O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
31.01.2017

ODAMLARNI HAYOTDAN ROZI QILISH USTUVOR VAZIFA

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida hudud kelajagini o‘ylab bildirgan fikrlari, xorazmliklar bilan yaqindan suhbatlashgani odamlarimizning kayfiyatini kotarib yubordi, yangi yutuq va marralar sari ruhlantirdi.

Davlatimiz rahbari viloyatimizning bugungi kundagi iqtisodiy salohiyatini yaqindan biladigan, uning foydalanilmay turgan imkoniyatlaridan boxabar inson sifatida Xorazm vohasining yangi rivojlanish davriga tamal toshini qoydi, desak mubolaga bolmaydi. Tashrif davomida viloyatning sanoati, qishloq xojaligi taraqqiyoti, mahsulotlarni qayta ishlash, turizmni yanada rivojlantirish, aholining salomatligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Demak, tola ishonch bilan ayta olamizki, bu tashrif viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bu yerda yashovchi har bir insonning turmush darajasini yanada yaxshilash, har bir hududda odamlar uchun munosib sharoitlarni yaratish uchun muhim qadam boldi.

Mamlakatimiz rahbari oddiy odamlar orasiga kirib bordi, ular bilan samimiy suhbatlashdi. Xiva tumani Chodra qishlogida Xursand Madrimov va Ollabergan Rahimov xonadonlariga kirib, ularning turmush sharoiti, daromadlari bilan qiziqqani, togrisi, har bir xorazmlikning konglini togdek kotardi. Tomorqadan samarali foydalanish, limon, yongoq, anor, anjir kabi serdaromad ekinlar ekish boyicha bergan tavsiyalarini nafaqat shu xonadon egalari, balki butun viloyatimiz aholisi muhim hayotiy taklif sifatida qabul qildi.

Tashrifning alohida etiborli tomoni shundan iborat boldiki, uning doirasida 2017 yili va undan keyingi yillarda viloyatimizda barpo etiladigan sanoat, farmatsevtika korxonalari loyihalari atroflicha muhokama etildi, amalga oshirilishi lozim bolgan keng kolamli ishlar belgilab olindi.

Belgilangan tadbirlar doirasida minglab xorazmlik yoshlar ish bilan taminlanadi, oilalarning turmush sharoitlari yaxshilanadi, xalqimiz dasturxoni yanada tokin bolib, shahar va qishloqlarimiz korkiga kork qoshiladi.

Hozirda xorazmliklarning faxriga aylangan «Damas», Orlando va Labo rusumli avtomobillar uchun zarur butlovchi qismlar shu yerning ozida ishlab chiqarilmoqda. Bugungi kunda Hazorasp erkin iqtisodiy zonasi uchun yer maydoni ajratilib, uni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taminlash ishlari boshlab yuborilgan. Joriy yilning ozida ushbu hududda yengil sanoat, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, charm-poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish boyicha 50 dan ortiq loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu esa yangi ish orinlari yaratilishi bilan birga, mamlakatimiz eksport salohiyati oshishiga ham xizmat qiladi.

Sir emaski, bugungi kunda dunyodagi dolzarb ekologik muammolardan biri – maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishdir. Mamlakatimiz Prezidenti mazkur muammoni hal etish masalasiga ham alohida etibor qaratdi. Viloyatimizda maishiy chiqindilarni qayta ishlashga moljallangan ishlab chiqarish korxonasiga asos solindi. Bu zavod Urganch tumanining Goybu qishlogida joylashadi. Yana bir muhim tomoni, maishiy chiqindilarni qayta ishlash orqali yangi sanoat mahsulotlari — rezina, avtoshinalar, sellofan va plastmassadan qozonxonalar uchun yonilgi, yogoch bolaklaridan xonalarni isitish uchun briketlar, baklajkalardan toqimachilik va qurilish sanoatida talabga ega bolgan sintefon, qurilish chiqindilaridan devor materiallari sifatida foydalanish mumkin bolgan bloklar ishlab chiqariladi. Onlab yoshlarimiz doimiy ish bilan taminlanadi.

Xalqimizni quvontirgan yana bir holat shuki, mamlakatimiz rahbari tomonidan viloyatimiz aholisining sogligini saqlash masalalariga jiddiy etibor berilmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali negizida Rossiya Federatsiyasining A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali negizida I.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda endokrinologiya, otoloringologiya, gematologiya, allergologiya, terapiya bolimlarini oz ichiga olgan klinika tashkil etilishi nainki viloyatimiz, balki Qoraqalpogiston Respublikasi aholisi uchun ham quvonchli xabar, juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega voqelik boldi, deb bilamiz.

Dunyodagi yetuk tibbiyot muassasalarining tajribali mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlash, kop uchraydigan kasalliklarni samarali davolash, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlab, profilaktika ishlarini olib borish tibbiyot mutaxassislarining malakasi oshishiga, kasbiy salohiyati mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Bu ulkan rejalarning barchasi partiyamiz dasturiy maqsadlariga hamohang ekanligini alohida takidlash joiz. Shuning uchun partiyamiz tashkilotlari, mahalliy Kengashlardagi guruhlarimiz Prezidentimizning tanqidiy-tahliliy fikrlari, qatiy korsatmalari asosida yangi rejalar tuzmoqda.

Oldimizda turgan yana bir muhim vazifa davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifi davomida bildirgan taklif va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini, ulardan kutilayotgan natijalarning hayotiy ahamiyatini aholi orasida keng tushuntirishdan iboratdir. Bu ezgu ishlarda hammamiz faol ishtirok etishimiz, Prezidentimiz belgilab bergan vazifalarni amalga oshirishda qolni-qolga berib, bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishimiz kerak boladi.

Raimbergan SABUROV,

xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: