarga bolayotgan murojaatlarni tizimli ravishda organish va tahlil etish, muammolarning kelib chiqish sabablarini muhokama qilishni yanada kuchaytirish zarur. Bu jarayonda partiya tashkilotlarining ijro hokimiyati organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yangi bosqichga kotarish nihoyatda dolzarb masaladir.

Shu orinda takidlash lozimki, joylarda otkazilayotgan mafkuraviy yonalishdagi bazi tadbirlarimiz koproq madaniy-marifiy, kongilochar tadbirlarga oxshab qolmoqda. Vaholanki, tadbirlarimizda birinchi navbatda partiyamizning pozitsiyasi oz ifodasini topishi kerak.

Biz otkazadigan har bir tadbir partiyamiz Saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatidan kelib chiqishi, chuqur tahlillarga asoslanishi, mukammal tavsiyalarga ega bolishi talab etiladi. Eng asosiysi, tadbirlarda odamlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikrlari va muammolarini eshitish, savollariga togri, aniq va malakali javob berishga etibor qaratish, buning uchun har bir tadbirga alohida, jiddiy tayyorgarlik korish lozim.

Viloyat partiya kengashi raisi Faol ayollar, Istiqbol yoshlar qanotlari faoliyatini kuchaytirish masalalariga ham alohida toxtalib otdi. Shundan song partiya faollari, deputatlar kun tartibidagi masala yuzasidan oz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Bizning maqsadimiz, vazifamiz, kerak bolsa, hayot tarzimiz xalq bilan muloqotga bogliq, dedi Bekobod shahar partiya kengashi raisi, xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi Ulugbek Abdunazarov. Amalga oshiradigan barcha ishlarimiz aholining turmush tarzini yanada yaxshilash, jamiyatni rivojlantirishga hissa qoshishdan iborat bolmogi zarur. Quruq vadalar berish, qogoz qoralash ishlarini tugatishning allaqachon vaqti keldi. Odamlar bizdan amaliy natijalar kutyapti. Saylovchilar ishonchini oqlash esa har bir deputatning burchidir.

Togri, avval ham koplab uchrashuvlar bolgan, partiya tashkilotlari, deputatlar tomonidan odamlarning murojaatlari qabul qilingan. Ammo ming afsuski, ularning kopchiligi qogozda qolib ketgan. Bundan buyon har bir deputat aholi bilan uchrashuvlarni tizimli ravishda yolga qoyib, shu asosda ish olib borishi zarur. Maxsus jadval ishlab chiqib, muammolarni uch tartibda hal etish choralarini korishimiz lozim. Yani murojaatlarning hal etilishi boyicha tuman, shahar, viloyat yoki respublika miqyosiga ajratish kerak. Bu haqda murojaat egasiga ham aniq malumot berib, qanday choralar korilishini tushuntirsak, maqsadga muvofiq boladi.

Odam hayotdan qachon rozi boladi? Qachonki uni eshitadigan, dardini tinglaydigan odam bolsa, muammolariga oz vaqtida yechim topilsa, dedi OzXDP Toshkent viloyat kengashi sektor mudiri Ilmijahon Tleubergenova. Shu manoda bugun deputatlar hamda siyosiy partiyalar zimmasidagi masuliyat katta. Boshlangich tashkilotlar xalqqa yaqin, ularning quvonchu tashvishlaridan xabardor bogin sanaladi. Faoliyatimizni takomillashtirishda quyi bogin imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz zarur. Davlatimiz rahbarining maruzasidan kelib chiqib, chora-tadbirlar rejasini belgilash jarayonida ayni shu jihatga etibor qaratdik. Xususan, boshlangich tashkilotlarda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhi azolari ishtirokida kochma jamoatchilik qabulxonalarini tashkil etish boyicha aniq vazifalarni belgilab oldik.

Endilikda partiyaning tuman-shahar kengashlari rahbarlari har bir mahalla, boshlangich tashkilotlarga chiqib, elektorat manfaatlarini taminlash ishini organadi. Yolgiz keksalar, pensionerlar, nogironlar va boshqa ehtiyojmand odamlarni qiynayotgan muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni hal etish choralarini koradi.

Yigilishda partiya tashkilotlari va deputatlar faoliyatini tubdan takomillashtirish masalalari boyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: