O'zb  
 
31.01.2017

XALQ BILAN MULOQOT INSON MANFAATLARINI TAMINLASHNING ENG QULAY VA SAMARALI USULIDIR

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 27-28 yanvar kunlari Xorazm viloyatida boldi.

Shavkat Mirziyoyev ozining saylovoldi dasturida davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan tizim joriy etilishini, barcha darajadagi rahbarlar hududlarda, odamlarning dardini eshitib, masalalarni joyida hal qilishini ta’kidlagan edi. Oradan qisqa vaqt otganiga qaramay, ushbu dasturiy vazifalar hayotda oz ifodasini topmoqda. Prezidentimiz hududlarga safari chogida ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan joyida tanishib, xonadonlarga kirib, xalq bilan muloqot qilmoqda. Bu odamlarning dunyoqarashini, hayotga munosabatini ozgartirmoqda.

Davlatimiz rahbari 28 yanvar kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali bilan tanishdi.

Mazkur shifoxona aholiga davolash va profilaktika xizmati korsatib kelmoqda. Kardiologiya, kardioreabilitatsiya, kardioxirurgiya, intervension kardiologiya va fizioterapiya bolimlari, poliklinika faoliyat yuritmoqda.

Ushbu tibbiyot maskani negizida Rossiya Federatsiyasining A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu chaqaloqlarda uchraydigan yurak nuqsonlarini erta aniqlash va davolash, yiliga 3 mingdan ziyod bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam korsatishga imkoniyat yaratadi. Mazkur shifoxona Qoraqalpogiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari aholisi uchun mintaqaviy markaz boladi.

Sogliqni saqlash tizimining birlamchi boginini rivojlantirish, oquv yurtlarida qishloq vrachlik punktlariga ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish dolzarb masalalar hisoblanadi. Bunday markazlar bemorlarni davolash bilan birga, ana shu ishlarga ham salmoqli hissa qoshishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida 1100 ga yaqin talaba talim olmoqda. 16 kafedrada 161 professor-oqituvchi faoliyat yuritmoqda.

Ushbu filial negizida I.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinika tashkil etilmoqda. Unda endokrinologiya, otoloringologiya, gematologiya, allergologiya, terapiya bolimlari ochiladi. Universitet olim va shifokorlari bu yerda dars beradi, diagnostika ishlarini olib boradi va davolaydi. Talabalar klinikada zamonaviy davolash usullarini yanada chuqur organadi.

Prezidentimiz Xorazmda mazkur ikki muassasaning tashkil etilishi tarixiy voqea bolishini, Orolboyi aholisi uchun ulkan ijtimoiy ahamiyat kasb etishini alohida takidladi. Bu markazlar mazkur hududda kop uchraydigan kasalliklarni samarali davolash, tibbiyot xodimlari va oqituvchilarning bilim va malakasini oshirishda muhim orin tutadi.

Davlatimiz rahbari Oxund bobo masjidi qurilish uchastkasida boldi. Nuroniylar bilan suhbatda yoshlarni yuksak manaviyatli insonlar etib tarbiyalash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, viloyatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar haqida soz bordi.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib kordi. Bu yerda fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni korib chiqish va saqlash uchun zamonaviy sharoit yaratilgan. Xodimlar, yosh bolali onalar, nogironlar va boshqa fuqarolar uchun barcha jihatlar etiborga olingan. Har bir murojaatni nazoratga olish va hal etish, fuqarolar uchun qulayliklarni yanada oshirish yuzasidan korsatmalar berildi.

Malumki, Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bunga tosiq bolayotgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qator muhim dasturlar qabul qilinishi haqida soz borgandi. Aholini arzon dori-darmon vositalari bilan taminlash, maishiy chiqindilarni sanitariya yoli bilan tozalash va qayta ishlash, paxta tolasini hududlarning ozida qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish — ana shunday yonalishlardan edi. Bugungi kunda ularning ijrosi boyicha ishlar boshlab yuborilgan.

Urganch shahrida ham mazkur tarmoqlarga ixtisoslashgan sanoat korxonalari tashkil etilmoqda. Masalan, farmatsevtika sohasida «Mem gilan» xorijiy korxonasi yolga qoyilmoqda. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktabrdagi Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar togrisidagi qarori bu sohaga keng imkoniyat yaratmoqda.

Korxonada infuzion eritmalar, ampulalar, tabletka va kapsulalar ishlab chiqariladi. Umumiy qiymati 29 milliard somlik ushbu loyiha natijasida 200 ga yaqin ish orni yaratiladi. Hududda bunday farmatsevtika korxonasi yoqligi bois yangi quvvat dori vositalari narxini arzonlashtirishga xizmat qiladi. Ichki bozordan ortgan mahsulotni eksport qilish ham rejalashtirilgan.

Urganch maxsus trans masuliyati cheklangan jamiyati Milliy bank komagida maishiy chiqindini qayta ishlash loyihasiga kirishgan. Korxonada Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 250 ming tonna chiqindini yigish, saralash va qayta ishlash yolga qoyiladi. Bu shaharda sanitariya holatini yaxshilash, aholi salomatligini saqlash va bandlikni oshirishda muhim omil boladi.

Urg-teks masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan yana bir loyiha ip-kalava ishlab chiqarishga yonaltirilgan. Korxona Germaniya va Turkiya uskunalari asosida yiliga 4 ming tonna mahsulot tayyorlash, 200 ish orni yaratish imkonini beradi. Har yili 6,5 million dollarlik tovar eksport qilish moljallanmoqda.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalar bilan tanishar ekan, bunday korxonalarni mamlakatimizning boshqa viloyatlarida ham tashkil etish zarurligini takidladi.

Shavkat Mirziyoyev xorazmliklar bilan saylovoldi uchrashuvida 2017 yilda Ozbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash, mashhur hofiz nomi bilan ataladigan zamonaviy ijod markazi va uning tarkibida gozal bog tashkil etishni taklif qilgan edi.

Prezidentimiz mazkur ijod markazi qurilish uchastkasini borib kordi. Bu yerda Komiljon Otaniyozov haykalini barpo etish, qurilish loyihasini takomillashtirish boyicha korsatmalar berildi. Markazda yoshlar adabiyot va sanat sirlarini puxta organadi.

Urganch shahridagi 11-bolalar musiqa va sanat maktabida mehnat faxriylari, sanat va adabiyot namoyandalari bilan muloqot bolib otdi. Unda mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va manaviyatini yuksaltirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish haqida soz bordi.

Uchrashuv qatnashchilari madaniyat va sanatni rivojlantirishga qaratayotgan ulkan etibori, ustozlarga yuksak hurmat-ehtirom korsatayotgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Shuning bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Anvar SAMADOV,

Ahmadjon SHOKIROV,

OzA maxsus muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: